Tovar sifati va qiymati QIYMAT — 1) tovar narxi;
2) pulning xarid qobiliyati, muayyan bozor narxlari darajasida pul birligi hisobiga
sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori;
3) ingliz klassik siyosiy iqtisodi (A. Smit, L. Rikardo), shuningdek, marksizm (K.
Marks)ning iqtisodiy kategoriyasi, tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda
gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati. Qiymatning mehnat
nazariyasiga koʻra, Qiymat tovar i. ch. negizini tashkil etadi, kapital harakati va
rivojlanishining jami qonunlarini belgilab beradi. Qiymat nazariyasi uch elementni
oʻz ichiga oladi: a) Qiymat asosida ijtimoiy mehnat turadi; b) Qiymat meʼyorini
zaruriy mehnat sarflari tashkil etadi; v) ayirboshlash Q. asosida yuz beradi. Tovar
qiymatining meʼyori uni i. ch. uchun zarur boʻlgan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdori
bilan belgilanadi, ijtimoiy normal sharoitda mamlakat boʻyicha oʻrtacha mehnat
mahorati va intensivligi darajasida tovar i. ch. uchun ketadigan ijtimoiy zaruriy ish
vaqti bilan oʻlchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti i. ch. ning mavjud ijtimoiy
meʼyordagi sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalligining oʻrtacha
darajasida biron isteʼmol qiymatin» yaratish uchun talab qilinadigan ish vaqtidir.
Tovar qiymati meyori uni tayyorlashga ketgan mehnat miqdoriga toʻgʻri
proporsional, mehnat unumdorligiga esa teskari proporsionaldir. Bozor
munosabatlarining rivojlanishi bilan narxlarning tarkib topishi takomillashib, ular
borgan sari tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashadi.
Lekin ular oʻrtasidagi farq ayrim tovar turlariga nisbatan talab va taklif, bozor
konyukturasini hisobga olgan holda saklanib qoladi (q. Klassik siyosiy iqtisodiy
maktablari).
Aralash iqtisodiyot sharoitlarida (20-a.) iqtisodiy nazariyalarda naflilik tobora
muhim ahamiyat kasb etdi, bu esa hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning
klassik kapitalizmga nisbatan tubdan farq qilishini koʻrsatadi.
Mahsulot (Tovar) sifati — mahsulot xususiyatlari majmui hisoblanadi va u jamiyat
va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi.
Maxsulot sifatini yaxshilashdan eng asosiy maqsad, Tovar sifati mahsulotning
samaradorligini oshirish hamda maxsulotning bozordagi raqobatbardoshligini
taminlashdir.
Bozor iqtisodiyotidagi eng asosiy tamoyillaridan biri bu – Raqobat.
Raqobat – ustunlik qilish uchun kurash jarayoni hisoblanadi. Raqobatning asosi
asosan ikki turga bolinadi. Bular mahsulot narxi va mahsulot sifati.Biz bilamizki
mahsulot narxiga qarab yoki sifatiga qarab raqobatbardosh bola oladi. Shuning
uchun mahsulotning sifati alo darajada narxi esa ortacha hisoblarda bolishi
mahsulotning bozordagi ornini belgilab beradi.
Maxsulotning sifatini yoqotmaganligini aniq bilish uchun eng asosiy omil bu ishlab
chiqaruvchi korxona va muassasalar ozlari ishlab chiqargan Tovar (mahsulot) larini
yaroqlilik muddatini belgilab berishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi
tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi
lozim.
Ushbu kafolat muddatini belgilovchi ishlab chiqaruvchi korxona shunday muddat
qoyishi lozimki, bu muddat ichida ishlab chiqarilgan Tovar-mahsulot oz sifat va
xususiyatini yoqotmasligi, mahsulotda xech qanday ozgarish roy bermasligi kerak.