Tovon suyagi Oyoq kafti suyaklari



Yüklə 209 Kb.
səhifə3/7
tarix13.05.2023
ölçüsü209 Kb.
#113006
1   2   3   4   5   6   7
Oyoq skeleti

Quymich suyagi (os ischii) ning qov suyagiga o‘xshash, quymich kosalarini hosil qilishda qatnashadigan qismi – tanasi (corpus ossis ischii) va undan davom etgan butog‘i (ramus ossis ischii) bor. Ana shu butoq burchak hosil qilib pastki butoqqa o‘tadi. Bu esa qov suyagining pastki butog‘i bilan qo‘shiladi. Quymich suyagi butoqlarining o‘zaro birlashgan joyi kengayib, yo‘g‘onlashgan quymich do‘mbog‘i (tuber ischiadicum)ni hosil qiladi. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi o‘tkir uchli o‘siq (spina ischiadica) bilan quymich do‘mboq orasida kichkina kesimta (incisura ischiadica minor) joylashgan.
Quymich bilan qov suyaklarining butoqlari o‘zaro qo‘shilib, kattagina tuxum shaklidagi yopqich teshik (foramen obturatum)ni hosil qiladi.


OYOQNING ERKIN TURGAN BO‘LIMIDAGI SUYAKLAR

Oyoq skeletining erkin turgan qismi (skeleton membri inferioris liberi) s o n s u ya g i (femur), t i z z a q o p q o g‘i (patella), b o l d i r s u y a k l a r i (ossa cruris) va o y o q p a n j a s i s k e l e t i (ossa pedis)dan tashkil topgan.


Son suyagi (femur, 58,59-rasmlar) naysimon suyaklar orasida eng uzun va kattasi bo‘lib, tana (corpus femoris), past va yuqori tomon (epifiz)lardan iborat. Son suyagining yuqori uchida (ichki tomonga qarab joylashgan) sharsimon boshcha (caput femoris) ko‘rinib turadi. Boshcha markazining pastrog‘ida chuqurcha (fovea capitis ossis feroris) joylashgan. Son suyagining boshchasi tanasiga bo‘yin (collum feroris) orqali qo‘shilgan. Bo‘yin suyak tanasiga 130 o‘tmas burchak hosil qilib qo‘shilgan. Ayollarda chanoqlarining keng va katta bo‘lishiga qarab son suyagining bo‘yni to‘g‘ri burchak hosil qilib qo‘shiladi.
Son suyagi bo‘ynining tanaga o‘tish chegarasida muskul yopishishidan paydo bo‘lgan ikkita do‘mboq – katta ko‘st (trochanter major) va kichik ko‘st (trochanter minor) joylashgan. Katta ko‘stning ichkarisida chuqurcha (fossa trochanterica) ko‘rinadi. Ko‘stlar oralig‘ida orqa tomonda qirra (crista intertrochanterica) va oldingi tomonda g‘adir-budur chiziq (linea intertrochanterica) bo‘ladi.




rasm. Son suyagi (femur). Old yuzasi.
1–fovea capitis; 2–linea intertrochanterica; 3–trochanter minor; 4–epicondylus medialis; 5–facies patellaris; 6–epicondylus lateralis; 7–corpus femoris; 8–facies anterior; 9–trochanter major; 10–collum femoris; 11–caput femoris

Son suyagining tanasi corpus femoris oldinga qarab bir oz bukilgan, uch qirrali dumaloq shaklda bo‘lib, orqa tomondan bo‘yiga qarab ikkita labdan tashkil topgan g‘adir-budur qirrasi (linea aspera) ko‘rinadi. Uning ichkari tomondagi labi (labium mediale) yuqoridagi kichik do‘mboqqacha davom etadi. Do‘mboqlar o‘z navbatida oraliq-taroqsimon chiziqqa (linea pectinea) qo‘shilib ketadi. Tashqi labsimon chiziq (labium laterale) esa katta do‘mboqning pastigacha boradi va dumba g‘adir-buduri (tuberositas glutea)ga aylanadi. Bu joyga dumba katta muskuli payining bir qismi yopishadi. Ikkala labsimon chiziqlar pastga yo‘nalib bir-biridan uzoqlashadi va tizza osti yuzasi (facies poplitea)ni hosil qiladi.




rasm. Son suyagi (femur). Orqa yuzasi.
1– collum femoris; 2–fossa trochanterica; 3–trochanter major; 4– tuberositas glutea; 5–linea aspera; 6–labium laterale asperae; 7–facies poplitea; 8–fossa intercondylaris; 9– epicondylus lateralis; 10– condylus lateralis; 11–condylus medialis; 12–linea intercondylaris; 13–labium mediale lineae asperas; 14–linea pectinea; 15–trochanter minor; 16–crista intertrochanterica; 17–caput femoris; 18–fovea capitis.

Son suyagining pastki, yo‘g‘onlashgan distal uchi orqaga qarab burilgan, ikkita muskul yopishadigan o‘siq bilan tugaydi. Uning ichki o‘sig‘i condylus medialis, tashqi tomondagi o‘sig‘i condylus lateralis deyiladi. O‘siqlar oldingi tomonida tizza bo‘g‘im yuzasi (facies patellaris) bilan o‘zaro tutashib turuvchi tizza qopqog‘i joylashadi. Ichki va tashqi o‘siqlarning orqasi hamda oralig‘ida o‘siqlar oralig‘idagi chuqurcha (fossa intercondylaris) joylashgan.
Har bir o‘siqning bo‘g‘im yuzalari yon tomoni teparog‘ida bittadan g‘adir-budur tepachalar: medial tomonda epicondylus medialis, lateral tomonda epicondylus lateralis ko‘rinib turadi.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin