Transformatorlarni vazifalari va qo'llanilish sohalari reja: Transformatorlarni vazifalari elektr energiyasi iste’molchilari toifalari



Yüklə 331,19 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü331,19 Kb.
#100469
TRANSFORMATORLARNI VAZIFALARI VA QO\'LLANILISH SOHALARI

TRANSFORMATORLARNI VAZIFALARI VA QO'LLANILISH SOHALARI Reja: 1. Transformatorlarni vazifalari 2. elektr energiyasi iste’molchilari toifalari


Transformatorlarni vazifalari va qo`llanilish sohalari.
O`zgaruvchan tok kuchlanishini chastotasini o`zgartirmay uning miqdorini orttiruvchi statik elektromagnit apparat, yoki kuchlanish miqdorini orttirib yoki kamaytirib beradigan elektroinduktsion statik apparat–transformator deyiladi. Elektr energiyasi, elektrostantsiya generatorlaridan iste’molchilarga uzatiladi;
iste’molchilar esa ko`pincha stantsiyadan uzoq masofalarda joylashgan bo`ladi.
Energiya isroflarini kamaytirish va simlarning og’irligini kamaytirish maqsadida generatorlardagi kuchlanish miqdorlarinini bir necha o`n yoki yuz marotaba katta bo`lgan elektr uzatish kuchlanishigacha ko`tarish kerak bo`ladi. Transformatorlardan juda ko`p maqsadlarda foydalaniladi. Transformator berk po`lat o`zak – magnit o`tkazgichdan tuzilgan bo`lib, bu magnit o`tkazgichga o`zaro elektr kontaktga ega bo`lmagan ikki yoki bir necha chulg’am o`ramlari joylashtirilgan bo` ladi. Magnit o`tkazgichning chulg’amlari joylashgan qismi o`zak–deb ataladi. Elektr energiyasi manbaaadan kelib kiradigan chulg’am– birlamchi chulg’am deb, energiya iste’molchisi ulanadigan boshqa chulg’am ikkilamchi chulg’am deb ataladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sanoat korxonalari va xalq xo`jalik iste’molchilarini elektr ta`minoti markazlashtirilgan davlat energetika tizimidan amalga oshiriladi.
Elektr ta`minoti sxemasi bilan tanishib chiqamiz: energotizimni 500 kV li, 380 kV li, 220 kV li, 110 kV li yuqori kuchlanishli tarmog’idan 35 kV li nimstantsiya orqali 35 kV li ta`minlash liniyasi ketadi. Ularga 35/6…10 kV li rayon nimstantsiyalari ulanadi, ulardan esa 6…10 kV li taqsimlovchi liniyalar ketadi. Bu liniyalarga 6…10/0,4 kV li pasaytiruvchi nimstan- siyalar ulanadi. Qoida bo`yicha bunday nimstantsiyalar iste’molchilarga yaqin joylarga o`r natiladi. Ulardan esa 380/220 V li past kuchlanishli tarmoq orqali tarqatiladi. Iste’molchi larni elektr energiya bilan ta`minlash uchun manbaalari va uni sxemasi quyidagi keltirilgan.
Iste’molchilarni energotizimdagi manbaaalirini ko`rinishi.
Iste’molchilarni energotizimdagi ta`minot sxemasini ko`rinishi.
Barcha elektr energiyasi iste’molchilari 3 toifaga bo`linadilar.
Birinchi toifa iste`-molchilarini elektr ta`minotida uzilishlarga yo`l qo`yilmaydi. Shuning uchun ular ikki mus taqil yuqori kuchlanishli tarmoqqalangan ikkita transformatorlar nim stantsiyalaridan energiya bilan ta`minlanadilar. Bu toifaga kiruvchi iste’molchilarga quyidagilar kiradi: metal lurgiya va avtomobil zavodlari, chorvachilik komplekslari, parranda fabrikalari, issiqxona lar, don quritish komplekslari .
Ikkinchi toifa iste’molchilariga elektr ta`minotida uzilishlar 3,5 soatdan oshmasligi kerak, aks holda texnologik jarayon buzilishi mumkin va bu holat maxsulotlarni buzilishi-ga olib keladi. Bu toifaga kiruvchi iste’molchilarga elektrlashtirilgan sut sog’ish qurilma-lari, uncha katta bo`lmagan teplitsa va parnik xo`jaliklari, konserva zavodlari mavjud bo`lgan fermer xo`jaliklari va sh.o`. kiradi.
Uchinchi toifaga iste’molchilarining 1 va 2 toifaga mansub bo`lmagan iste’molchilar kiradi. Ammo iste’molchilarda elektr ta`minotidagi uzilishlar bir sutkadan ortmasligi kerak.
Yelektr energiyani elektrostansiyadan uzoqda joylashgan iste’molchilarga uzatishda tarmoq ishlaridagi isroflar xamda elektr uzatish tarmoqlari qurilishiga ketadigan xarajatlarni kamaytirish uchun kuchlanish bir necha yuz ming voltga oshiriladi.
Iste’mol qilinadigan joy ( axoli yashash joylar, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari)larda esa yuqori kuchlanish iste’molchilar kuchlanishi (380,220,127 V) ga qadar pasaytiriladi.
Kuchlanish transformatorlar ѐrdamida kuchaytiriladi va pasaytiriladi. Oddiy bir fazali transformator (1-rasm) elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘ilgan o‘zakdan iborat bo‘lib unga bir-biridan va o‘zakdan izolyasiyalangan ikkita chulg‘am o‘ralgan.
Tok manbaiga ulangan 1-cho‘lg‘am birlamchi,iste’molchiga ulangan chulg‘am ikkilamchi deb ataladi.
Transformatorni ishlash prinsipi elektromagnit induksiyasi xodisasiga asoslangan. Birlamchi cho‘lg‘amdan o‘zgaruvchan tok oqganda uzakda o‘zgaruvchan magnit oqimi F xosil bo‘lib ikkala chulg‘amlarni kesib o‘tadi va ularda EYUK lar (o‘z induksiya Ye1 va o‘zaroinduksiya Yerni induksiyalaydi.Ma’lum chastota va o‘zgarmas magnit oqimida EYUK qiymatlari xar bir chulg‘amda ularni chulg‘amlar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Birlamchi chulg‘amdagi EYUK ni ikkilamchi chulg‘amdagi EYUKka nisbati ular chulg‘amlari soni nisbatiga teng bo‘lib transformasiyalashkoeffisiyenti deb ataladi:
Yüklə 331,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin