qatorida amerikalik iqtisodchi olim F. Maxlup (Fritz Machlup ) ilmiy doiraga kiritgan. U monopoliya raqobatida patentlashtirish tizimining tutgan o'rnini statistik usullar asosida o'rganib, AQSh yalpi ichki mahsulotida axborotning miqdoriy jihatdan tavsiflanishini ko'rib chiqdi.
Olim axborotni tovar sifatida qabul qilish konsepsiyasiga asoslangan holda Amerikada kelajakda jamiyat rivojlanishining asosiy sharti „axborotlashgan iqtisod“ bo'lishi g'oyasini ilgari surdi.
1902-1983
Iqtisodchi olim F. Maxlup birinchilardan bo'lib
milliy boylikning qanday qismi axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tarqatish hisobiga vujudga kelishini hamda bilim,
umuman u bilan bog'liq bo'lgan yalpi milliy mahsulot qismini aniqlash masalasini ko'ndalang qo'ydi. U AQSh milliy iqtisodini to'la tadqiq qildi va bilmlar yaratadigan 30 ta tarmoqni belgilab oldi hamda ularni 5 ta guruhga ajratdi:maorif; ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish; aloqa va ommaviy axborot vositalari; axborot
mashinalari va vositalari; axborot xizmatlari.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha vazifalarni hal etish uchun 2002-yil 30-mayda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining „Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida‘’ gi farmonda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizimlari barpo etilishini,iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a’zosi hayotiga
kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari ommaviy joriy etilishi uchun shart- sharoitlarni ta’minlaydi,jahon bozorida mamlakatimizi iqtisodiyotinig raqobat bardoshliligini oshiradi.
Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi va 2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi.Unda telekommunikatsiyalar va ma’lumotlar uzatishni rivojlantirish, axborot resurslaridan foydalanish, Internet tarmog'ida o'z saytlarini yaratishning maqsadli yo'nalishlari belgilandi.
2003-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi „Axborotlashtirish to'g'risida“gi Qonun bilan uning huquqiy tayanchi yaratilib, axborotlashtirishning iqtisodiy huquqiy va tashkiliy asoslari aniqlanadi va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. 1995-yil fevralda o’zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining “uzpak” ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini yaratish(mumt) va xalqaro tarmoqlarga,shu jumladan,internetga chiqish
to’g’risidagi qarori qabul qilindi.ushbu qarorga asosan, korxona telekommunikatsiya xizmatIni ko'rsatish bo'yicha „Milliy operator va provayder" maqomini oldi va xo’jalik hisobidagi ,,UzNET “ informatsion-kompyuter xizmati uning tarkibiga kiritildi.