Toshkent yangiyul poligraph service


§. Vodorod sulfiddan oltingugurt ishlab chiqarish



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə74/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

§. Vodorod sulfiddan oltingugurt ishlab chiqarish

Ayrim gaz konlaridan chiqadigan tabiiy gaz tarkibida ma’lum miqdorda (Orenburg, Astraxan gazlarida 6—29 % gacha, Muborak gazlarida 5 % gacha H2S bo‘ladi) vodorod sulfid gazi bo‘ladi. Vodorod sulfid zaharli bo‘lgani uchun bunday gazlardan foydalanib bo‘lmaydi. Tabiiy gaz tarkibidan H2S ni ajratib olinsa, so‘ngra tozalangan gazdan foydalanish mumkin. Tabiiy vodorod sulfidli gazlarni H2S dan gaz oltingugurti olish texnologiyasi ancha takomillashgan bo‘Iib, shu usulga asoslangan yirik gaz oltingugurti zavodi Muborak shahrida 1974- yilda qurilib ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 500 ming t. oltin­gugurt ishlab chiqarmoqda. Vodorod sulfidli tabiiy gazlar maxsus qurilmalar yordamida mono- va dietanolamin bilan absorbsiyalab tozalanadi.
Gaz adsorbent eritmasi (18,25 % li) bilan to‘qnashganda quyidagi kimyoviy reaksiyalar ketadi:

2R2NH+H2S->(R2NH2)2S
(R2NH2)2S+H2S->2R2NH2HS
2R2NH+H20+C02^(R2NH2)2C03
(R2NH2)2C03+H20+C02^2R2NH2HC03
Bunda, R, —OH—CH2~CH2 — guruhidir.
Absorbsiyalangan gazlar 120—125°C haroratda to‘liq desorb- siyalab ajratib olinadi. Olingan H2S dan oltingugurt ajratib olinadi. Vodorod sulfiddan oltingugurt olish jarayoni, H2S ni havo kislorodi bilan chala oksidlashga Klaus usuliga asoslangan bo‘lib, ikki bosqichdan termik va katalitik bosqichlardan iboratdir.
Termik bosqichdan H2S yuqori haroratda yoqiladi, kattaliktik bosqichda esa H2S chala oksidlanadi, bu reaksiyani umumiy holda quyidagicha yozish mumkin:
3H2S + ^02^±3H20 + -S„ (1)

  1. n

Bunda, n — oltingugurt atomlari soni, u reaksiya haroratiga bog‘liq (2 tadan 8 tagacha). Bu reaksiya (1) ikki bosqichda boradi.
Birinchi bosqichda reaksiya pechiga kelgan H2S ning uchdan bir qismi S02 gacha oksidlanishiga etadigan miqdorda havo bilan aralashtirib yoqiladi:
H2S + — 02 H20 + SOn +124000 kkal/kmol (2)
Bir vaqtning o'zida oksidlanmay qolgan uchdan ikki qismi H2S (2) reaksiyada hosil bo‘lgan S02 bilan birikib oltingugurtga aylanadi:
2H2S + S02 <=* 2H20 + — Sn +x кка1Дто1 (3)
n
Bunda, Xn-ning soniga qarab 11,25 dan 35 ming kkal/kmolgacha bo‘ladi. Bu (3) reaksiyada S ning konversiyasi 55 % ga yaqin bo‘ladi.
i6i
Ikkinchi bosqichda yuqoridagi reaksiyalar natijasida olingan gazlar aralashmasi kondensatorlarda sovutilib S kondensatlanib ajratib olinadi. Qolgan gazlar qizdiriladi va ikkinchi katalitik bosqich bo'yicha (3) reaksiya davom ettiriladi. Hosil bo'lgan S kondensatorlarda ajratib olinadi. H2S ning konversiyasi 92 % gacha boradi. Qolgan qismi yoqilib, tutun chiqarish mo'rilari orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Nordon gazlar tarkibida H2S dan tashqari qo‘shimcha sifatida S02 uglevodorodlar bo‘ladi. Bu qo‘shimchalar yoqish bo‘lmasida quyidagi reaksiya bo‘yicha mahsulotlar hosil qiladi:

KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING UMUMIY TUSHUNCHALARI 5
2-§. Kimyo sanoatining ahamiyati 6
3-§. Kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti 7
4-§. 0‘zbekistonda kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti 10
5-§. Kimyoviy ishlab chiqarishning texnologik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 14
(1.2) 17
2-§. 0‘zbekistonda kimyo sanoatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi 49
§. Qattiq xomashyoni boyitish 50
4-§. Suyuq xomashyoni boyitish 58
5-§. Gazsimon xomashyolarni boyitish 59
6-§. Xomashyodan kompleks foydalanish. Chiqindisiz texnologiya 60
7-§. Energiya 62
2-§. Ichimlik suvini tayyorlash 69
3-§. Sanoat suvlarini tayyorlash 72
В t 75
4-§. Sanoatda suv sarfini kamaytirish yo‘llari 76
1-§. Atmosfera muhofazasi 81
Xmv=(Gmz/Gm) (1-15) 117
Q p 138
ta=th±G^'X (L38) 138
\ / 151
=^=DeFi; c-40' 154
<29) 178
MUHIM KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISHLAR 181
CH2 ^CH2 || 366
^yLgLkdJ 374
Ччо 385
с6н5 - н+сн2 = сн2 ч - 388
II 412
YIi 430
ГМ 443

Bu reaksiyalar natijasida hosil bo'lgan H2S (3) reaksiya bo‘yicha oltingugurtga aylantirilishi mumkin.
Oltingugurt ishlab chiqarishning Klaus qurilmasining texnologik sxemasi 54- rasmda berilgan. Klaus qurilmasi ikki xil: termik va katalitik bosqichlardan iborat. Katalizator sifatida boksitlardan foydalaniladi. Tabiiy boksit asosan aluminiy gidroksidi va temir oksidlaridan iborat. Uning tarkibida S02, Ti02, CaO, MgO, MnO, P205 va boshqalar ham bo‘ladi. Hozirgi kunda boksit o‘miga aktivlangan aluminiy oksidi (A1203) keng qo‘llanmoqda. Termik bosqichda gaz yoqish bo‘limiga borishdan oldin suyuqlik tomchilardan ajratib tozalash uchun kiritish separatori С -1 orqali o‘tkaziladi. Nordon gazlardagi (H2S: C02) vodorod sulfidning konsentratsiyasini nazorat qilish uchun gaz separatordan С -1 chiqayotgan joyda oqimli gazoanalizator o‘matiladi.

Nordon gazlaming yonishini ta’minlash uchun yoqish bo‘limiga nasos yordamida bosim bilan havo yuboriladi. Havo filtr va qizdirgich orqali o‘tadi. Havoni qizdirishdan maqsad H2S ning g‘ayri ixtiyoriy yonib ketishini hamda gaz quvurlarini korroziyalanishini oldini olishdir, chunki H2S yonganda S03 hosil bo‘lishi ham mumkin va u suv bug‘lari ishtirokida past haroratda sulfat kislotasiga aylanadi.
Havoning sarflanishini foydalanish qozonidan chiqayotganda nordon gazlar miqdori (H2S:C02)ning nisbatiga bog'liq holda to‘g‘rilab turiladi. Gazlar pech-reaktordan o‘tgach, yonish mahsulotlari foydalanish qozonining quvurlari majmuilaridan o‘tib 500° С gacha soviydi. Bunda S bug'lari qisman kondensatlanadi. Olingan S maxsus eshikcha orqali apparatdan chiqarib olinadi.
Foydalanish qozonidan esa yuqori bosimli bug‘ (p = 2,1 MPa) olinadi. Foydalanish qozonidan chiqqan yonish mahsulotlari katalitik reaktor — konvertorga R — 1 o‘tadi, u yerda COS, CS2 lar gidrolizga uchraydi.
Konvertorda boradigan reaksiya ekzotermik bo‘lganidan katalizator yuzasida harorat taxminan 30—60° С gacha ko‘tariIadi. Bu holat S ning suyuq cho‘kmasini hosil bo‘lishiga to'sqinlik qiladi, aks holda katalizator yuzasiga tushib uning aktivligini kamaytiigan bo'lardi. Konvertordagi bunday harorat qo‘shimcha reaksiya mahsulotlarini (sos va cs2) parchalanishini ham ta’minlaydi.
Gazning asosiy qismi (90 % ga yaqini) reaktordan chiqib sovitish uchun kondensatorning x — 1 quvurlari oralig‘iga o‘tadi, so'ngra reaktorga p — 2 boradi. Kondensatorda x— 1 suv bug'lanishi natijasida issiqlik olinib turiladi va bunda past bosimli (p = 0,4 MPa) bug‘ olinadi. Gazlarning л-1 da sovishidan oltingugurt kondensatlanadi. Suyuq oltingugurt maxsus eshikchadan chiqarib olinadi va gazsizlantirish bo‘limiga yuboriladi.
Gazni bir qismi (10 % ga yaqini) kondensatorga x — 1 ga kirmasdan shu kondensatordan chiqqan ancha sovuq gaz bilan qo'shiladi. Aralashmaning harorati reaktorga R — 1 kirishdan oldin 225° С atrofida bo'ladi.
Reaktorlarda R — R — 2, R-3 haroratni to‘g‘rilash uchun (ishga tushirish davrida va oltingugurt yonib ketganda) ularga past bosimli bug1 va azot yuborish mo'ljallangan. Apparatlar normal ishlanganda gazlar harorati x — 2 dan chiqqanda 191 °C va R - 1 dan chiqqanda gazlar harorati 312°C bo‘ladi. x—2 apparatida issiqlik uning quvurlari oralig‘ida suvning bug‘lanib past bosimli bug1 hosil bo‘lishi hisobiga olinib turiladi. Gazlar reaktordan x — 2 ga, undan R — 3 va nihoyat R — 3 dan chiqgach, sovitish uchun x — 3 kondensatoriga boradi, u yerdan 130°C harorat bilan chiqib tozalashga yuboriladi.
Chiqib ketuvchi gazlarda H2S, va S02 ning konsentratsiyasini nazorat qilish uchun x — 3 dan chiqish joyida gazoanalizatorlar o‘rnatiladi. Chiqib ketuvchi gazlar bilan suyuq oltingugurtning olib ketilishini oldini olish uchun uning yo‘liga koagulyator qo‘yiladi. Koagulyatorda oltingugurtning qotib qolishini oldini olish uchun unga vaqt-vaqti bilan suv bug‘i yuborib turiladi.
Kondensatorlardan chiqarib olinadigan oltingugurt oqimi tarkibida

  1. 02—0,03 % (massa bo‘yicha) vodorod sulfidi saqlaydi. Oltingugurt gazsizlantirilgandan so‘ng H2S ning konsentratsiyasi unda 0,0001% gacha kamayadi.

Oltingugurtni gazsizlantirish (uning tarkibidagi erigan gazlami chiqarib yuborish) maxsus blokda oltingugurtli usti yopiq chuqurda (xandaqda) amalga oshiriladi. Buning uchun oltingugurtli chuqurda suyuq oltingugurti sachratuvchi ikkita nasos o‘matilgan bo‘lib, nasos oltingugurtni purkab sachratadi. Natijada H2S oson ajralib chiqadi va chuquming tepasidan maxsus gaz chiquvchi quvur orqali mo‘rilarga borib atmosferaga chiqib ketadi.
Klaus usulida oltingugurt ishlab chiqarilganda 8% gacha H2S konversiyaga uchramay qoladi. Uni 20% li dietanolamin eritmasi orqali o‘tkazib, qismanushlab kalinadi, qolgan qismi murilarda yokib atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu esa atmosfera havosini bir muncha ifloslanishiga olib keladi.
Keyingi yillarda atmosferaga chiqarib yuyuoriladigan gazlar tarkibidagi H2S ni ushlab qolishning samarali usullari kashf qilingan. Masalan, AQShda ishlab chiqarilgan «sulfoks-jarayon» usulini olaylik. Bu usulda H2S, aylanib (sirkulyatsiyalanib) turuvchi ammiak eritmasi bilan ushlab qolinadi, hosil bo‘lgan ammoniy gidrosulfidi qizdirilib, havo bilan aralashtirilib sulfidlarni oltingugurtga aylantiruvchi katalizator orqali o‘tkazib turiladi.
NH4HS + 0,5 02 = S +H20 + NH3
Bu usul gazlar tarkibidagi H2S miqdorini 100 dan to 0,1 mg/ m3 gacha kamaytiradi hamda chiqindi gazdan oltingugurt olish imkonini beradi. Bu usul Klaus usulidan nisbatan iqtisodiy jihatdan 1,5 marta foydali hisoblanadi. «Sulfoks — jarayon» usulini gazdan oltingugurt ishlab chiqarish zavodlarida qo‘llash ham iqtisodiy ham ekologik jihatdan foydali hisoblanadi.

  1. BOB. SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISH


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin