Qurama (kombinatsiyalangan)usulda suyuq nitrat kislota ishlab chiqarish. Bu usulda ishlovchi qurilma sxemasi 68- rasmda berilgan.
Kompressorda 0,4 MPa bosimgacha siqilgan va 200°C gacha qizigan havo kontakt apparatining g'ilofi orqali o‘tib qiziydi va aralashtirgichga borib filtrlangan va qizigan ammiak bilan aralashadi, so‘ngra kontakt apparatining o'ziga o‘matilgan tozalagichdan o‘tgib tozalangan, havo- ammiak aralashmasi ikki qavat katalizator (platinali to‘r qavat va uning ostida platinasiz katalizator qavatlari) orqali o‘tadi. Platinali qavatdan o‘tgach, filtrlanib platina zarrachalari ushlab qolinadi. Nitroza gazlari (850—880°C) reaktor ichida o‘matilgan bug4 qazoni orqali o‘tadi,keyin suv isitgichdan o‘tib, o‘z issiqligini yana 180°C gacha pasaytiradi. So‘ngra havo sovutkichlar orqali o‘tib 60°C gacha soviydi va nitroza kislota bilan sug‘orilib turuvchi yuvgichga boradi. Yuvgich ostiga yig‘ilib qolgan 47 % li nitrat kislota adsorberga yuboriladi. Sovugan nitroza gazlari nitroza kompressorida 1,1—1,2 MPa bosimgacha siqiladi va suv qizdirgich, keyin havo sovitgichi orqali o‘tib sovugach adsorb- sion kolonnaga kiradi. Hosil bo‘lgan 60 %li nitrat kislota, puflash kolonnasiga va undan omborxona havzasiga boradi. Puflash kolonnasidan chiqqan nitroza gazlari yuvgichga kirishdan oldin siklga qo'shiladi. Chiqindi gazlar yuqori bosimda ishlovchi qurilmadagidek parchalab yuboriladi. Bunday qurilmalaming mahsuldorligi 3 marta oshadi. Nitrat kislotani konsentrlash ikki usul bilan amalga oshiriladi: 1. Suvni tortib oluvchi moddalar yordamida konsentrlash. 2. Nitrat kislotaning to‘g‘ri sintezi. Birinchi usulda nitrat kislotani haydash (distillash) yo‘li bilan konsentratsiyasi oshiriladi. Ammo nitrat kislota suv bilan azeotrop aralashma hosil qilganligi sababli bu usulda amalda 65 % dan yuqori konsentratsiyali kislota olib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham suvni tortib oluvchi moddalar: konsentrlangan sulfat kislota yoki magniy nitrat tuzi aralashtirib haydash orqali konsentrlanadi. Ammo bu usulda 11. nitrat kislotani konsentrlash uchun 3-41. H2S04 sarflanadi. Umuman bu usul iqtisodiy jihatdan norentabell bo‘lib, keyingi yillarda ancha rentabelli usul, nitrat kislotasini to‘g‘ri sintezlash keng tarqalmoqda.