55
shuningdek yuk jo‘natuvchining kuzatuvchilari hamrohlik qilmaydigan uy-
ro‘zg‘or buyumlari kabi bunday yuklarni jo‘natishda ularning bahosini e’lon
qilishi shart. Bahosi e’lon qilingan yuklarni tashish yollash ,yoki tariflarning
oshirilgan stavkalari bo‘yicha yoki maxsus to‘lovni qo‘shimcha ravishda to‘lash
bilan amalga oshiriladi. Bunda bahosi e’lon qilingan yuk yo‘qolganda tashuvchi
yukning egasiga e’lon qilingan bahoga mos keladigan, biroq uning amaldagi
qiymatidan oshiq bo‘lmagan summani to‘laydi.
“Temir yo`llar texnik shartlari”ning 23-moddasiga muvofiq yukning e’lon
qilingan bahosining summaasi yuk jo‘natuvchi
tomonidan nakladnoyning
“Yukning e’lon qilingan bahosi” grafasida jo‘natish mamlakatining valyutasida
yoki tarif valyutasida ko‘rsatilishi lozim, u mazkur yukning xorijiy etkazib
beruvchining schetida ko‘rsatilgan bahodan yoki davlat bahosidan oshiq
bo‘lmasligi lozim. Yukni jo‘natadigan temir yo‘l stansiyasi yukni tashish uchun
qabul qilib olish paytida yukning e’lon qilingan bahosi uning qiymatiga mos
kelish-kelmasligini tekshirib ko‘rish huquqiga ega. Agar temir yo‘l ma’muriyati
bilan jo‘natuvchi o‘rtasida e’lon qilingan bahoning qiymati bo‘yicha
kelishmovchiliklar
kelib chiqsa, bu kelishmovchilik jo‘natish stansiyasining
boshlig‘i tomonidan hal qilinadi. Yuk jo‘natuvchi stansiya boshlig‘ining qaroriga
rozi bo‘lmagan taqdirda, yuk jo‘natuvchi o‘zining hisobidan davlat savdo yoki
sanoat organlaridan ekspert taklif qilish huquqiga ega. Ekspertning xulosasi har
ikkala tomon uchun majburiy bo‘lib hisoblanadi.
Uyilgan holda, to‘kma holda, quyilgan holda tashiladigan, shuningdek tez
buziladigan va xavfli yuklarning bahosi e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek bitta tovar-transport nakladnoyi bo‘yicha
tashiladigan yukning bir
qismining bahosi e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilingan baho yukning
haqiqiy qiymatidan oshmasligi lozim. Avtotransport korxonasi bilan yuk
jo‘natuvchi (yukni qabul qilib oluvchi) o‘rtasida yukning bahosi bo‘yicha
kelishmovchiliklar kelib chiqqanda yukning bahosi ekspertiza tomonidan
aniqlanadi, bunda mos keluvchi dalolatnoma tuziladi.
Bahosi e’lon qilingan yukni tashish uchun taqdim qilishda yuk jo‘natuvchi
belgilangan formada uch nusxada yuk o‘rinlarining ro‘yxatini tuzishi shart, ular
56
avtotransport korxonasiga beriladi. Ro‘yxat tekshirib ko‘rilgandan keyin uning bir
nusxasi yuk jo‘natuvchiga
qaytarib beriladi, ikkinchisi avtotransport korxonasida
qoladi, uchinchisi esa yukni topshirish paytida yukni qabul qilib oluvchiga
topshiriladi. Uyilgan holda, to‘kma holda, quyilgan holda va konteynerlarda
tashiladigan yuklarni yuk jo‘natuvchi tashish uchun topshirayotganda va
avtotransport korxonasi mazkur yuklarni tashish uchun qabul qilib olayotganda
mazkur yuklarning og‘irligi aniqlangan va
tovar-transport nakladnoyida
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: