Transport logistikasi kafedrasi


Avtotransport korxonasi tashish hajmi va yuk oboroti



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə27/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
MA\'RUZALAR

5. Avtotransport korxonasi tashish hajmi va yuk oboroti
Har qanday avtotransport korxonasining tashish hajmi-bu tashilishga mo'ljallangan yoki ma'lum davr ichida tashilgan tonnalarda o'lchanuvchi yuk miqdoridir.
Avtotransport korxonasi yuk oboroti deyilganda ma'lum davr ichida tashilgan yuk miqdorini tashish masofasiga ko'paytmasi tushuniladi va uning o'lchami tonna-kilometrda bo'ladi.
Yuk tashish hajmi va yuk oboroti bajarilish vaqtiga nisbatan bir sutkali, bir oylik, kvartal ichi, yarim yillik va yillik bo'lishi mumkin.
Yillik yuk tashish hajmi va yuk oboroti odatda notekis bo'lib, unga ba'zi bir yuklar tashini mavsumiyligi, oylar bo'yicha kalendar va ish kunlari soni, yo'l-iqlimiy sharoitlar va boshqalar ta'sir etadi.
Yillik yuk oboroti (tashish hajmi) notekisligi O'zbekiston sharoitda oxirgi yillardagi kvartallar bo'yicha bo'linishi quydagicha:
1 kvartal-23....23,5 foiz,
2 -kvartal 24....24,5 foiz,
3-kvartal -26....27 foiz va
4-kvartal -25....25,5 foizni tashkil etadi.
Yuk oboroti notekislik darajasi notekislik koeffisienti bilan xarakterlanib, uni maksimal miqdorini yuk oborotining o'rtacha qiymatiga nisbatan qilib aniqlanadi, ya'ni
Yuk oborotining yuqori darajali notekisligi transport vositasini yil davomida notekis yuklanishiga olib keladi. Bu hol esa ulardan samarali foydalanishni kamaytiradi hamda tashish tannarxini qimmatlashishiga sabab bo'lishi mumkin.
Yuk tashish hajmi va yuk oborotini aniqlash uchun yuk oqimlarini o'rganish orqali amalga oshirish mumkin. Masalan:
- sanoat korxonalariga zarur bo'lgan yuk tashish hajmini aniqlash uchun, unga keltirish kerak bo'lgan (xom ashyo, materiallar, jihozlar, asbob, yonilg'i va shu kabilar) va olib chiqiluvchi (tayyor mahsulot yoki yarim tayyor mahsulot, ishlab chiqarish chiqindilari) hisoblab chiqiladi;
- qurilish ob'yektlari uchun esa keltrilish zarur bo'lgan g'ishtlar, temir beton konstruktsiyalar, qum, shag'al, tsement, metall va boshqalar, hamda ob'ektdan chiqariluvchi grunt, qurilish chiqindilari hisoblab chiqiladi;
- qishloq xo'jalik korxonalari uchun keltiriladigan urug'lik, mineral va organik o'g'itlar, etishtirilgan va chiqariluvchi mahsulotni ekin maydoni miqdori va hosildorlik yordamida aniqlash mumkin;
- savdo va ovqatxona shahobcha va korxonalari uchun tashish hajmi va yuk oborotini aniqlashda aholi talabini qoniqtirish uchun zarur mahsulotlar, istiqbol uchun esa aholining o'sishi va har bir aholiga zarur mahsulot me'yorlar orqali aniqlanadi.
Xulosa qilib aytish zarurki yuk tashish hajmi va yuk oboroti esa aniqlashda xizmat etiluvchi ishlab chiqarish, ob'ektlari ular quvvati va tashishga bo'lgan aholi talabi xarakterini o'rganilish orqali bajariladi.
Biron-bir iqtisodiy hududdagi yuk tashish hajmi va yuk oborotini tashish turkumlari bilan, asosiy yuk hosil etuvchi va qabul qiluvchi punktlar joylashuvi, ular o'rtasidagi ishlab chiqarish (xo'jalik-iqtisodiy) aloqalarni aniqlash uchun belgilangan yuk oqimi sxemasi asosida, ya'ni ma'lum vaqt ichida tashiluvchi yuk massasi, ular yo'nalishlaridan foydalanish zarur bo'ladi.
Yuk oqimlari bir tomonlama va ikki tomonlama (qarama-qarshi yo'nalishda) bo'lishlari mumkin.
Yuk oqimi notekisligini odatda mavsumiy tashish hamda yuklar turi (don, paxta xom ashyosi, neft mahsulotlari va boshqalar) va xom ashyolarga qayta ishlov berish xarakteri (orqaga tashiluvchi yuklar og'irligining kamayishi yoki hajmining oshishi, masalan, engil sanoat mahsulotlari, qadoqlash omborxonalari va boshq) bilan bog'liqdir.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin