65
5 -BOB. ISHLAB CHIQARISH VA TAQSIMOT
(TARQATISH) LOGISTIKASI
5.1. Taqsimot logistikasi tushunchasi va qoʻllanilish sohasi
Taqsimot logistikasi- bu moddiy oqimlarni har xil xaridorlar
oʻrtasida taqsimlash jarayonida amalga
oshiriladigan kompleks
vazifalardir.
Taqsimot logistikasining asosiy maqsadi kerakli mahsulotlarni
kerakli joyga, kerakli vaqtda va kerakli sifatini ta‘minlagan holda yeng
kam xarajatlar bilan yetkazib berishdir.
Taqsimot logistikasining vazifalarini aniqlashda ikki xil yondoshuv
mavjud boʻlib ulardan biri ta‘minotchi omboridan mahsulotlarni joʻnatib
yuborish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni ichiga olsa, ikkinchisi
material oqimlarni korxonaning oxirgi qismidan
chiqqanidan tortib to
uni iste‘molchining omborga yetib kelgunicha boʻlgan jarayonlami
qamrab oladi.
Taqsimot jarayonlari ikki darajada ya‘ni mikro va makrologistik
darajada amalga oshiriladi.
Bunda mikro darajada quyidagi masalalar yechiladi:
sotuv jarayonlarini rejalashtirish;
mahsulotni qadoqlash, oʻrab chirmash,
komplektlash va saqlash
yoʻllarini tanlash;
mahsulotni joʻnatilishini nazorat qilish;
mahsulotni iste‘molchiga yetkazish va transportirovka qilishni
nazorat qilish;
mahsulotga sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatishni tashkil etish.
Makrodarajada taqsimlash logistikasining masalalariga quyidagilar
kiradi:
material oqimlarning taqsimlash sxemalarini tanlash;
66
taqsimot kanallarini mujassamlashtirish;
taqsimot kanallari markazini joylashtirish.
Mahsulotlarni taqsimlash kanallari, ularning vazifalari va
tuzilishi
Iste‘molchi va ta‘minotchi alohida mikrologistik tizim boʻlib, bir-
biri bian taqsimot kanallari orqali bogʻlanadi.
Taqsimot kanali bu alohida shaxslar va
tashkilotlarning aniq bir
mahsulot yoki xizmat turiga boʻlgan egalik huquqini ishlab
chiqaruvchidan iste‘molchiga berishdir. Logistik kanal har xil
vositachilarning tartibga keltirilgan majmuasi boʻlib aniq bir ishlab
chiqaruvchidan iste‘molchiga moddiy oqimlarni yetkazib beradi.
Bunda tashkilotlar va shaxslar ma‘lum bir vazifalarni bajaradilar.
Jumladan, bitimlarni tuzish davrida kanal boʻylab mahsulotlar harakatini
ta‘minlash uchun zarur boʻlgan axborotlami toʻplash, kanal faoliyatini
ta‘minlash boʻyicha oʻz boʻyniga tavakkalchilikni olish.
Bitimlarni
oxiriga yetkazish soʻngida moliyaviy vositalarni ishga solib mahsulotlar
harakatini tashkil yetish.
Taqsimot jarayoni bevosita quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
buyurtmalarni qayta ishlash, mahsulotlarni omborlashtirish va
mahsulotlar zahirasini bir maromda saqlab turish, mahsulotlarni
iste’molchiga yetkazib berish uchun ularni transportirovka qilish
.
Taqsimot kanallari har xil tuzilishga ega boʻlishi
mumkin va ular
kanallarning darajalari bilan tavsiflanadi.
Kanalning darajasi- bu oxirgi iste‘molchiga mahsulotga boʻlgan
egalik huquqini va mahsulotni yetkazib berish boʻyicha ishlarni amalga
oshiruvchi vositachi sonidir. Taqsimot kanallarini tashkil etish sxemalari
1-rasmda koʻrsatilgan. Rasmdan koʻrinib turibdiki, taqsimot kanallari
toʻrt xil darajada boʻlishi mumkin ekan:
nolinchi darajadagi kanal
. Bu kanalda ishlab chiqaruvchi
mahsulotlarni toʻgʻridan toʻgʻri iste‘molchiga
hyech bir vositachilarsiz
yetkazib beradi; Masalan, paxta xomashyosini toʻgʻridan toʻgʻri paxta
67
zavodiga yetkazib berish yoki poliz mahsulotlarini daladan savdo
doʻkonlariga yetkazib berish va boshqalar;
birinchi darajali kanal
. Bu kanalda mahsulotlarni oraliq vositachi
ishtirokida yetkazib beriladi. Masalan, paxta xomashyosini paxta punkti
orqali paxta zavodiga yetkazib berish yoki
poliz mahsulotlarini poliz
omboriga tashib olish va keyin savdo doʻkonlariga tashish;
5.1 - rasm. Taqsimot kanallarini tashkil yetish sxemalari
ikkinchi darajali kanal
. Bunda taqsimot kanalida ikki xil vositachi
ishtirok yetadi;
uchinchi
darajali
kanal
.
Rasmdan
koʻrinib
turganidek,
mahsulotlarni yetkazib berishda uchta vositachi ishtirok yetadi. Bu yerda
yana shuni ham yeslatib oʻtish joizki, taqsimot kanallarida zaruratga
qarab bir nechta vositachilar ishtirok yetishi mumkin.
Taqsimot kanalini tashkil etishda birinchi oʻringa kanalning tuzilishi
va darajasi, ya‘ni kanal qanday a‘zolardan tashkil topishi aniqlab olinishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: