Donorlik — bu sharafli ish. Donor esa, aksari hollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolish uchun ham yashashini doimo yodda tutadigan insondir.
Donorlik qilishga axd qilgan inson ma’suliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Kechagina u faqat o‘z sog‘lig‘i uchun javob berardi, bugun esa — boshqalarni ham xol-ahvolidan xabardor bo‘ladi. Endi uning xayotida ilgari noma’lum bo‘lgan ma’no paydo bo‘ldi, ya’ni falokatga uchraganlarga salomatlik ulashish va yangi qondoshlar orttirish aka-uka, opa-singil, farzand….
Donor o‘nlab insonlarga umid va salomatlik ulashadi. Shu sababli donor uning qoni quyiladigan bemorlar orasida ko‘pgina bolalar va xomilador ayollar borligini unutmasligi kerak.
Agarda siz donorlik qilishga axd qilgan bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizni boshqalar uchun saqlashni o‘rganishingiz lozim.
Donorni sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimlik ichishdan, tamaki chekishdan imkon qadar o‘zini tiyishi, qon topshirish oralig‘ini saqlashdan iborat.
Muhimi, donorlik donorga ham bemorga ham ziyon keltirmasligi kerak. Agarda shifokor qaysi bir sabablarga ko‘ra sizga qon topshirishga ruxsat bermasa, uning maslahatiga amal qiling.
Donorlikdan batamom voz kechgandan ko‘ra, bir marotaba qon topshirmagan ma’qul. Agarda sizda biror bir savol tug‘ilgan bo‘lsa, qon quyish markazi xodimlari bilan maslahatlashing.
Donorlikni qonun-qoidalariga rioya qilsangiz o‘zingizning sog‘lig‘ingiz uchun foydali bo‘ladi va uzoq yillar davomida sizni turmush tarzingizga aylanishi mumkin. Siz donor ekansiz, demak siz — sog‘lom insondirsiz.
Agar siz sog‘lom bo‘lib, donor bo‘lmasangiz, bu anglashilmovchilikni tezda, bir daqiqa ham kechiktirmay bartaraf etishingiz mumkin.
Donorlik sizga o‘zgalar hayotini saqlab qolganingiz uchun quvonch va faxr tuyg‘usini bersin!
Dostları ilə paylaş: |