Tovushning eng asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug'lik kabi axborot manbai hisoblanadi. Tabiat tovushlari, atrofimizdagi odamlaming gaplari, ishlab turgan mashinalaming shovqini bizga ko'p ma'lumotlami beradi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/2
tarix21.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#88957
1   2
Tovushdan klinikada f. biofizika

Ultratovush bilan skanerlash.
Odam qulog‘i bilan eshitadigan tovush tebranma harakati chastotasi (tezlik darajasi)dan baland tovush chastotasi ultratovush deb ataladi. Tovushning tebranma xdrakati gerts (Gts) birlik - bir sekundda bir tebranish bilan o‘lchanadi. Odamning qulog‘i tebranma soni 20 dan 20000 gacha Gts tovushni eshitadi. Ultratovush bilan tekshirishda 1 mln. dan 20 mln gacha Gts ishlatiladi.
Oxirgi yillardagi ilmiy texnika yutuqlari tufayli tibbiyot amaliyotida turli ultratovush qurilmalari joriy qilindi, ular orqali qorin bo‘shlig‘i va parda orqasi bo‘shlig‘idagi a`zolarni tekshirishda diagnostika uchun qimmatli ma`lumotlar olishga muvaffiq bo‘lindi. Bemorlarni tekshirish uchun sobiq Ittifoqda ixtiro qilingan ultratovush qurilmalar: chiziq shaklidagi skanerlashga ega bo‘lgan UI-20 EM; 0,88 - 2.64 MGts chastota diapazonida ishlaydigan ETS-R-01 va chet el firmasi qurilmalari "Aloqa" SSD-190, 250, 256, 280 modellari;
"TOSHYBA"-SAL-55-55 AS (Yaponiya); • "Pocher-80 LDI, "Picher"-3Q0Q, "Picher"-7000, "Vidson"-635 va boshqalar, 2.25 dan 3,5 MGts gacha va undan yuqori chastota datchigi bor apparatlar keng qo‘llanilmoqda
Ultratovush orqali tekshirishga moneliklar yo‘q. Bemorni tekshirishga tayyorlash uchun hukna qilib ichakni tozalanadi, xolos (zarur hollarda), boshqa maxsus muolajalarga hojat yo‘q. Ultratovush orqali tekshirish bemorni chalqancha yotqizib, yonboshlab yotganda esa uzun va ko‘ndalang tekislikda o‘tkaziladi. Bemorni tekshirganda, ultratovushning tebranma tarami tekshirilayotgan a`zoga yuboriladi, u yerda ular hamma yuzalar va boylamlardan qisman yoki butunlay qaytariladi. Qaytgan to‘lqinlarni datchik o‘ziga qabul qiladi.
Bir o‘lchovli tasvir exogramma, ikki o‘lchovligi - skanogramma yoki sonogramma deb ataladi. Tekshirish natijasiga asoslanib, a`zoning joylashishi, shakli, kattaligi, uning tashqi ko‘rinishi (konturi), parenximasining holati, tovush eshitish strukturasini (bir xil yoki har xil) bilish mumkin.
Bu belgilar orqali a`zo parenximasi diffuz holatda zichlangani, unda qattiq o‘choq, bo‘shliq va suyuqlik yoki havo borligi hamda uning devoridagi yallig‘lanish va organik o‘zgarishlarni aniklash mumkin.

Ultratovushli skanerlash tekshirilayotgan a`zoning akustik (tovush


eshitish) strukturasini ifoda etadi, exoskopiya esa uni bevosita ko‘z bilan
kuzatish imkonini beradi.
Ultratovush bilan tekshirish jigar, o‘t pufagi va ularning yo‘llarini,
me`da osti bezi, buyrak usti bezi, sut bezi va boshqa a`zolar kasalliklarini
aniqlashda keng qo‘llaniladi
Sut bezi kasalligi, jumladan, o‘smalar diagnostikasida ultratovush
bilan tekshirish alohida o‘rin tutadi. Tekshirish bemorni chalqancha
yotqizib o‘tkaziladi. Sut beziga maxsus maz yoki vazelin surtiladi, keyin
bez ustiga suv solingan xalta qo‘yiladi va uning ustidan skanerlanadi, uni
ichki kvadrantdan boshlab ko‘ndalang, uzunasiga va qiya holatda har 5 mm
dan kesimlar olinadi. Sut bezining tashqi kvadrantlarini va qo‘ltiq qismini
qarama-qarshi tomonga 15-45°burchakda burib, yonboshida o‘rganiladi.
Sut bezi exografiyasi bemorning yoshi, konstitutsionad xususiyati va
fuknsional vaziyatiga qarab farq qilinadi. Exogramma yordamida teri, sut
bezi uchi, bez oldi va orqa bo‘shliklari, ko‘krak muskullari, qovurg‘alar
konturi va limfa tugunlari o‘rganiladi.
Kista kasalliklarining exografik belgilariga kontur aniqligi va kista
dorzal devori orqasidagi exosignallarning kuchayishi kiradi. Minimal
kattaligi 3 mm bo‘lgan kistani aniklash mumkin. Hamma vaziyatlarda
o‘tkazilgan ultratovush bilan tekshirish natijalari shubhasiz ijobiydir.
Xavfsiz o‘smalar shakli exogrammalarda yumaloq, konturi aniq va to‘g‘ri
bo‘lib ko‘rinadi va bir xil akustika tuzilishini tasvirlaydi. Xavfli
o‘smalarning exotomogrammadagi suratlari polimorfizm xarakteriga ega
bo‘lib, shakli noto‘g‘ri, konturlari notekis va tuzilishi har xil.
Yosh ayollar sut bezini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ultratovush bilan tekshirishning ahamiyati byebaho va kistani o‘smadan farq qilishda yagona usul hisoblanadi. Lekin o‘sma 1 sm dan kichik va sut yo‘lida joylashgan bo‘lsa, ultratovush bilan aniqlash qiyin. Bachadon va tuxumdonni ultratovush bilan tekshirish ayniqsa hajmiy jarayonlarni aniqlashda birinchi o‘rinni egallaydi. Hajmiy jarayonlar exogrammalarda exogenlik xususiyatiga ega bo‘lib, chegaralari noaniq, noto‘g‘ri va tuzilishi, shakli, o‘lchami har xil. Tuxumdon kistasining exotuzilishi har xil, chegarasi aniq, noto‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi va qalinligi turlicha, to‘siqlari bor.
Bu usul zararsiz, har jihatdan qulay. Qisqa vaqt ichida aniq tashhis qo‘yish imkonini beradi va onkologik xizmatda, tibbiyot amaliyotida, diagnostika uchun murakkab usullarni qo‘llanishga chek qo‘yadi. Aniq vaqtda ishlaydigan yangi ultratovush apparatlarining yaratilishi va ularning hozirgi apparatlardan afzalligi (turli ultratovush chastotada va parametrda ishlashi, chiziqli, sektorli, konveksli datchiklar qo‘llanishi, ifodalarga kompyuter orqali ishlov berilishi) tekshirish natijalarini qimmatbaho "poleroid" plyonkaga va roentgen yoki fotoplyonkaga tasvirni tushirish imkonini berdi. Bu bilan ultratovush orqali tekshirishni diagnostika algoritmiga qo‘yishga muvaffaq bo‘lindi.
Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin