7 huning uchun mahsuldorlik ham quvursimon kolonnalarga nisbatan tokchali, kolonnalarda anchagina yuqori bo'ladi. Harorat rejimini optimalga juda yaqinlashtirish uchun tokchali sintez kolonnasida katalizatorni muallaq turuvchi holda joylashtirish va oralig‘iga sovitgichlar o‘rnatish lozim.
Muallaq turgan katalizator qavatida gazni katalizator bilan to‘q- nashuv, yuzasini ancha oshirish va katalizning harorat rejimini yax- shilash natijasidajarayonni ancha jadallash mumkin bo‘ladi. Bunday prinsipda ishlovchi sintez kolonnalari tajribada sinab ko‘rilmoqda. Hozirgi vaqtda mahsuldorligi 150 dan to 150 t/sutkagacha bo'lgan ammiak sintezi kolonnalari qo‘llaniladi. Mahsuldorlik 91 % gacha bo‘ladi. Katalizatorlar har ikki yilda almashtiriladi. ammiak ishlab chiqarish uchun 2750-2900 nm3 azot vodo- rotli aralashma: 300 m3 suv, 1300-1500 kvt/s. elektr eyengichsi sarflanadi.
Ammiak ishlab chiqarishning hozirgi zamon sxemasi.Yangi qudratli yirik ishlab chiqarish qurilmalarini loyihalashda fan va texnikaning so‘nggi yutuqlariga asoslanib, eng kam energiya, kapital mablag1 sarflangan holda yuqori unumdorlik bilan eng arzon tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsad qilib qo‘yiladi. Ammiak ishlab chiqarishda bu maqsadga, reaksiya issiqligidan to‘liqroq foydalanish imkoniyatini beruvchi yirik agregatlami Ьафо etish orqali erishiladi. Shunday eng so‘nggi fan yutuqlari asosida ishlovchi metan konversiyasi bilan birga ammiak sintezini qo'shib amalga oshiruvchi ammiak sintezi qurilmasining sxemasi 64- rasmda berilgan. Bunda havo bilan sovituvchi apparatlar keng qo'llanilgan, bu suv sarfini ham ancha kamaytiradi.
Bu esa hukumatimizning texnik maqsadlarda suv sarfini kamaytirish haqidagi qarorlariga amaliy javobdir. Bu zavodning quwati 1500 t/sutkaga teng bo'lib: bunda, ikki bosqichli bug1 havoli metan konversiyasi, CO ning yuqori va past haroratli konversiyasi, monoetalomin bilan C02 dan tozalash, CO va C02 dan katalitik gidrogenlash yo'li bilan batamom tozalash usullari qo‘llaniladi. Tabiiy gaz (CH4) 4MPa bosim ostida oltingugurtli birikmalardan tozalangach, 3,7:1 nisbatda suv bug‘i bilan qo'shilib chiqib ketuvchi gazlar issiqligi bilan issiq almashtirgichda(4) qizib, tabiiy gaz yoqiluvchi quvursimon metan konvertoriga(5) keladi. Metanning suv bug‘i bilan konversiyasi CO hosil bo‘lguncha nikel katalizatori ishtirokida va 800—850°C haroratda olib boriladi. Konversiyaning birinchi bosqichidan keyin konversiyaga uchragan gazning tarkibida 9—10 % metan qoladi. So'ngra gaz havo bilan aralashtirilib shaxtali metan konventoriga(7) yuboriladi. U yerda 900— 1000°C da qolgan metan havo kislorodi bilan (bug‘ gazining nisbatan 0,8:1) konversiyaga uchraydi. Shaxta konvertoridan gaz, bug‘ hosil qilish qozoniga yuboriladi. Bu qozonda yuqori haroratli bug' (10 MPa, 480°C) hosil bo‘lib, u markazdan qochma kompressorlaming turbinasini harakatga keltirish uchun foydalaniladi. Gaz, bug1 hosil qilish qozonidan uglerod (II) oksidining, ikki bosqichli konversiyasiga boradi. COning konversiyasi awal birinchi bosqichli konvertorda(9) o‘rtacha haroratli temir xromli katalizator ishtirokida 430—470°C da, keyin esa ikkinchi bosqichli CO konvertorida (10) rux-xrom-misli katalizator ishtirokida 200—260°C da boradi. Ikkinchi bosqichli CO konvertoridan chiqqan gazlar issiqligi gazni C02 dan tozalovchi adsorberdan chiqqan monoetanolamin eritmasini regeneratsiyalash uchun sarflanadi. So‘ngra gaz C02 dan tozalanishi uchun sovuq monoetanolamin bilan sug‘orilib turuvchi adsorberga boradi. U yerda 30—40°C da, gaz CO, C02va 02 dan tozalanadi. Absorberdan chiqgach gaz tarkibida 0,3% gacha CO, 30—40 sm3/m3 C02 saqlaydi. 280—350°C da nikel katalizatori ishtirokida metanotorda (15) gidrogenlanadi. Metanatordan chiqqan tozalangan gazlaming issiqligi awal zavodda ishlatiladigan suvlami qizdirish uchun sarflanadi. Keyin esa gazlar havo sovitgichlarda yana sovitiladi va reaksiya natijasida hosil bo‘lgan suvdan tozalash uchun suv ajratgichdan (rasmda ko£rsatilmagan) o£tkazilib, toza azot vodorodli gaz olinadi. Azot vodorodli gaz aralashmasini 30 MPa gacha siqish uchun va sintez agregatda gazlarning sirkulizatsiyalanishi uchun markazdan qochma kompressorlar ishlatiladi. Toza azot vodorodli aralashma gaz ammiakli sovitgich(18) va seperatordan iborat bo‘lgan ikkilamchi kondensatsiya sistemasi (19-20) oldida sirkulyatsiya gazi bilan qo‘shiladi. So'ngra ikkita issiq almashtirgichlardan (21,22) o‘tib tokchali sintez kolonnasiga (25) kiradi. Reaksiyaga kirishgan gazlar sintez kollonasidan 320—380 haroratda chiqib awal ta’minot suvini qizdiruvchi apparatdan (22) keyin «issiq» issiq almashtiigichdan o'tib (23) havo sovitgichlaridan (24) «sovuq» issiq almashtirgichdan (21) va suyuq ammiakni ajra- tuvchi seperatordan (19),(20) o‘tib keyin sirkulyatsiya kompressoriga (16) boradi. Suyuq ammiak esa seperatordan suyuq ammiak omboriga boradi. Azot sanoatini rivojlantirishning asosiy vazifasi, bu yirik qudratli (to 3000 t/sutkagacha NH3 ishlab chiqaruvchi agregatlar yaratish- dan, yangi ancha aktiv zaharlanishga, kuyishga chidamli bo'lgan, past haroratda aktivlik ko'rsatuvchi katalizatorlar yaratishdan iboratdir. Respublikamizda «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi, Olmaliq ammofos va Farg‘ona azotli o‘g‘itlar zavodlari har yili 1,5 mln.t. o‘g‘it ishlab chiqaradi. §. Nitrat kislota ishlab chiqarish