To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Sen o'z bandida ifor sochayotgan bir moychechak



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Sen o'z bandida ifor sochayotgan bir moychechak 
eding. Men seni uzish u yoqda tursin, hatto hidlashga
ko'zim qiymasdi...
107


To'siqiarga qaram ay sevdik
Puch xayollar
Inson surgan xayollari puchga chiqishidan ham 
yom onroq holat bo'lmasa kerak. Barchamiz ham hayot 
atalmish manzilga safarga chiqar ekanmiz, onda-sonda 
bunday ko'chalarga bo'ylashga majbur bo'lamiz... Baxtli 
hayotga erishish uchun o'zimizni urgan ko'chalarga, 
noto'g'ri 
qaror 
qilib 
kirgan 
ko'chalarga, 
arzimas 
insonlarga yuksak baho berib, bo'ylagan ko'chalarga, 
pok tuyg'ularimizni g'araz niyatli insonlarga sarf qilgan 
ko'chalarga, mutlaqo xayollarimizni puchga chiqargan 
ko'chalarga bo'ylaymiz umr bo'yi... Xayollari puch bo'lib 
chiqqan insonning tortadigan azobini ta'riflashga hojat 
bo'lmasa kerak? Vaholanki, ayrim dardlarni izohlab 
bo'lmaydi, ular faqat his qilinadi va shundagina buning 
qanday azobligi anglab yetiladi. Shuning uchun ham 
sarobga aylangan xayollarning insonga torttiradigan 
azobini tushuntirishga hojat yo'q. Zero bu azobni bir 
bor bo'lsa-da totmagan insonning o'zi yo'q. Shu boisdan, 
hammamiz yaxshi bilamiz, noloyiq insonga ishonishning 
oxiri azob va uqubat olib kelishini. Ammo Tangrining 
buyukligini va kim kimning boshiga qanday kun solsa, 
u ham bir kuni ayni shu holatga tushishini a
3
rtmasdan 
o'tishni istamayman. Axir aytishadiku: "O'kinma, Alloh- 
ning nazaridan hech narsa chetda qolmaydi.” deya...
Sizning ishtirokingizda surilayotgan xayollarni 
puchga chiqarmang. Sizga ishongan insonlarning 
nadomatiga aylanmang. Chunk! birovning la'natiga 
qolgan odamga Allohning mag'firati yo'qdir...

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin