49
kemani yollovchilar to‘shash va separatsiyalash uchun zarur bo‘ladigan
to‘shamalarni taqdim qilish, kema egalari esa – reys davomida to‘kma holdagi
yukning ko‘chishining oldini olish maqsadida kema tryumlariga ko‘ndalang va
bo‘ylama yog‘och to‘siqlar o‘rnatish majburiyatini oladilar.
Don
mahsulotlari, moyli va dukkakli ekinlarning urug‘lari faqatgina
jo‘natuvchi tomonidan Davlat Don Inspeksiyasining (GXI) sertifikati yoki sifatga
muvofiqlik sertifikati taqdim qilingandan keyin tashish uchun qabul qilinadi.
Davlat Don Inspeksiyasi organlari 16% dan yuqori namlikka ega bo‘lgan donni
odatdan tashqari sharoitlarda tashishga ruxsat berishi mumkin.
Portlarda don
mahsulotlarini qayta yuklash paytida Davlat Don Inspeksiyasining vakillari bo‘sh
vagonlar va kemalarni inspeksiyalashni amalga oshiradi. Ularni yuklash faqatgina
yuk jo‘natuvchilar tashuvchilarga Davlat Don Inspeksiyasining
mos keluvchi
ruxsatnomalarini taqdim qilgandan keyin boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: