TRANSFERT BAHONI XARAJATLAR VA QIYMAT YONDASHUVLARI
O’zgaruvchan xarajatlar asosida korxona ichidagi topshiruvlar paytidagi baho usuli to’liq tannarx asosidagi usuldan korxona zahiralaridan yanada samaraliroq foydalanishni ta’minlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

Transfert baho siyosati masalasi bo’yicha moliyachi va marketologlar o’rtasida uni shakllantirishga nisbatan ikki muqobil yondashuv – xarajatlar va qiymat yondashuvlari sohasida bahs-munozara kelib chiqadi.
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan yondashuvlar:
T/r
Xarajatlar asosida yondashuv
Qiymat yondashuv
1
Mahsulot
Xaridorlar
2
Texnologiya
Qiymatliklar
3
Xarajatlar
Baho
4
Baho
Xarajatlar
5
Qiymatliklar
Texnologiya
6
Xaridorlar
Mahsulot
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi eng sinalgan va ishonchli yondashuvdir. Uning asosida real kategoriya yotadi, bu – mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishga va sotishga sarflangan haqiqiy xarajatlar kategoriyasi orqali ifodalanadi hamda buxgalteriyada dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.