11-MA’RUZA YUKLARNI TASHISHGA TEZKOR RAHBARLIK QILISH VA BOSHQARISH Reja: Avtomobil transporti korxonasi ekspluatatsiya xizmati va uning vazifalari, tarkibi.
Transport vositasining liniyaga chiqishini tashkil etish.
Yuk tashishda ishlatiladigan transport hujjatlari: yo’l varaqasi va tovar-transport yukxati.
1.Avtomobil transporti korxonasi ekspluatatsiya xizmati va uning vazifalari, tarkibi.
Ekspluatatsiya xizmati avtotransport korxonasining asosiy bo’g’inini tashkil qiladi. Belgilangan tashkilotlar bo’yicha transport vositasilardan samarali foydalanib, yuk tashishni tashkil qilish ekspluatatsiya xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Avtomobil transportida eksplutatsiya xizmatining tarkibi va xizmat vazifalari mavjud. Markazlashmagan tizimda avtotransport korxonasi yuk tashishni boshqarishdagi barcha ishlarni o’zi bajaradi. Bunda ekspluatatsiya xizmati yuk tashishni operativ rejalashtiradi, uning bajarilishini nazorat qiladi, hisobga oladi va ta’minlaydi. Ekspluatatsiya xizmati bo’limida yuk nozimligi va hisob-kitob guruhlari tashkil qilinadi.
Yuk nozimligi guruhi shartnomalar tuzadi, buyurtma talabnomalarini qabul qiladi, yuk tashish smena-sutka rejalarini ishlab chiqadi, yuk oqimi va yuk aylanishini, yuk ortish-tushirish joylarining xolati va ularning mexanizmlar bilan ta’minlanganligi va xokazolarni o’rganadi.
Nozimlik guruhi yuk tashishga operativ rahbarlik qiladi, avtomobillarni yo’nalishga chiqaradi va qaytishini ta’minlaydi. Ularning yo’nalishidagi ishini nazorat qiladi. Ish kuni oxirida nozimlik hisobotini beradi. Nozimlik guruhi markaziy va yo’nalish nozimlaridan tashkil to’adi.
Hisob-kitob guruhi yuk tashish hisobini qiladi, boshlang’ich transport hujjatlari mahlumotlarini qayta ishlaydi, buyurtmachi tashkilotlar bo’yicha avtokorxonaning yuk tashish rejasini bajarish hisobotini tuzadi, avtokorxonaning ishini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqadi va xokazo.
Markazlashgan boshkarish tizimida operativ rejalar tuzish va yuk tashishni boshkarish markaziy ekspluatatsiya xizmati yoki markaziy nozimlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Avtotransport korxonasi ekspluatatsiya xizmati markaziy nozimlik xizmati ko’rsatmalariga muvofiq avtomobillarni yo’nalishga chiqarishni tashkil qiladi.
Yuk tashishning markazlashgan tizimida boshqarish ishlari bir necha avtokorxonalar uchun markazlashtiriladi. Bunda katta hajmdagi mahlumotlar yig’ish va qayta ishlashga ehtiyoj ‘aydo bo’ladi. SHuning uchun markaziy nozimlik xizmati tarkibida hisoblash markazi tashkil qilinadi. Hisoblash markazida avtotransport korxonalari ish faoliyatidagi hisob-kitoblar, operativ rejalar tuzish, boshlang’ich transport hujjatlarini qayta ishlash va hokazolar bajariladi.
Avtotransport korxonasi nozimlik guruhi transport vositalarning yo’nalishga grafik asosida chiqishini ta’minlaydi.
Transport vositalarning yo’nalishiga chiqarish grafigini avtokorxona texnik xizmati bilan kelishgan xolda ekspluatatsiya xizmati tuzadi.
Transport vositalarni yo’nalishga chiqarish ketma-ket, guruh va jamlanma (kolonna) usullarida amalga oshiriladi. Yo’nalishga chiqarish grafigi asosida haydovchilarning ish jadvallari tuziladi.
Yuk tashish operativ nozimlik rahbarligining vazifasi:
yuk tashishga buyurtmalar qabul qilish smena-sutka rejasini tuzish;
avtomobilarning yo’nalishga chiqishi va qaytishini tashkil qilish;
yo’nalishdagi ishini kuzatib borish;
hisobot yuritish va uni tahlil qilish;
transportning beto’xtov ishlashini va samaradorligini ta’minlashdan iborat.
Avtotransport korxonasi nozimlik guruhi transport vositasining yo’nalishdagi ishiga rahbarlik qilish jarayonida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
1. Yuk ortish-tushirish ‘unktlari, yuk jo’natuvchi va yuk qabul qiluvchi tashkilotlar bilan operativ aloqani ta’minlash.
2. O’rnatilgan yo’nalishlarda avtomobillarning harakatini kuzatish.
3. Har bir yuk jo’natuvchi tashkilotdan reja bo’yicha tashilayotgan yuk miqdorini nazorat qilish.
4. Qisqa muddatli va muhim yuklarni tashish ishlarini birinchi navbatda bajarilishini ta’minlash, sharoitga qarab, zarur bo’lsa, yuk tashish yo’nalishlarini yoki yo’nalishlarda ishlayotgan avtomobillar sonini o’zgartirish.
5. Yo’nalishda yuk tashish rejasini bajarish mobaynida yuzaga keladigan bahzi bir kamchiliklarni bartaraf kilishda tegishli chora ko’rish.
6. Haydovchilar talabnomasiga asosan yo’nalishga texnik yordam avtomobillarini jo’natish.
Doimiy yuk aylanib turadigan yirik yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlarda maxsus nozimlik ‘unktlari tashkil qilinadi. Masalan, temir yo’l bosh bekatidan konteynerlarni tashishda, yal’i yuklar (‘axta, chigit, bug’doy, sholi, shag’al) tashishda va shunga o’xshash xolatlarda.
Yuk tashishni boshqarishda nozimlik aloqasini tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Bunda telefon, telegraf va radio aloqasidan foydalaniladi.
Telefon aloqasi 2 va ko’p tomonlama ( selektor) ga’lashish imkonini beradi. Agarda yuk punktlari va avtotransport korxonalari shahar telefon tarmog’iga ulangan bo’lsa, bunday aloqa ATS tarmog’i orqali amalga oshiriladi.
Bevosita telefon aloqalari nozimlik kommutatorlari orqali amalga oshiriladi. Bunda DKZ-40, DKS-70 rusumli kommutator qurilmalaridan foydalaniladi.
Telegraf aloqasida teletayp qurilmasi yordamida turli masofalarga qisqa vaqtda juda yuqori tezlikda mahlumotlar uzatiladi va qabul qilinadi.
Avtomobil transportida radioaloqani qo’llash keng tarqalgan bo’lib, radioaloqa nozimlik punktlari va avtomobillar orasida tashkil qilinadi. Odatda bunday aloqa vositasidan karerlarda va katta qurilishlarda foydalaniladi.
Keyingi paytlarda suv inshootlari, temir yo’l bosh bekatlari, katta qurilishlar va shu kabilarda televizion aloqalardan foydalanilmoqda. Bunday joylarda avtomobillarning ishi maxsus telekameralar yordamida kuzatilib, boshqarib boriladi.
Ko’rilgan tadbiriy choralar haydovchilarga eshittirish qurilmalari orqali yetkaziladi.
Ekspluatatsiya xizmati nozimlik yuk guruhi buyurtmachi tashkilotlardan tashkil to’ib, ular avtomobillarning yuk jo’natuvchilarga borish vaqti, ularning manzili, yuk olib boriladigan tashkilotning nomi va manzili, yuk tashish masofasi va boshqa mahlumotlarni tahlil qiladi va kerakli aniqlik kiritib, maxsus shaklda yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashishga buyurtma qabul qiladi.
Buyurtma (talabnoma) yuk tashiladigan kundan 14 soat (shaharlararo yuk tashishda 48 soat) avval yozma tarzda beriladi. Avtotransport korxonasi buyurtmani qabul qilishdan bosh tortishi yoki uni boshqa kunga ko’chirishi haqida yuk jo’natuvchi bilan kelishishi mumkin.
Avtokorxona hisob raqamida buyurtmachi tashkilot yuk tashish haqining kamida 15 foiz pul mablag’i bo’lgan taqdirdagina buyurtma qabul qiladi.
Birinchi navbatda baxtsiz hodisa, boshqa transport ishini yengillashtirish (temir yo’l transportida konteynerlarni tashish) va shu kabi buyurtmalar qabul qilinadi.
Buyurtmachilar talablari va ehtiyojlarini ekspluatatsiyaga tayyor bo’lgan transport vositalari sonini hamda aniq yuk tashish sharoitini hisobga olgan xolda sutkalik (kunlik) yuk tashish rejasini tuzish operativ rejalashtirish deb aytiladi.
Smena-sutka rejasi transport vositalaridan samarali foydalanib, belgilangan yuk aylanishining bajarilishini ta’minlaydi.
Smena-sutka rejasini yuk tashishdan bir kun oldin buyurtma asosida nozimlik yuk guruhi tuzadi.
Smena-sutka rejasida har bir avtomobil va haydovchiga kunlik (smena) to’shirig’i belgilanadi. Agar avtomobillar ikki smenada ishlatilayotgan bo’lsa, kunlik reja smenalarga bo’lib tuziladi.
Smena-sutka rejasi tuzilib, avtotransport korxonasi direktori tomonidan tasdiqlangandan keyin nozimlik guruhi haydovchilarga yo’l varaqasi yozib beradi.
Yo’l varaqasida haydovchiga kunlik to’shirik ko’rsatiladi. Yo’l varaqasining orqa tomonida haydovchiga berilgan to’shiriqning bajarilgani to’g’risida mahlumotlar bo’ladi. Bu mahlumotlar tovar-transport hujjati bilan tasdiqlanishi lozim. Kunlik yuk tashish ishlari bajarilgandan keyin to’shirilgan yo’l varakalari asosida o’tgan kun uchun nozimlik guruhi hisobot tayyorlaydi. Bu hisobotda kunlik bajarilgan transport ishi tahlil qilinadi.