4.2.Transport masalasini yechish usullari
Transport masalasini yechish ikki bosqichdan iborat.
1.Boshlang‘ich tayanch planni topish.
2.Tayanch planlar ichidan optimal planni topish.
Tayanch planni tuzishning bir necha usullari mavjud: "Shimoliy-g‘arb burchak", "Kichik elementlar", "Fogel'" va boshqalar.
"Shimoliy-g‘arb burchak" usuli.
Yuklarni tashishning boshlang‘ich planni tuzishda "shimoliy-g‘arb burchak" usulidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi:
1.Tarif jadvali tuziladi.
|
b1
|
b2
|
. . . . .
|
bn
|
a1
|
с11
|
c12
|
. . . . .
|
c1n
|
a2
|
с21
|
c22
|
. . . . .
|
c2n
|
. . . . .
|
. . . . .
|
. . . . .
|
. . . . .
|
. . . . .
|
am
|
сm1
|
cm2
|
. . . . .
|
cmn
|
2.Chap tomondagi yuqoridagi burchak, ya'ni (shimoliy-g‘arb burchak) dan boshlab satr bo‘yicha yoki ustun bo‘yicha siljiymiz. (1,1) katakga a1 va b1 ning eng kichigini joylashtiramiz, ya'ni x11=min(a1,b1).
3.Agar a1>b1 bo‘lsa x11=b1 ni beramiz, birinchi ustun shu bilan yopiladi, ya'ni xi1=0 (i=2,m). (Birinchi qabul qiluvchining talabi to‘liq qanoatlantirildi).
4.Birinchi satr bo‘yicha siljiymiz (1;2) katakga, bu yerga a1-b1,b2 ning eng kichigini joylashtiramiz, ya'ni x12=min(a1-b1,b2).
5.Agar b1>a1 bo‘lsa 1-chi satr yopiladi, ya'ni x1j=0 (j=2,n).
6.Qo‘shni kataklarni to‘ldirishga o‘tamiz (2.1), ya'ni x21=min(a2,b1-a1).
7.Ikkinchi satr yoki ikkinchi ustun kataklarini to‘ldirishga o‘tamiz va hakazo.Bu jarayon toki resurslar tugamaguncha davom etadi.
Dostları ilə paylaş: |