Toyloq tuman xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 54-umumiy o`rta ta`lim maktabida ta`lim sifatini o`rganish yuzasidan ma`lumotnoma



Yüklə 17,63 Kb.
tarix10.03.2022
ölçüsü17,63 Kb.
#53556
54-maktab ma`lumotnoma


Toyloq tuman xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 54-umumiy o`rta ta`lim maktabida ta`lim sifatini o`rganish yuzasidan

MA`LUMOTNOMA

Umumta`lim maktab direktori Mo’minova Lobar Rabbimqulovna 2018-yil aprel oyidan buyon maktab direktori.

1.Pedagodlarning darslarga tayyorgarlik holati hamda darslarni multimediali vositalar va ko`rgazmali qurollardan foydalanga holda dars o`tilish holati.

Maktabda jami 27 nafar pedagog faoliyat yuritadi hamma fan o`qituvchilri to`liq darslarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil qilib bormoqda. Maktabdagi o`qituvchilarning hammasi multimediali vositalardan foydalaniladi dars jarayonida.

2. Maktabdagi o`qituvchi va o`quvchilarning darslik va o`quv qurollari bilan ta`minlanish holati va ularning bilimini baholash.

Ta`lim muasssasida faoliyat yuritayotgan fan o`qituvchilariga maktab kutubxonachisi tomonidan to`liq ilmiy kitiblar berilgan. Bundan tashqari maktabdagi 245 nafar o`quvchilarning hammasi to`liq darsliklar bilan ta`minlangan.

3. 2021-yilda e`lon qilingan Milliy reyting natijalari past natija ko`rsatgan maktablar (qizil, sariq va och sariq) maktablarni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi.Belgilangan chora-tadbirlarni sifati va natijadorligi.

Ta`lim muassasasi 2021-yil milliy reytingda tumanda 18 o`rinda turibdi. Milliy reyting bo`yicha maktab o`qituvchilari o`rtasida seminarlar tashkil qilingan.

4. Maktablarda AKTdan samarali foydalanish va yaratilgan shart-sharoitlar.

Maktabda kompyuter xonasi mavjud. Kompyuterlar yo’q.

5. Maktablarni internet bilan ta`minlanish, kompyuterlar bilan ta`minlanish holati va maktabda tashkil qilingan AKTdan foydalanish holati va grafigi.

Maktab lokal internet tarmog`iga ulangan bo`lib. Har bir sinf xonasigacha yetib borgan.

6. Maktab bo`yicha statislik ma`lumotlar (maktab pasporti).

Maktab 2006-yilda loyiha asosida qurilgan. Maktab quvvati 270 o`rinli. Hozirgi kunda 245 nafar o`quvchi ikki navbatda tahsil oladi.

7. Maktabda o`quvchilar soni, pedagog kadrlar soni ularning sifat tarkibi toifasi va kadrlarga ehtiyoj. (Tarifikatsiya)

Maktabda jami 245 nafar o`quvchi ikki navbatda tahsil olmoqda. Shulardan 210 nafari qiz bolalar sanaladi. Ta`lim muassasasida 27 nafar pedagog faoliyat yuritadi. Shundan 4 nafari 1-toifali, 4 nafari 2-toifali va 19 nafari mutaxassis o`qituvchilardir.

8. Maktabdagi lobaratoriya va yordamchi xonalarning jihozlanishi va ulardan sifatli foydalanish holati (xonalarning tozaligi va reaktivlarning holati).

Maktabda kimyo fizika fanlari uchun alogida laboratoriya xonalari mavjud bo`lib bugungi kunda zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Xonalarning tozaligi yaxshi.



9. Ta`lim-tarbiya sohasini takomillashtirish va ilm-fan sohasini rivojlantirish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ning ijrosi.

Maktabda “Ta`lim-tarbiya tizimini takomillshtirish va ilm-fan sohasini rivojlantirish bo`yicha” Yo`l xaritasi tuzilgan bo`lib ushbu yo`l xaritaning bandlari bo`yicha ishlr malga oshirib kelingan.

10. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ 4884-sonli “Ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosi.

Ta`lim muassasasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ 4884-sonli “Ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

11. Oliy ta`lim muassasasi va hududiy malaka oshirish instutlari bilan bira amalga oshirilgan ishlar, seminarlar va o`quvlar ijrosi.

Maktabda Oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samarqand Davlat universiteti bilan hamkorlikdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

12. 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo`yicha malga oshirilgan ishlar va ularning natijalari.

Maktabda “Besh tashabbus” doirasida ishlar amalga oshirilgan bo`lib har bir tashabbus bo`yicha alohida chora-tadbirlar rejasi va to`garaklar tashkil qilingan. Hozirgi kunda ushbu besh tashabbus doirasida maktabda 245 nafar o`quvchi to`garaklariga ishtirok etmoqda.

13. Kitobxonlikka qiziqtirish bo`yicha qilingan chora-tadbirlar rejasi va amalga oshirilgan ishlar tahlili.

Maktab o`quvchilarini kitobxonlikka qiziqtirish bo`yicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Reja asosida har oyda maktabda kitob taqdimotlari o`tkazildi. Kitob marafonlari ham tashkil qilinmoqda.

14. IT-tanlovi bo`yicha bajarilgan ishlar va natijasi.

Maktab o`quvchilari o`rtasida IT tanlovlari o`tkazilib turilmoqda.

15. Sport va san`at to`garaklari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar va amalga oshirilgan ishlar to`g`risida.

Maktabda sport va san`at to`garaklari faoliyat yuritadi. Ushbu to`garaklarga nafaqat maktab o`quvchilari balki uyushmagan yoshlar ham ishtirok etmoqdalar.



16.Mahalliy hokimlik tomonidan ajratilgan mablag`lar, deputatlar, homiylar va mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko`rsatilgan moddiy va uslubiy yordam.

Maktabning joriy ta`miri uchun mahalliy byudjetdan mablag`alar ajratildi va maktab 2021-2022 o’quv yiliga tayyorlandi.
Yüklə 17,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin