50
Mevalarni tashish uchun temperaturani +1° dan +12° S gacha, pishloqni
tashish uchun +2
o
dan +5° S gacha, muzlatilgan go‘shtni tashish uchun -9° dan -18°
S gacha, baliqni tashish uchun -18° dan -25° S gacha
oraliqda ushlab turish talab
qilinadi (-18° S va undan ham pastroq temperaturani talab qiladigan yuklar
“chuqur muzlatishni talab qiladigan yuklar” deb ataladi). Bir qator bunday yuklar
tashish uchun oldindan yaxlatilgan yoki muzlatilgan holatda taqdim qilinadi.
Refrijerator vagonlar katta tezlik rejimida butun boshli poezd bo‘lib (21
yoki 23 ta vagon), yoki 5-12 ta vagondan tarkib topgan
mexseksiyalar bilan yoki
avtoamtik rejimda ishlash bilan avtonom ravishda (xuddi konteynerlar kabi)
harakatlanadi.
Refrijeratorli flot, qoidaga ko‘ra, shartnomalar asosida - kema egalari,
portlar va yuk egalari tomonidan mevalar, bananlar,
ananaslarni etkazib berishda
mavsum yoki chorak (kvartal) uchun, baliqni jo‘natishda baliq ovi mavsumi
uchun, go‘shtni jo‘natishda – mollarni so‘yish mavsumi uchun
muvofiqlashtiriladigan maxsus jadval bo‘yicha ishlaydi.
Bunday yuklarni tashish
uzoq davom etmaydi. Temperatura o‘zgarishlariga ko‘proq barqaror bo‘lgan
tovarlarni (sitrus mevalar) tashish esa odatdagi transport vositalari bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: