Tibbiy tahlillar bepul o‘tkaziladi (umumiy qon tahlili, jigar ko‘rsatkichlari, qon guruhini va rezus omilini aniqlash, OIV/OITS, gepatit «B» va «C», brutsellez, zahm kasalligini aniqlaydigan RW);
Qon quyish markazida yuqori toifali shifokorlar ko‘rigi va ikki kunlik ish haqi saqlangan holda dam olishi uchun qon topshirganligi haqida ma’lumotnoma beriladi (qon topshirgan kuni va donor xohlagan boshqa bir kun).