To'siqiarga qaram ay sevdik
0 ‘tib ketmaydi
Chuqur nafas ol va ushbu so'zlarni takrorla:
"Hammasi o'tib ketadi. Faqat biroz sabrdan keyin..."
Keyin esa, qo'lingdan kelganicha bu so'zlarga o'zingni
ishontirishga harakat qil. Bilaman, hammasi o'tib ketadi,
deb umid qilib yashash hozirgi insonlarni qoniqtirmaydi.
Senga bir sirni ochaymi? Aslida, hech narsa o'tib ketmaydi.
Aksincha, yanada battarroq tus oladi.
O'zingni behudaga aldashni bas qil. Hammasi
o'tib ketadi deb o'zingni ovutma. "Havotir olma, hali
hammasi yaxshi bo'ladi. Bu kunlar o'tadi", deganlarga
ham ishonma. Hech narsa o'tib ketgani yo'q. O'tib
ketish
niyati ham yo'q. Shuncha vaqtdan beri o'tib ketmadimi,
endi ham o'tmaydi. O'tib ketdi deb o'yiaysan, ammo azob
chekkaningda anglaysan, hali o'tib ketgani yo'q. Har tong
uyg'onganingda o'sha og'riq ko'ksingga yanada kuchliroq
bosim o'tkazayotganini his qilasan. Va o'sha lahzada
tushunib yetasan, o'tib ketmadi, o'tib ketmagan, o'tib
ketmaydi... Go'yo o'tib ketgandek bo'ladi,
ammo har on
o'sha og'riqni his qilaverasan.
O'zingni aldashni qo'y, hech narsa o'tib ketmaydi.
Na yuraging aw algidek kimnidir seva oladi, na tugab
bitgan hislaring oldingi holiga qaytib qoladi.
Aslida, hech narsa o'tib ketmasa-da, ayrim
go'zalliklar sen bilan birga kelishiga ishongandim.
Yanglishibman, awalgidan ham ko'proq ozorlandim.
132
Mirach Chag'ri Oqtosh
Sevishdan sira to'xtamadik
Orzularimiz
sarobga
aylangan
bo'lsa
ham,
ishonchimiz suiste'mol qilingan bo'lsa ham, jimjimador
so'zlarga
va soxta samimiyatga ishonib, "U boshqalarga
o'xshamaydi”, degan nazar bilan qaraganlarimizning
aslida, boshqalardan zig'ircha ham farqi yo'qhgiga bot-
bot guvoh bo'lgan bo‘lsak-da, sevishdan to'xtamadik.
Chindan ham shunday emasmi?
Insonlarga takror-
takror
ishonch
bildirmayapmizmi?
Takror-takror
ko'ngil qo'ymayapmizmi? Shu qadar kuchU ishonch
bilan sevganimizdan "Bu safar azoblanmayman", deb
tashlagan har qadamimizda oldingidan ko'proq yaralanib,
oldingidan ko'proq azoblanayapmiz. Ammo shunday
bo'lsa ham, bir on bo'lsa-da, sevishdan voz kechmayapmiz.
Voz kecholmayapmiz! Ehtimol,
jarohat olayotgandirmiz,
ammo hech narsaga qaramay sevishdan to'xtamayapmiz.
“Qaytib hech kimni sevmayman!" deb turib, baribir
yuragimizga yengilmoqdamiz.
Keraksiz insonlarni eng
toza tuyg'ularimiz bilan qarshi olyapmiz va eng ko'p
shunga kuyayapmiz...
Dostları ilə paylaş: