13
namunaviy shartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, sug‘urtalash
masalalarini hal qilish, informatsiya bilan almashinishning
elektron vositalarini
joriy qilish yo‘li bilan oshirish;
· ekspeditor kadrlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga ko‘maklashish.
FIATA doirasida aralash (multimodal) tashish konosamenti, omborxona
tilxati, yukning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikat, transport sertifikati kabi
hujjatlar ishlab chiqilgan va keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, milliy ekspeditorlar
tomonidan o‘zlarining ekspeditsion shartlari ishlab
chiqilishi uchun namuna
sifatida ekspeditsion shartlarning loyihasi qabul qilingan. qorida sanab o‘tilgan
hujjatlar dunyo amaliyotida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, yuqori mavqega ega
va ishchi doiralar tomonidan ekspeditorning yuqori ishonchliligi va
professionalizmining isboti sifatida e’tirof etilgan.
Tashkiliy tuzilish jihatidan FIATA uchta institut (multimodal tashishlar,
havo orqali tashishlar va bojxona ishi), shuningdek huquqiy masalalar,
jamoatchilik bilan aloqalar,
xavfli yuklarni tashish, kasbiy tayyorgarlik, dengiz
orqali tashish, temir yo‘l transporti bilan tashish, avtomobillarda tashish va
bojxona masalalari bo‘yicha qo‘mitalar (komitetlar) va ishchi guruhlaridan tarkib
topgan. Syurixda joylashgan direksiya FIATA ning doimiy ishchi organi bo‘lib
hisoblanadi.
Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining asosiy maqsadi o‘zining
a’zolariga ekspeditorlik funksiyalarini bajarish uchun qulay sharoitlarni
yaratish va
o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish asosida foyda olish bo‘lib hisoblanadi.
Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga
qaratiladi:
· ekspeditorlarni yagona milliy ekspeditorlik assotsiatsiyasiga birlashtirish, bu
assotsiatsiyaning o‘zining normal faoliyat ko‘rsatishi va ekspeditorlarning
ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi
uchun zaruriy shart bo‘lib hisoblanadi;
· ichki bozorda rossiyalik ekspeditorlarning manfaatlarini
himoya qilish va bu
manfaatlarni davlat hokimiyati organlarida taqdim qilish ishlari;
14
· tashqi bozorda ekspeditorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
Dostları ilə paylaş: