Toshloq tumani 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor huzuridagi navbatdan tashqari yig‘ilish b a yo n I



Yüklə 371,08 Kb.
tarix02.06.2022
ölçüsü371,08 Kb.
#60400
22 maktab kutubxona yig`ilihs bayoni


Toshloq tumani 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor huzuridagi navbatdan tashqari yig‘ilish
B A YO N I
28.03.2022- yil Farog`at MFY
Yig‘ilish raisi: R.To`xtamatova
Kotiba: G.Sodiqova
Qatnashdi: O‘TIBDO‘ F.Abdullayev,
maktab psixologi O.Mirzayeva
fan o‘qituvchilari 35 nafar va 55 nafar ota-onalar

Kun tartibidgi masalalar:
1. III-chorak yakuni bo‘yicha tahlil.
2.Ijtimoiy himoya yagona reystori.
3. Qo‘shimcha masalalar.
Yig‘ilishni maktab direktori R.To`xtamatova ochib,kun tartibidagi masalalarni tanishtirib o‘tdi.
1-masala yuzasidan maktabninig O‘TIBDO‘ F.Abdullayev so‘zga chiqib, ota-onalarga o‘quvchilarning bilim sifatlari va samaradorligi haqida gapirib o‘tdi. Har bir o‘quvchining sifatli ta‘lim oloshi,dars jarayonlarida faol qatnashishi,fan to‘garaklari,qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarida faol ishtirokini ta‘minlash albatta ota-onalarning zimmasidagi vazifa hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda maktabimizning fan o‘qituvchilari dars jarayonlaridan tashqari qo‘shimcha to‘garaklarni ham tashkil etib kelmoqda. Shuningdek, 2021-2022-o‘quv yili boshidan buyon o‘quvchilarning ta‘lim sifatini baholash va ularni rag‘batlantirib borish hamda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Eng bilimdon kitobxon” nomli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.Har bir g‘olib bo‘lgan o‘quchilar maktab direktori tomonidan estalik sovg`alari bilan rag‘batlantirib kelinmoqda. Shu sababli ham siz ota-onalardan farzandingizning ta‘lim olishida, kitob marafonlarida, kitob yarmarkalarida faol ishtirok etishida shart-sharoit yaratib berishingizni so‘raymiz.
2-masala yuzasidan maktab kutubxonachisi M.Xolbekova so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2022- yil 9- mart kungi 03-06/3-1276-sonli xatiga hamda Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-mart kungi №06/701-sonli xati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-tamoillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4797-sonli qarori bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestori” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan shaxslar yoki oilalar qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmasdan xizmatlar va imtiyozlarni olish tartibi o‘rnatilgan.
3-masala yuzasidan maktab amaliyotchi psixologi O.Mirzayeva so‘zga chiqdi. Bugungi kundagi bolalarda bo‘layotgan ruhiy o‘zgarishlarni hisobga olagan holda har bir o‘quvchining ruhiy va jismoniy holati,ularning qiziqish va istaklari bilan har bor ota -ona qiziqishi zarur. Farzandlaringizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,ular har doim dalda berish,kayfiyatlarini ko‘tarish,qo‘llab-quvvatlab turishingiz lozim. Har bir ishda o‘zingiz farzandingizga o‘rnak bo‘loshingiz,yo‘l ko‘rsatishingiz kerak,chunki farzand ilk tarbiyani oiladan oladi va o‘rganadi. Shunday ekan,har doim farzandingiz uchun ideal ota-ona bo‘lishga harakat qilinglar. Bilim olishi,o‘z fikrini ayta olishi,mustaqil ish qila olishi uchun ularka kuch bag‘ishlanglar. Sizlarga taqdim etiladigan ishbu videorolik ham qisqacha shu mazmunda yoritib berilgan.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1.Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Abdullaevning ma‘lumoti axborot uchun qabul qilinsin.
2.Maktab kutubxonachisi M.Xolbekovaning ma‘lumoti axborot uchun qabul qilinsin.
3.Maktab amaliyotchi psixologi O.Mirzayevaning ma‘lumoti axborot uchun qabul qilinsin
Yig‘ilish raisi: R.To`xtamatova
Kotiba: G.Sodiqova
Toshloq tumani 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yig`ilishidan foto lavxalar.





Yüklə 371,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin