partiyalari (LCL) bilan to‘ldiriladi, yig‘ma konteyner belgilangan manzil
punktidagi CFS konteyner yuk stansiyasiga tashib keltiriladi, ochiladi va
keyinchalik LCL yuk har bir qabul qilib oluvchiga etkazib beriladi.
Tashishning bunday variantida yuk egasi to‘liq konteynerni, biroq uni
jo‘natish terminalida joylashgan CFS da ochish, keyinchalik yukni etkazib berish
manzilining terminallari bo‘yicha to‘liq konteynerlarga guruhlashtirish bilan
kichik partiyalar bilan jo‘natish sharti bilan yoki etkazib berilgan konteynerni
belgilangan manzilning CFS terminalida ochish va yukning kichik partiyalarini
konkret qabul qilib oluvchilarga tarqatish sharti bilan jo‘natishi mumkin.
128
Agentlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
Tashishlarning konteynerlanishi agentlik xizmatlari ko‘rsatishning
konsentratsiyalanishiga olib kelgan. Agentlik xizmatlari ko‘rsatishning asosiy
maqsadi terminallarda konteynerlarning ommaviy oqimiga tezkorlik bilan, sifatli
ishlov berishni ta’minlash va ularni yuk jo‘natuvchining omborxonasidan yukni
qabul qilib oluvchining omborxonasiga qarab harakatlantirishdan iborat. Agent
terminallarda va ichki depolarda konteynerlar va asbob-uskunalarning minglab
birliklariga tezkorlik bilan sifatli ishlov berish, jo‘natuvchining omborxonasidan
qabul qilib oluvchining omborxonasiga territoriya bo‘ylab harakatlantirish, har bir
alohida jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun taqdim qilinadigan yuklarning
hajmlariga muvofiq jo‘natuvchilarni bo‘sh konteynerlar bilan ta’minlash, ijaradagi
konteynerlarni bo‘shagandan keyin o‘z vaqtida topshirish, yirik mijozlarning yuk
partiyalari shakllanadigan omborxonalarida konteynerlarning doimiy zahirasini
ushlab turish uchun barcha asosiy va yordamchi operatsiyalarni aniq tashkil
qilishni zimmasiga olishi lozim bo‘ladi.
Agent transport vositasidan (kema, temir yo‘l terminali va hokazolar) ko‘p
sonli uchinchi shaxslarga (stividorlik kompaniyalari, avtotransport kompaniyalari,
temir yo‘l kompaniyalari, konteyner depolari, ta’mirlash ustaxonalari va
boshqalar) asbob-uskunalarning har bir birligini qabul qilish-topshirishni
(interchange) ta’minlaydi. Asbob-uskunalarni uzatish fakti qabul qilish-topshirish
tilxati EIR (equipmentinterchangereceipt) bilan, asosiy nosozliklarni kodlashtirish
bilan ("D" - o‘yiq, "S" - qirqim, "N" - teshik, "RS" – korroziya bilan qoplangan va
boshqalar) rasmiylashtiriladi. Agent o‘zining mutaxassislarining kuchlari bilan,
ko‘chma ustaxonalardan foydalanish orqali operativ kichik joriy ta’mirlashni va
ixtisoslashtirilgan korxonalarda kapital (mukammal) ta’mirlashni ta’minlaydi.
Konteynerlarni yacheykali kemalarga yuklashda dengiz agenti stividorlarning
ishini elektron-hisoblash texnikasidan foydalanish bilan tashkil qiladi, uning
yordamida konkret konteynerni tryumning yacheykasiga kemaning suzish vositasi
sifatida barqarorligini ta’minlash maqsadida konteynerning og‘irligiga bog‘liq
ravishda joylashtirish ketma-ketligi aniqlanadi.
129
Agentlik xizmatlari ko‘rsatishning markazlashuvi shu bilan ifodalanadiki,
mamlakatda, hatto regionda xizmat ko‘rsatish bitta agentlik firmasiga topshiriladi,
agar alohida port bo‘yicha konsorsiumda agentlar bir nechta bo‘lsa (har bir
mijozda o‘zining agenti), u holda ularga rahbarlik qilish bitta markazdan turib
amalga oshiriladi, konteynerlarni jo‘natish esa "slot-charter" tizimi bo‘yicha
amalga oshiriladi. Unga joylardagi agentlardan alohida terminallar bo‘yicha ham,
umuman xizmat ko‘rsatishning barcha sxemasi bo‘yicha ham o‘zining va transport
korxonasi yoki tashkiloti tomonidan ijaraga olingan konteyner va roll-treyler
asbob-uskunalarining holati to‘g‘risidagi informatsiya kelib tushadi. U tashuvchiga
tavsiyalarni ishlab chiqadi va uning echimlaridan boshqa barcha agentlarning
foydalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi, asbob-uskunalarni ijaraga olish va
ijaradan qaytarish, shuningdek asbob-uskunalarning ijarasi bo‘yicha hisob-kitob
ishlarini amalga oshiradi.
Bunday agentdan keladigan, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilishni
kuzatib borish va nazorat qilish to‘g‘risida rasmiylashtirgan kelishuvlarga muvofiq
tuzilgan hisobotlar turli ma’lumotlardan tarkib topadi. Bu hisobot tashuvchiga
liniyadagi asbob-uskunalarning holati to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish,
har bir transport punktida (portda) asbob-uskunalarning konsentratsiyasini
aniqlash, asbob-uskunalarning borligi va ularga bo‘lgan ehtiyojni
prognozlashtirish, turli punktlar va regionlarda asbob-uskunalarning vujudga
kelishi mumkin bo‘lgan disbalansini prognozlashtirish, nosoz asbob-uskunalarning
borligi to‘g‘risidagi informatsiyaga ega bo‘lish imkonini beradi.
Bularning barchasi tashuvchiga zarur bo‘lgan hollarda vujudga kelgan
ahvolni tuzatish bo‘yicha operativ choralar ko‘rish, xususan, asbob-uskunalarning
etishmayotgan tiplarini qo‘shimcha ravishda ijaraga olish, oshiqcha asbob-
uskunalarni subijaraga berish, boshqa operatorlar bilan asbob-uskunalarni o‘zaro
almashinish, bo‘sh asbob-uskunalarni asbob-uskunalarning etishmasligi
kuzatilayotgan punktlarga etkazib berish, asbob-uskunalarni o‘z joyida
ta’mirlashni tashkil qilish yoki nosoz asbob-uskunalarni bazaviy punktga etkazish,
asbob-uskunalarning katta miqdorda oshiqchaligi bazasida yangi liniyalarni
yaratish to‘risidagi masalarni hal qilish imkonini beradi.
130
Agent o‘zining nazorati ostida bo‘lgan asbob-uskunalar parkining qoniqarli
texnik holatini ta’minlashga majburdir. Asbob-uskunalar har doim xavfsiz va hir
xil yuklar uchun foydalanishga tayyor bo‘lishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida agent
asbob-uskunalarni tozalash, yuvish, dezinfeksiyalash, fumigatsiyalashni
(fumigatsiyalash – maxsus mashinalar – fumigatorlar yordamida zaharli bug‘lar,
gazlar va aerozollar bilan zararkunandalar, kasallik chaqiruvchi mikroblarni qirish
– izoh tarjimonniki), shassilarni moylashni, skatlar, gabarit chiroqlar, tormozlash
qurilmasini ta’mirlash va almashtirishni, konteynerlar, treylerlar va boshqa asbob-
uskunalarning konstruktiv shikastlanishlarini ta’mirlashni tashkil qiladi. Bularning
barchasi asbob-uskunalarni tegishlicha ekspluatatsion holatda saqlab turish va
bundan tashqari avtoinspeksiyadan shassi va treylerlarni port hududidan tashqariga
chiqarish, daryo inspeksiyasidan esa – lixterlarni reysga chiqarish uchun
ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘ladi.
Asbob-uskunalarning buzilishiga sababchi bo‘lgan shaxsni aniqlash
agentlarning o‘ta muhim funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun
asbob-uskunalarning maqomining (statusining) har qanday o‘zgarishi ( port,
konteyner deposi territoriyasidan tashqariga olib chiqilishi, terminalga qabul
qilinishi va hokazolar) qabul qilish-topshirish tilxati bilan rasmiylashtiriladi.
Mazkur hujjatlarni solishtirish bilan agent asbob-uskunalarning buzilishida aybdor
bo‘lgan tomonni, shikastlanganlik darajasini aniqlashi mumkin bo‘ladi, shundan
keyin aybdor tomonga zaruriy ta’mirlashga haq to‘lash uchun schet taqdim
qilinadi.
Mijozlarga asbob-uskunalarni buzganlik uchun schetlar yozishni kompyuter
amalga oshiradi, unga uchinchi shaxslardan asbob-uskunalarni buzganlik uchun
zararni undirish bo‘yicha maxsus dastur kiritilgan (thirdpartyrecoveryprogram).
Summaning qaytarilishi kema egasining zararlarini qisman kompensatsiyalaydi.
Bundan tashqari, agentlar tomonidan asbob-uskunalarni buzganlik uchun taqdim
qilinadigan schetlar mijozlarni tartib-intizomga chaqiradigan, konteynerlar,
lixterlar, treylerlar va hokazolarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga
majbur qiladigan muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
131
Konteyner parkining operatorlari asbob-usunalarni ta’mirlashga ketadigan
xarajatlar darajasini pasaytirish uchun turlicha chora-tadbirlarni ko‘radilar. Asbob-
uskunalarning texnik holatining yagona standartining ishlab chiqilishi ana
shulardan biri bo‘lib hisoblanadi. Konteynerlarni ijaraga beruvchilarning Xalqaro
instituti asbob-uskunalarning texnik holati standartlarini davriy ravishda nashr
qiladi. Bu hujjatlar konteynerlarning mumkin bo‘lgan barcha shikastlanishlarining
batafsil tasvirlanishlarini o‘z ichiga oladi. Normal edirilish deb hisoblanadigan va
ta’mirlashga tortilmaydigan shikastlanishlar alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Yuklarni konteynerlarda tashishda ta’riflarning ba’zi bir o‘ziga xosliklari
mavjud. Konteyner yuk egasiga, qoidaga ko‘ra, tekinga taqdim qilinadi, terminalda
ham tekinga - biroq faqatgina 5 ish kuni mobaynida tekinga saqlanadi, so‘ngra olib
chiqib ketilmagan har bir kun uchun jarima hisoblanadi. Mijozlarning yuklash yoki
tushirish paytida konteynerlarni ushlab qolishi qattiq jazolanadi – ularga nisbatan
progressiv shkala bo‘yicha (ushlab qolish vaqti bo‘yicha) jarima sanksiyalari
qo‘llaniladi. Bir qator transport tariflari 20 sutkadan oshiq ushlab qolishni
konteynerning halokatga uchrashi deya klassifikatsiyalaydi va aybdor tomondan
uning to‘livq yoki ko‘p martaga oshirilgan bahosini undirib olishni ko‘zda tutadi.
Konteynerlashtirishyuklarni tashish tariflarini sezilarli darajada
soddalashtiradi. Ko‘pgina quruqlikdagi tashishlarda (xususan, avtomobilllarda
tashishlarda), dengiz orqali tonnajga talab past bo‘lgan yo‘nalishlarda tashishda
unga yuklangan yukning klassidan qat’iy nazar, 20 yoki 40 futli konteynerni
etkazib berishning akkord stavkalaridan foydalaniladi. Oshirilgan talabga ega
bo‘lgan yo‘nalishlarda yuklarning konteynerli partiyalari uchun yiriklashtirilgan
tovar klassifikatsiyasi qo‘llaniladi. Monopollashtirilgan yo‘nalishlarda bunday
stavkalar konkret yuk bilan tonnalarda konteynerni minimal yuklash hajmlari bilan
kelishiladi, bunda konteynerga joylashtirilgan yukning amaldagi og‘irligiga
muvofiq me’yordan kam yuklaganlik uchun haq undirish va oshiqcha, ya’ni
minimumdan ortiq yuklaganda tashish to‘lovini tarifikatsiyalash ko‘zda tutidadi.
Bo‘sh konteynerlarni orqaga qaytarish yoki tekinga, yoki pasaytirilgan tarif
bo‘yicha (yuk bilan borishdagi tovar stavkasining 50% i) amalga oshiriladi.
|