To'siqiarga qaram ay sevdik
Sizlar so'qirsiz
Zotan siz qayerda bir yuraksiz, his-tuyg'usiz,
muhabbatingizni
qadrlamaydigan,
aksincha,
siz
sevganingiz sari boshingizga chiqishni ko'zlaydigan odam
bo'lsa, o'shalarni topib, sevasiz. 0 ‘zingizni juda aqlliman
deb o'ylaganingiz uchun nozik tushunchalarga va nozik
qalbga ega bo'lgan kishilarni ko'zingiz ko'rmaydi. Chunki
siz chindan sevgan insonning muhabbatini ko'rolmaydigan
darajada ko'rsiz! Siz bergan muhabbatingizni oyoqosti
qilib ketganlarni deb chindan sevadigan insonlardan
o'chingizni olasiz. Xuddi o'zingiz ishonchli bir odamdek,
sizni sevgan insonlarga "Men hech kimga ishonmayman!”
deysiz. Ayni shu asnoda siz sevgan toshyurak insonlarni
bilmadim, sizni nechinchi bor aldayotganini bilishingizga
qaramay, yana ularni kechirasiz va qayta ishonch bildirasiz.
Sizni chindan ham sevgan insonlarga agar shu imkonni
berganingizda ular sizni gul-gul yashnatardi, ammo
siz buni ko'rolmaysiz. Aniqrog'i ko'rishni istamaysiz.
Aldaganni, xiyonat qilganni qayta-qayta kechirasiz. Sizni
chindan sevganga parvo qilmaysiz. Sizni benuqson sevib,
sevgingizga ega chiqadigan insonlarni ko'rolmaydigan
darajada ko'r, o'sha insonlarning hislarini ahamiyatga
olmaydigan darajada qalbsizsiz!
Dostları ilə paylaş: