dP kinetik tenglamasidan и = —^ = К ■ PNH ko'rinib turib- dx3 diki, ammiak oksidlanishining umumiy tezligi, eng sekin boruvchi bosqich, ya’ni ammiakning platina yuzasiga absorbsiyalanishi bosqichi bilan belgilanadi. Ammiakning NO ga aylanish darajasi bosim va haroratga ham bog'liq bo‘ladi. Bu reaksiya qaytmas bo'lganligi uchun ham bosim qancha ortsa gazlar konsentratsiyasi ham shuncha ortadi, demak, ma’lum bir vaqt oralig‘ida NH3 ning NO ga aylanish miqdori ham ortishi tabiiy. Haroratning NH3 ni N03 ga aylanish darajasiga ta’siri 66- rasmda ko'rsatilgan 0,1 MPa platina katalizatorida harorat oshi- rilib 800°C ga etganda reaksiya tezligi oshish natijasida NO ning unumi ortadi. Yuqori bosimda (0,8 MPa) ishlovchi sitemada esa optimal harorat 900°C bo‘lishi rasm- dan ko‘rinib turibdi. Harorat bun- dan oshirilsa, NO ni unumi kamayadi. Platinali katalizatorlar, zaharli, ammiak-havo aralashmasi tarkibidagi begona aralashmalar ta’siriga juda sezgir bo‘ladi. Ayniqsa, kontakt apparatiga keluvchi gazlar aralashmasi tarkibida vodorod fosfidi-pH3 bo‘lsa, uning 0,00001 % ham platinali katalizatomi qaytmas qilib zaharlay oladi. Oltingugurt birikmalari ham kuchli zaharlaydi, ammo qaytar holda zaharlanadi. Yana oz miqdordagi surkov moy bug‘lari, turli chang zarralari (ayniqsa, temir va uni oksidlari) ham katalizator aktivligini keskin kamaytiradi. Shuning uchun ammiak va havo kontakt apparatiga kirishdan oldin begona aralashmalaridan yaxshilab tozalanadi. Har qancha toza- lanmasin, baribir, ozmiqdorda bo‘lsa hamki, begona qo'shimchalar kontakt apparatiga tushadi. Natijada sekin-asta katalizatoming aktivligi kamaya boradi. Uni yangisiga almashtirgunga qadar aktivligini qayta tiklash uchun, xlorid kislotasining kuchsiz eritmasi bilan muntazam yuvilib turadi. Stixiometrik tenglama bo‘yicha ammiakni oksidlash uchun havo- ammiak aralashmasi tarkibida 1 mol NH3 ga, 1,25 mol 02to‘g‘ri kelishi kerak. Amalda esa NO ni unumini oshirish va ammiakni oksidlanish reaksiyasini tezlashtirish uchun kislorod miqdorini 1,3— marta ko‘p olindi, ya’ni 10—12 % NH3, 18—19 % 02 va 70— 72 % N2(hajmiy nisbatda) olinadi. Oksidlangandan keyin nitroza gazlari, tarkibida 9—10 % NO va 5—6 % 02 saqlaydi.