To'siqiarga qaram ay sevdik
Sevmaganlarning sevilmaydigan kunlari
albatta, keladi
Ishq uchun olingan ikki kishilik chiptalarning
qaytishi doimo bir kishilik bo'ladi. E'tibor bering-chi, kim
o'sha yo'ldan yolg'izo'ziqaytyapti? Javobitaxminqilinishi
oson bo'lgan bir savol bu, shunday emasmi? Albatta, eng
ko'p sevgan tomon yolg'iz qaytyapti.
Havas va baxt-u
saodat bilan ketgan ishq safaridan ulkan hamda ichidan
qutilish o'ta mushkul bo'lgan azoblar bilan qaytyapti.
Sevilgan tomonni faqat ketishini tomosha qilyapti va o'ziga
qoldirilgan hasratlar bilan kurashyapti.
Ming afsuski, ishqda adolat bo'lmaydi. Bir tomon
juda
chiroyli sevadi, narigi tomon juda chiroyli tark
etadi. Bu sira o'zgarmaydigan qonundir. Eng ko'p sevgan
tomonga
aziyat yetsa ham, u sevishdan to'xtamaydi.
Hatto qadam tashlashgada holi qolmasa ham sevgan
insoni tomon yugurishdan charchamaydi. Haqiqiy sevgi
deb mana shunga aytiladi.
Ammo sevilgan tomon buni
tushunmaydi. U uchun qilinayotgan fidokorliklarni ko'zlari
ko'rmaydi. O'zi bilan unga atalgan sevgining o'rtasiga shu
qadar ulkan devor qurgan-ki, na u uchun qilinayotgan
harakatni ko'radi, na unga qo'yilgan muhabbatni his qiladi.
Ayrimlari yarim yo'lda qoldirib ketishadi, ayrimlari senga
yo'l ko'rsatishadi. Afsuski, ular bunga sevgi deyishadi...
Go'zal shaklda sevgan insonni qadrsizlashadi.
Hech narsaga arzimaydigan insonni esa
boshga toj qilishadi.
136
Mirach Chag'ri Oqtosh
O'zimni tushuntiraman deb urinma.
Anglashni istamaganga tushuntirishdan nima naf?
Mening hech qachon dardimni bo'lishadigan
bir insonim
bo'lmadi. Bir
kun bo'lsa
ham bir siga-
retani
og'zimga
olgancha,
tutunini
puflab,
o'sha
puflagan tutunimga dardlarimni aytmadim. Bu tarzda
yengillashmadim. Borib shisha-shisha aroq ichib, mast
bo'lgancha bo'sh shishalarga sitamlarimni sotmadim. Men
hamma dardlarimga uyg'oq aql bilan bardosh berdim.
Turli xil vositalardan dardimga chora izlamadim.
Ilojsiz
qoldim, kimsasiz qoldim, ammo bir Xudoning quliga
yolvorib bormadim. Dardlarim
butun vujudimni qamrab
olgan kechalarda ko'zimga uyqu kelmadi. Yostig'imni
g'ijimlab yig'ladim. Ovozimni birov eshitmasin deb
yostig'imni yuzimga bosib yig'ladim. Sovuq ko'rpamga
burkandim, ammo hech qayerga va hech kimsaga
bormadim. Og'riqning eng dahshathlarini totib ko'rdim,
ammo kimdir yaramga malham bog'lashini kutmadim.
Men dardlarimni har dam ichimga yutdim, biroq insonlar
tomon qadam bosmadim. O'z dardlarim bilan o'zim
kurashdim. Boshimga nima tushsa hammasini bir o'zim
yengdim, lekin biron bandaga sezdirmadim. Ichimda
ayovsiz
jang ketar ekan, barchaga kulib qaradim. Meni
baxtli deb o'ylashdi.
Seningcha,
agar
dilimni
ochsam,
meni
tushunisharmidi? Qo'ysangchi...
Dostları ilə paylaş: