1991— 2008-YILLARDA 400 DAN ORTIQ NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR CHIQARILDI.AXBOROTLASHTIRISH FAOLIYATI SOHASIDA QONUNCHILIK YARATISH YO'LIDAGI MUHIM QADAM SIFATIDA 1995-YIL 25-YANVARDA QABUL QILINGAN „AXBOROT,AXBOROTLASHTIRISH VA AXBOROTNI HIMOYA QILISH TO'G'RISIDA“GI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING QABUL QILINISHINI VA KUCHGA KIRITILISHINI KO'RSATISH LOZIM.
Bu Qonun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o'rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tartibga soldi:
axborot resurslarini yaratish,yig’ish, qayta ishlash,to'plash asosida
shakllantirish va undan foydalanish va iste’molchilarga taqdim etish;
axborot texnologiyalarini va ularni ta’minlash vositalarini yaratish va undan foydalanish;
axborotni, axborot jarayonlari va axborot almashuvida ishtirok etuvchi subyektlar, huquqlarini himoya qilish.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustivor yo'nalishi quyidagilardan iborat:
davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari;
elektron ma’lumotlar bazasi;
fan-texnika axborot (FTA) tarmog'i;
ta’lim,kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash,ijtimoiy muhofaza va sog’liqni saqlash sohalari axborot tizimlari;
ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari;
favqulotda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlarini yaratish.
2000-yildan boshlab O'zbekiston Moliya vazirligida global integrirlashgan axborot- analitik tizimi ishga tushib, respublikamiz byudjetiga oid faoliyatni axborot bilan
ta’minlab,quyidagi ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
respublika byudjeti (RB) xarajatlarini shakllantirish;
respublika byudjeti xarajatlarini aniqlash;
respublika byudjeti bo'yicha rejalashtirish va indeksatsiyani aniqlash;
pul mablag'lari bilan moliyalashtirish;
maqsadli moliyalashtirish sxemalari bo'yicha hisob olib borish;
respublika byudjeti g'azna va haqiqiv xarajatlarini hisoblash;
mahalliy byudjet tushumlarini hisoblash;
respublika byudjeti xarajatlarini aniqlash va bashorat qilish;
byudjet tashkilotlari o'rtasida qisqa muddatli sudalar, subvensivalar va o'zaro
hisob- kitoblarni amalga oshirish.
Global integrirlashgan axborot-analitik tizimi yordamida har kuni respublikarniz Moliya vazirligiga 214 ta tijorat banklaridan, valuta birjasidan,
Markaziy bankdan axborot uzatilib, Moliya vazirligidan esa bu tashkilotlarga qayta ishlangan axborot va ma'lumotlar yuboriladi. Bundan ko'rinib turibdiki, republikamiz
moliya tizimi yagona iqtisodiy axborot tizimini qurishga har tomonlama tayyor turibdi.
1997-yiIdan boshlab mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi yagona iqtisodiy axborot tizimi sohasidagi ishlarni boshlab yuborgan,
Respublikamiz aholisini nafaqa bilan ta’minlashda ma’lumotlar bazasi
shakllantirilgan,nafaqalar hajmini hisoblash va ularning indeksatsiyasi to'lov hujjatlari shakllari bir me’yorga keltirilgan.
Respublikamizdagi barcha tijorat banklari Markaziy bankning axborot markazi bilan bank telekommunikatsion tarmog'i orqali ulangan. Markaziy bank tomonidan bank axborotini uzatish tarmog'i yaratilgan bo'lib, u raqamli va kommutatsiya paketlari tarmoqlari majmuasidan iborat. Ushbu telekommunikatsiya tarmog'i Toshkent shahrida 1996-yildan beri samarali faoliyat ko'rsatib kelyapti. Tarmoq yordamida tijorat banklarining barcha filiallaridan Markaziy bankning bosh axborotlashtirish markaziga 64 Kbit/s tezlikda ma’lumotlar uzatilib, tizim raqamli optik tolali va radioreleli aloqa tarmoqlari yordamida faoliyat yuritadi.