Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni



Yüklə 37,51 Kb.
səhifə6/8
tarix20.04.2023
ölçüsü37,51 Kb.
#101127
1   2   3   4   5   6   7   8
Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib

Mashg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi bolalarning tovushlar haqidagi bilimini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beradi. ' 1
Tovushlami nima qilamiz?
(tovushlami talaffuz qilamiz va eshitamiz)
Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: nutq tovushlari

  1. xil bo‘ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar, tovushlami aytamiz, eshitamiz.

Bugun biz «O» unli tovushi bilan tanishamiz.
«O» tovushini talaffuz etganimizda quyidagi holat yuz beradi:
Lablar aylana shaklida (dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi, tishlar dumaloqlangan lablar bilan berkiladi, til ildizi bir oz yuqoriga ko‘tariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tib ketadi, tovush boylamlari bog‘langan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil bo‘ladi.
Unli tovushlar to‘siqqa uchramaydi, cho‘ziq aytiladi. Unli tovushni biz qizil rangda belgilaymiz (qizil kvadrat shaklni ko‘rsatiladi). Kubiklaming (tarbiyachi kubikni ko‘rsatadi) bir tomoniga labning ochiq
holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Siz kubiklarni o‘ynayotganingizda bilingki, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yo­pishtirilib, qolgan tomonlarda harflar ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak, bu kubikdagi harflar unli harflar bo‘ladi. Mana qarang, kubikning bir to­moniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida «O» harfi yopishtirilgan. Demak, «O» harfi unli tovush ekanligini bildiradi.
Xattaxta tagligiga uy hayvonlari rasmi terib qo‘yiladi (qo‘y, echki, sigir, buzoq, ot) va quyidagicha suhbat orqali ot so‘zi ajratib olinadi.

  • Uy hayvonlari nomini ayting.

(qo‘y, echki, sigir, ot)
Ular nima uchun uy hayvonlari deyiladi?
(chunki ulami uyda odamlar boqadi, parvarishlaydi)
Shu hayvonlaming qaysi biri nomida «O» tovushi bor? Aytib ko‘rib aniqlang-chi? (tarbiyachi o‘zi aytib yordam beradi: o-o-o t.)
(Ot so‘zida «O» tovushi bor).

  • «O» tovushini talaffuz qilib, uning qanday tovush ekanini aniqlang.

(o-o-o - o unli tovush ekar.)
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin