Toshvil uz 1



Yüklə 45,72 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.06.2023
ölçüsü45,72 Kb.
#132780
pdf



toshvil.uz
1
Harakatlar strategiyasi va iqtisodiy
islohotlar ijrosi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekiston Respublikasining Harakatlar
strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsiyaviy faollik va innovatsion rivojlanish
istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Indoneziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan
taniqli olimlar, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar vakillari, oliy ta’lim
muassasalari hamda O‘zFA ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, akademiklar, olimlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti rektori B.Hodiyev va boshqalar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan
keng ko‘lamli ishlar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat
qilayotganini ta’kidladi.
Mazkur hujjatda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosi jahon hamjamiyati, xususan, nufuzli ekspertlar va
amaliyotchi mutaxassislar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Ushbu konferensiyadan maqsad
bildirilayotgan munosabatlarga ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy baho berish, yosh iqtisodchi olimlarning bu
boradagi ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga keng joriy etishdan iborat.
Konferensiyada Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi – iqtisodiyotni rivojlantirish va faol
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha akademiklar, iqtisodchi
olimlar va amaliyotchi mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi. Mamlakatimizda makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, ichki bozordagi narxlar
barqarorligini ta’minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga asosiy e’tibor qaratilganiga alohida
to‘xtab o‘tildi.
2017 yilda mamlakatimizda valyutani liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaxshilash, tashqi savdo
faoliyatini erkinlashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida bojxona to‘lovlari
stavkalarini pasaytirish natijasida iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlari kabi
muhim iqtisodiy masalalar muhokama etildi.

Yüklə 45,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin