Transport logistikasi kafedrasi


Yuk tashishda ishlatiladigan transport hujjatlari: yo’l varaqasi va tovar-transport yukxati



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə67/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
MA\'RUZALAR

Yuk tashishda ishlatiladigan transport hujjatlari: yo’l varaqasi va tovar-transport yukxati.

Yo’l varaqasi boshlang’ich hujjat bo’lib, transport vositasi va haydovchining ishini hisobga olish, statistik hisobot tuzish va haydovchiga maoshni hisoblashda ishlatiladi. Yuk avtomobillari uchun yo’l varaqasi ishbay, soatbay va xalqaro tashishlar uchun mo’ljallangan bo’ladi: 4-S (ishbay) – ishbay tariflar bo’yicha yuk tashish uchun; 4-’ (soatbay) – soatbay tariflar bo’yicha yuk tashish uchun:; 4-M (xalqaro) – xalqaro yo’nalishlarda yuk tashish uchun.


Ishbay va soatbay tashishlarda yo’l varaqasi hamma avtotransport korxonalari, yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchilar uchun bir xil bo’ladi. Dis’etcher haydovchiga yo’l varaqasini tilxat asosida bir ish kuniga, shaharlararo tashishlarda esa ko’proq muddatga beradi.
Yo’l varaqalari rekvizitlarini to’ldirish tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatg’iy nazar barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Yo’l varaqalari to’g’ri to’ldirilishi uchun tashuvchilarning rahbarlari hamda yuk avtomobillaridan foydalanilishida va hujjatlarni to’ldirishda ishtirok etuvchi shaxslar javob beradilar.
Yo’l varaqasini hayovchiga bergunga kadar to’ldirish dis’etcher tomonidan yoki tashuvchining bunga vakil kilingan shaxsi tomonidan kuyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
a) yo’l varaqasining old kismida hujjatning nomi ostiga u berilgan sana (yil, kun, oy) yoziladi, ushbu sana berilgan yo’l varaqasi dis’etcherlik jurnalida ro’yxatdan o’tkazilgan sanaga muvofiq bo’lishi kerak;
"Ish rejimi" qatoriga ish rejimining kodi yoki nomi yoziladi (begim kunlarida ishlash, xizmat safari, ish vaqtining jamlanib hisobga olinishi, ish vaqtining kunlik hisobga olinishi, dam olish va bayram kunlari berilgan vaqti, avtomobilning markasi, davlat va garaj nomeri, haydovchilik guvohnomasining nomeri, haydovchining klassi va tabel nomeri ko’rsatiladi.
"Kolonna" qatorida hayovchi va avtomobilni tarkibiga olgan kolonnaning tartib raqami yoziladi va kolonnalar bo’yicha hayovchilar va avtomobillarning ishini hisobga olish uchun xizmat kiladi;
g) "Avtomobil" qatorida avtomobilning ishini avtomatlashtirilgan tartibda hisobga olish uchun avtomobilning rusumi, davlat raqami va tipi yoziladi;
d) "Hayovchi" qatorida mazkur yo’l varaqasi bo’yicha ishlayotgan hayovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va klassi, "Tabelg’ raqami" qatorida hayovchiga tashuvchi tomonidan berilgan raqam yoziladi;
e)"Tirkama" va "Yarimtirkama" qatorlarida avtomobil bilan liniyaga chiqariladigan tirkama va yarim tirkamalarning rusumi, davlat raqamlari yoziladi. Almashtiriladigan tirkamalar va yarim tirkamalarning raqamlari ushbu qatorlar bo’yicha ular tirkaladigan joyda yoziladi;
j) "Hamroxlik qiladigan shaxslar" qatorida to’shiriqni bajarish uchun avtomobilga hamroxdik qiladigan shaxslarning (yuk ortuvchilar, ekspeditorlar, stajerlar) familiyasi to’liq ismi va otasining ismi bosh harflari yoziladi;
z) "Hayovchi va avtomobilning ishi" bo’limida 2 va 3-ustunlarda avtomobilning jadval bo’yicha chiqib ketishi vaq sanasi (yil, kun, oy) va vaqti (soat va minutlar) yoziladi;
i) "Haydovchiga to’shiriq" bo’limidagi 15-"Kimning ixtiyoriga" ustunida buyurtmachilarning buyurtmasi asosida to’shiriqni bajarish uchun kelishi kerak bo’lgan avtomobil tegishli bo’lgan buyurtmachining nomi yoziladi;
k) 16-"Kelish vaqti" ustuniga avtomobilning buyurtmachi buyurtmasiga yoki shartnoma shartlarida aks etgan avtomobil ish jadvaliga muvofik keladigan vaqti (soat va minutlarda) yoziladi;
d) 17-"Yuk qaerdan olinadi" va 18-"Yukni qaerga yetkazish kerak" ustunlarida buyurtmachilarning buyurtmalariga muvofiq yoki shartnomalar shartlari bo’yicha yukni ortish va tushirish manzillari yoziladi;
m) 19-"Yukning nomi" ustuniga tashuvchining buyurtmasi asosida tashish uchun taqdim etilayotgan yukning nomi yoziladi, u avtomobilni tegishli ravishda tayyorlash (brezent, arqon, mahkamalash moslamalari bilan jixozlash)da hayovchiga axborot bo’lib xizmat qiladi;
n) 20-"Yuk bilan qatnashlar soni" ustuniga buyurtmanoma yoki bir martalik buyurtma asosida to’shiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan yuk bilan qatnashlar soni yoziladi;
o) 21-"Masofa" ustuniga yukni tashish manzillari o’rtasidagi masofa: masofalar jadvali asosida, masofani joyning o’zida yoki xarita bo’yicha kurvimetr bilan o’lchash dalolatnomalari asosida kilometrlarda yoziladi. Rekvizitlar hayovchiga axborot, liniyada nazorat qilish, talab etiladigan yonilg’i miqdorini aniqlash va boshqa hisob-kitoblar uchun xizmat kiladi;
‘) 22-"Tashilishi kerak bo’lgan yuk hajmi" ustunida buyurtmachi uchun tashish zarur bo’lgan yukning miqdori tonnada yoziladi.
"Hayovchiga to’shiriq" bo’limida ko’rsatilgan to’shiriqni o’zgartirish huquqiga faqat tashuvchilar ega bo’ladilar. Istisno xollardagina buyurtmachi tashuvchi bilan kelishgan xolda "Alohida qaydlar" qatoriga tegishli yozuvlarni kiritib to’shiriqni o’zgartirishi mumkin;
r) yo’l varaqasining old tomonidagi "Yonilg’i berilsin" qatorida oldingi ish kunidagi qoldiq hisobga olingan xolda to’shiriqqa muvofiq ruxsat berilgan yonilg’i miqdori harflar bilan yoziladi;
s) "Dis’etcher imzosi" qatorida dis’etcher o’z imzosi bilan yo’l varaqasi rekvizitlari to’g’ri to’ldirilganligini va hayovchida hayovchilik guvohnomasi mavjudligini tasdiqlaydi.
Garajdan chiqqunga qadar yo’l varaqasini to’ldirish kquyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
a) "Yonilg’ining harakati" bo’limida 7,9-ustunlarda va tegishli qatorlarda yonilqi quyuvchi, yonilg’i-moylash materiallari bo’yicha texnik yoki bunga vakolati bo’lgan shaxs berilgan yonilg’gi (markalari bo’yicha benzin, dizel yoqilg’isi, siqilgan va suyultirilgan gaz)ning miqdorni yozadi va ushbu yozuvlar tagiga imzo chekadi;
b) old tomonida qatnov oldi tibbiy ko’rikdan o’tkazish chog’ida vrach yoki shunday vakolati bo’lgan shaxs tomonidan hayovchining sog’ligi xolati va uni avtomobilni boshqarishga qo’yish imkoniyati imzo bilan tasdiqlanadi;
v) "Hayovchi va avtomobilning ishi" bo’limidagi 5-"S’idometr ko’rsatkichlari" ustunida nazorat-o’tkazish ‘unktining navbatchi mexanigi avtomobilning liniyaga chiqishidagi s’idometr ko’rsatkichini yozadi, 6-"Amaldagi vaqt" ustunida shtam’-soatlar bilan garajdan haqiqatda chiqqan vaqtini qo’yadi. SHtam’-soatlar nosoz bo’lgan yoki mavjud bo’lmagan taqdirda vaqt kuyidagi izchillikda qo’lda yoziladi: kun, oy, soatlar, minutlar. So’ngra "Yonilg’ining harakati" bo’limidagi 10-"CHiqishda qoldiq" ustunida nazorat-o’tkazish ‘unktining navbatchi mexanigi chiqish ‘aytida avtomobil bakidagi yonilg’i qoldig’ini yozadi va qayd etilgan barcha yozuvlarning to’g’riligini ushbu ustunda o’z imzosi bilan tasdiklaydi;
g) "Navbatchi mexanikning imzosi" qatorida nazorat-o’tkazish ‘unktining navbatchi mexanigi avtomobilning hayovchiga texnik soz xolatda berilganligini va garajdan chiqishga ruxsat etilganligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi, "Hayovchining imzosi" qatorida esa hayovchi o’z imzosi bilan avtomobilni texnik soz xolatda qabul qilib olganligini va ish uchun to’shiriq olganligini tasdiqlaydi.
Yo’l varaqasini liniyada to’ldirish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi.
№ 4-s shakldagi “To’shiriqni bajarish izchilligi bo’limida:
a) 23-"Qatnovlar raqamlari" ustunida yuk jo’natuvchi bajarilgan qatnovlarning raqamlarini izchil ravishda yozadi;
b) 24-"Ilova qilingan tovar-transport nakladnoylari raqamlari" ustunida yuk jo’natuvchi tomonidan ushbu qatnovga tegishli bo’lgan tovar-transport nakladnoyining barcha raqamlari yoziladi;
v) 25-"Kelish vaqti" ustunida kirish darvozasida yoki nazorat- o’tkazish ‘unktida, ortish va tushirish ‘unktlarida (temir yo’l stantsiyalaridan tashqari) hayovchi tomonidan yo’l varaqasining yuk jo’natuvchiga taqdim etilgan vaqti (soatlar, minutlar) qo’yiladi.
Kirish darvozasi yoki nazorat-o’tkazish punkti bo’lmagan taqdirda ko’rsatib o’tilgan ustun to’ldirilmaydi, ortish yoki tushirish ‘unktiga kelingan vaqt tovar-transport nakladnoyiga qo’yiladi;
g) 26-"Yuk jo’natuvchining imzosi va muhri" ustunida yuk jo’natuvchi o’zi tomonidan yo’l varaqasi to’g’ri to’ldirilganligini tasdiqlab imzo chekadi va muhr bosadi.
"Liniyada turib qolishlar" bo’limida texnik yordam xizmati xodimi yoki bunga vakil kilingan shaxs 27, 28 va 29-ustunlarda tegishlicha turib qolishning sababini, sana va vaqtni (yil, kun, oy, soat va minutlar), turib qolishning boshlanishi va tamom bo’lishini yozadi hamda 30-ustunda ularni o’z imzosi va muhr bilan tasdiqlaydi.
"Alohida qaydlar" bo’limida yo’l varaqasi shaklida nazarda tutilmagan mahlumotlar yoziladi.
Avtomobil garajga qaytgandan keyin yo’l varaqasini to’ldirish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
a) "Hayovchi va avtomobilning ishi" bo’limida nazorat-o’tkazish ‘unktining navbatchi mexanigi 5-"S’idometrning ko’rsatkichlari" ustunini to’ldiradi va 6-ustunda avtomobilning haqiqatda garajga qaytgan vaqtini yozadi yoki shtam’-soatlarni bosadi (yil, kun, oy, soatlar va minutlar);
b) "Yonilg’ining harakati" bo’limida nazorat-o’tkazish ‘unktining navbatchi mexanigi 11-"Qaytganda qoldiq" ustunini to’ldiradi va uning ostiga imzo chekadi;
v) "To’shirdim hayovchi" qatorida hayovchi avtomobilning nazorat-qtkazish ‘unkti navbatchi mexanigiga texnik soz (nosoz) xolatda to’shirilganligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi. Nazorat-o’tkazish ‘unktining navbatchi mexanigi "Qabul qildim navbatchi mexanik" qatorida "Hayovchi va avtomobilning ishi" bo’limidagi "Garajga qaytish" qatorinnng 5 va 6-ustunlari to’g’ri to’ldirilganligini va avtomobilning haydovchidan texnik soz (nosoz) xolatda qabul qilib olinganligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Yo’l varaqasi haydovchi tomonidan to’ldirilgandan keyin dis’etcher yoki tashuvchining bunga vakil qilingan shaxsi hujjatni quyidagi izchillikda to’ldiradi:
a) "Haydovchi va avtomobilning ishi" bo’limida "No’lli bosilgan masofa" ustunida masofalar jadvali bo’yicha garajdan ortishning birinchi manziligacha va tushirishning oxirgi joyidan garajgacha bo’lgan masofani yozadi;
b) "Yonilg’i harakati" bo’limidagi "Norma o’zgarishi koeffitsienti" ustunida avtomobilning oshiqcha yonilg’i sarfi normasi bilan ishlashiga bog’lik tarzda uning butun kun davomidagi ishida umumiy yonilg’i sarfi normasi o’zgarishining koeffitsientini bitta o’ilib yozadi. 13-"Maxsus uskuna ishlash vaqti" ustunida va 14-"Dvigatelg’ ishlash vaqti" ustunlarida yo’l varaqasiga ilova qilingan tovar-transport nakladnoylaridagi tegishli yozuvlar asosida maxsus uskunalarning tegishli ishlash vaqti va foydalanishning alohida sharoitlarida dvigatelg’ ishlashining qo’shimcha vaqti (ortish- tushirish mexanizmlarini aylantiruvchi dvigatelg’ orqali ishlashi) yoziladi. Ushbu rekvizitlar yonilg’i sarfining qo’shimcha normasini aniqlash uchun zarur. Mazkur rekvizitlar to’g’ri to’ldirilganligini dis’etcher o’z imzosi bilan tegishli ustunlarda tasdiqlaydi;
v) "To’shiriqni bajarish izchilligi" bo’limida dis’etcher 23-ustunda qatnovlarning umumiy sonini, "Tovar-transport nakladnoylari soni" qatorida esa to’shirilgan tovar-transport nakladnoylarining umumiy sonini (yozuv bilan) yozadi. To’shirilgan va qabul qilingan tovar-transport nakladnoylarining umumiy soni uchun yo’l varaqasining orqa tomonida haydovchi "To’shirdim haydovchi" qatorida, dis’etcher esa "Qabul qildim dis’etcher" qatorida imzo chekadi.


Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin