6. Yuk oqimlari Biron bir iqtisodiy hududdagi yuk tashish hajmi va yuk oborotini tashish turkumlari bilan, asosiy yuk hosil etuvchi va qabul qiluvchi punktlar joylashuvi, ular o'rtasidagi ishlab chiqarish (xo'jalik-iqtisodiy) aloqalarni aniqlash uchun belgilangan yuk oqimi sxemasi asosida, ya'ni ma'lum vaqt ichida tashiluvchi yuk massasi, ular yo'nalishlaridan foydalanish zarur bo'ladi.
Yuk oqimlari bir tomonlama va ikki tomonlama (qarama-qarshi yo'nalishda) bo'lishlari mumkin.
Yuk oqimi notekisligini odatda mavsumiy tashish hamda yuklar turi (don, paxta xom ashyosi, neft mahsulotlari va boshqalar) va xom ashyolarga qayta ishlov berish xarakteri (orqaga tashiluvchi yuklar og'irligining kamayishi yoki hajmining oshishi, masalan, engil sanoat mahsulotlari, qadoqlash omborxonalari va boshq) bilan bog'liqdir.
7. Yuk oqimi epyurasi va sxemasini chizish
Yuk oqimi tuzilishini epyuralab tasvirlash mumkin. Epyura bu chizmada masshtablab bir qator har xil endagi tasmalar chizish bo'lib, unda tashiladigan yoki tashilishi lozim bo'lgan yuklar miqdoriga qarab tasmalar chizilgan bo'lib, ularning eni masshtabda har xil tashiluvchi yuklarni yoki bir xil turdagi yuklarni ifodalaydi.
Yuk oqimi epyurasini yuk hosil etuvchi punktdan boshlab tuziladi.
Epyura tuzish. Faraz qilaylik A va B punktlar orasida ikki tomonlama yo'nalishda yuk tashish ishi bajarilayotir. Marshrut ichida V1, V2 va V3 uch nuqtada ortish-tushirish punklari joylashgan. Boshlang'ich va so'nggi punktlar va oraliq beshta punktlardan yuklar jo'natilaniladi va qabul etiladi. Epyura tuzish uchun yo'l o'qi bo'ylab (kilometrda o'lchanuvchi) tashish punktlari masshtabda uning har bir nuqtasining vertikali bo'yicha yuk miqdori (tonnada) qo'yilib tasmalar chiziladi. Qarama-qarshi yo'nalishlar uchun chiziqning ikki tomoni, o'n qo'l qoidasiga binoan harakat belgilaniladi (1-rasm).
Yuk oqimi epyurasi tashishni to'g'ri tashkil etish bilan birga avtomobillarni shaharlarda va shahardan tashqari magistral yo'llarda oqilona foydalanishni tashkil etadi, tashiluvchi yuklar hajmi (tonnalarda) hamda bajarilgan tonna-kilometrlarda o'lchanuvchi transport ishi (tashish masofasi va hajmi ko'paytmasi) butun marshrut bo'ylab va uning ayrim bo'laklarida aniqlash imkonini beradi; oraliq masofalar va ortish-tushirish punktlarining o'tkazish qobiliyatini belgilaydi; marshrut yoki uning ayrim bo'lagi bo'yicha to'g'ri va orqa yo'nalishlarda harakatni tashkil etishga yordam beradi; transport vositasining bir qator ish ko'rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi.
Yuk oqimlari bir necha kesishgan yo'nalishlarda bo'lsa ular kesishish joylari yoki bog'lami (uzeli) chizmasini tashkil etadi. (2-rasm).
Yuk oqimlari ba'zi bir hollarda (yo'l shahobchalari bo'ylab) hudud haritalaridan foydalanib sxemalarda ham berilishi mumkin. Sxemada yuk punktlari yoki mikrohudud markazlari - yuk hosil va qabul etuvchi punktlar keltiriladi.Bunda tashish hududi xaritasi teng kvadratlarga bo'linib beriladi. Har bir jo'natiluvchidan qabul qilinuvchiga tashiluvchi yuklarning miqdori bir xil masshtabda sxemada kichik aylanachalarda (ikki xil bo'yoqda jo'natiluvchisi bir xil va qabul etiluvchisi ikkinchi xil bo'yoqda) sektorlarga bo'linib beriladi (3-rasm).