Dt Davriy hisobda ТMZni sotib olish
Kt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar
2. Davr oxirida inventarizatsiya o’tkazilgandan keyin, ТMZlari qoldig’i aniq-
langan vaqtda:
Dt Yakuniy moliyaviy natija
Kt Davriy hisobda ТMZni sotib olish
3.Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ТMZlari qoldig’idagi farqga (agar boshlang’ich qoldiq yakuniy qoldiqqa nisbatan kamroq bo’lsa):
Dt Ombordagi tovarlar
Kt Davriy hisobda ТMZ bo’yicha tuzatishlar
4. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ТMZlardagi farqqa qoldig’iga (agar boshlang’ich qoldiq yakuniy qoldiqqa nisbatan ko’proq bo’lsa):
Dt Davriy hisobda ТMZ bo’yicha tuzatishlar Kt Ombordagi tovarlar
Butun hisobot davri davomida sotilgan tovar-moddiy zahiralarining tan-narxi tovar-moddiy zahiralari bo’yicha tuzatishlar hisobvaraqning qoldig’iga, ma-teriallar xarid qilish bo’yicha xarajatlar hisobvaraqning debeti bo’yicha yig’ilib boradi. Hisobvaraqlar rejasida davriy hisob tizimidan foydalanish maqsadida alohida “ТMZ larni xarid qilish” hisobvarag’i ajratilgan. Davriy hisob ti-zimida yil davomida harid qilingan tovar moddiy zahiralar summasi ana shu hisobvaraqning debetiga yozib boriladi. Yil oxirida hisobot tuzish maqsadida o’t-kazilgan inventarizatsiya natijasida ombordagi ТMZ qoldig’i aniqlandi. Bu ma’lumotlarga asosan ikki muhim axborotni: sotilgan tovarlar tannarxini (agar ulgurji savdo bo’lsa) yoki sotilgan tovarlar tannarxiga kiritilishi lozim bo’lgan material xarajatlarni (agar ishlab chiqarish bo’lsa) va albatta, moliyaviy natija - foyda yoki zararni aniqlash mumkin.
6. Тovar-moddiy zahiralar hisobi bilan bog’liq muomalalarni yoritishlar
Ushbu yo’nalish bo’yicha hisob siyosatining ochib berilishi 4-sonli O’zbe-kiston Respublikasi BHMS asosida amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobotga izohlar va tushuntirishlarda xo’jalik yurituvchi sub-’ektlar foydalangan usullar, jumladan, tovar-moddiy zahiralarning uzluksiz yoki davriy tizimi, sotilgan tovarlar tannarxini aniqlashda foydalanilgan usul (o’rtacha qiymat yoki FIFO), bundan tashqari tovarlarning sof sotish qiymatiga asosan amalga oshirilgan yozuvlar kabi holatlar yoritilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |