Transport logistikasi kafedrasi


Transport vositasining liniyaga chiqishini tashkil etish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə66/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
MA\'RUZALAR

2.Transport vositasining liniyaga chiqishini tashkil etish.

Nozimlik guruhi transport vositasini yo’nalishga chiqarish grafigi asosida ishga chiqishini tashkil qiladi. Transport vositasini ishga chiqarish grafigi ekspluatatsiya xizmati tomonidan texnik xizmat bilan kelishilgan xolda tuziladi. Transport vositalari yo’nalishga mahlum vaqt oralig’ida yoki uzluksiz xolatda chiqariladi.


Yo’nalishga chiqish grafigini tuzishda quyidagilar hisobga olinadi. Jumladan, reja bo’yicha transport vositalarini bir sutkada ishga chiqarish o’rtacha soni, transport vositalarining yo’nalishdagi ishlarining davomiyligi, oylik grafik asosida avtomobillarga 2-TXK va JT ishlarining tashkil etilishi, xizmat ko’rsatilayotgan mijozlarning ish rejimi; yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish usuli.
Avtomobillarni ishga chiqish grafigiga muvofiq ravishda haydovchilarning ishlash grafigi tuziladi.
jadval
Transport vositasining yo’nalishga chiqish va qaytish grafigi



Hozirgi paytda ilg’or avtotransport korxonalarida yo’nalishga chiqishni va qaytishni operativ nazorat qilish uchun turli qurilmalardan foydalaniladi. Nozimlik xonasida mahlumot tablosi, aloqa tarmog’i va boshqarish ‘ulti bo’ladi. Boshqarish pulti orqali mahlumot tablosidagi garaj raqamiga muvofiqlashgan chiroqning yonishi avtomobillarning yo’nalishga chiqqanligini ko’rsatadi. Nozimlik guruhi tomonidan yuqori tashkilotga, yo’nalishga chiqarilgan transport vositalari soni va yuk tashish turi haqida mahlumotlar berib boriladi.
Yuk tashishni boshqarishda nozimlik guruhlarini yo’nalish nozimlari, yuk jo’natuvchi va yuk qabul qiluvchilar hamda ayrim avtomobillar bilan aloqasini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun uyali va umum foydalaniladigan telefon aloqa tarmoqlaridan, telegraf va radiotelefon aloqalaridan foydalaninadi.
Teletaypning afzalligi mahlumotlarni qisqa vaqtda juda yuqori aniqlikda yetkazishdan iborat. Teletaypda matn kom’g’yuterda teriladi, so’ngra uzatish qurilmasiga beriladi. Teletayp aparati matnni avtomatik ravishda yozib oladi va uzatadi.
Avtomobil transportida turli xil tizimdagi radio va radiotelefon aloqalaridan foydalaniladi. Bunda o’rta, qisqa to’lqinli radiostantsiyalar qo’llaniladi. Ushbu radiostantsiyalarning qo’zg’almas, harakatlanuvchi, markaziy va abonet turlari mavjud.
Harakatlanuvchi radiostantsiyalar, asosan, avtomobillarga o’rnatiladi. Markaziy radiostantsiyalar qo’zg’almas va harakatlanuvchi turda bo’ladi. Qo’zg’almas va harakatlanuvchi radiostantsiyalar aloqa uzunligi 20-30 kilometrni tashkil qiladi.
Avtotransport korxonasi ekspluatatsiya bo’limining hisob-nazorat guruhi transport vositasi ishining natijasi bo’yicha operativ hisobni yo’l varaqasi va tovar-transport hujjati asosida yuritadi.
Haydovchi yo’nalishdan qaytgandan keyin yo’l varaqasi bilan tovar-transport hujjatini navbatchi nozimga to’shiradi. Nozim bu hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilganini, yo’l varaqasidagi yozuvlarning tovar-transport hujjatiga to’g’ri kelishini, smena to’shiriqlarining bajarilishini va boshqa mahlumotlarni juda aniqlik bilan tekshirishi kerak.
Navbatchi nozim hujjatlarni rasmiylashtirishda yo’l qo’yilgan xatolar, smena to’shiriqlarining bajarilmasligi va shu kabi kamchiliklarni aniqlab, katta nozimga mahlumot berishi lozim.
Hisob-nazorat guruhi yo’l varaqasi va tovar-transport hujjatining dastlabki hujjatlarini yuritadi. Hujjatlarning dastlabki ishlovi quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi:
umumiy va yukli masofani hisoblash;
yurilgan umumiy masofani spidometr ko’rsatkichi bilan taqqoslash;
transport vositasining ish, harakat va to’xtab turish vaqtlarini, natijaviy ishini (qatnovlar soni, tashilgan yuk hajmi va yuk aylanishi) aniqlash;
qo’llanilayotgan tarif asosida transport ishi va boshqa xizmatlar hisobini qilish.
Yo’l varaqalari va tovar-transport hujjatlari dastlabki ishlovdan keyin qayta ishlovini bajarish uchun reja-iqtisod va hisob bo’limlariga to’shiriladi (rasm).

Rasm. Hujjatlarning aylanishi: 1 - yuk tashish rejasi; 2 - yuk tashish shartnomasi; 3 - yuk tashish buyurtmasi; 4 - operativ yuk tashish rejasi; 5 - yuk tashish uchun transport vositalarining tayyorgarligi haqida mahlumot; 6 - yo’l varaqalari; 7- yo’l varaqalarini ro’yxatga olish hisobi qaydnomasi; 8 - tovar-transport hujjati; 9 - yuk tashish schetlari; 10 - texnik-ekspluatatsion ko’rsatkichlar hisobi; 11 - avtoshinalarning yurgan masofasi hisobi.


Katta nozim, avtotransport korxonasi rahbari va yuqori tashkilotga kunduz soat 12:00 gacha kunlik ish yakuni to’g’risida hisobot beradi. Tr’ns’ort vositasining yo’nalishga chiqarilishi va yo’l varaqalari ishlovi mahlumotnomalari asosida avtotransport korxonasi smena-sutka davomida yuk tashish rejasining bajarilishini tahlil qiladi va kamchiliklarni aniqlaydi. Tahlil natijalari bo’yicha kamchiliklarni bartaraf qilish tadbirlari belgilab chiqiladi.




  1. Yüklə 2,02 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin