To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Bizni ham yaralashdi, ammo baribir sevdik



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Bizni ham yaralashdi, ammo baribir sevdik.
Agar yana shunday imkon berilsa, yana sevamiz.
Chunki bizning qalbimiz ishqdan iborat.
133


r
To'siqiarga qaram ay sevdik
Kelma
Bilaman, meni umuman sevmaysan. Ammo shunga 
qaramay, men seni juda qattiq sevaman. Qolaversa, chin 
ishq degani faqat ikki tomonlama sevgi degani emas-ku?! 
Muhimi, bir tomonlama bo'lsa ham, ikki tomonga ham 
yetadigan darajada seva bilmoqdir. Tan ol, buni senga 
isbotlagan birgina mening qalbim edi. Ammo sening 
his-tuyg'ularing shu qadar so'qir ekanki, bu haqiqatni 
hech qachon ko'rolmadi. Agar meni, hatto qishning 
o'rtasida ham eshikdan tashqariga chiqarib qo'ysang 
ham, bilki, bu qalbim senga hamisha qo'rg'on edi. Ayrim 
insonlar sevgan insonini faqat qalbiga so'zi o'tmagani 
uchun sevadi. Voz kecha olmagani, unutishni istamagani 
uchun sevadi. Ammo mendagi tuyg'u unday emas edi. 
Men seni noiloj qolganimdan sevmadim. Yoki qalbimga 
so'z uqtira olmaganim uchun ham sevmadim. Aksincha, 
sendan voz kechishim uchun oldimda minglab sabablar 
tursa ham, hech biriga e'tibor bermadim. "Qalbga so'z 
uqtirib bo'lmaydi", deyishadi-ku? Ammo men uqtirdim. 
Qalbimga seni yanada kuchliroq sevishi uchun buyruq 
berdim. Seni allaqachon unutishim kerak bo'lsa ham, 
seni unutishim uchun qo'lingdan kelganini qilgan 
bo'lsang ham, sendan, mendan va birgina men tomondan 
yaratilgan bizdan, bir on bo'lsa ham voz kechmadim. Biroq 
buning evaziga sevilmadim va meni sevmaganing uchun
134


Mirach Chag'ri Oqtosh
sendan g'azablanib, sitam yetkazmadim. Joni omon bo'lsa 
has, dedim. Sevilmasam, sevilmabman-da. Zotan bunga 
ko'nikdik, men uning o'rniga ham sevaman...

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin