Bir pog’onali triggerlar. Assinxron RS-triggerlar. Agar teskari aloqali zanjirga boshqaruv zanjirlari ulansa, unga 1 bit ma’lumot yozish va saqlash mumkin bo’lgan trigger qurilmasi hosil bo’ladi.
Trigger ma’lumot kirishlariga ega bo’lgan ikkita YOKI-EMAS (27, a-rasm ) yoki VA-EMAS (27, b-rasm) mantiqiy elementlari yordamida tuzilishi mumkin.
a ) b)
d) 27-rasm. RS – triggerning funksional sxemasi (a, b) va shartli belgisi (d).
T rigger boshqaruv signallari berilgan ikkita R va S ma’lumot kirishlariga va ikkita Q va chiqishlarga ega. Uning ikkala kirishiga bir vaqtning o’zida impuls kelishi mumkin emas.
B oshqaruv (ma’lumot) kirishi S (set – o’rnatish) – trigger mustaqil ravishda 1 holatiga o’rnatish uchun ( Q = 1, = 0 ) va R (reset – olib tashlash) – triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o’rnatish uchun ( Q = 0, = 1 ).
Kirish signallarining mumkin bo’lgan to’rtta kombinatsiyasida trigger quyidagi holatlarda bo’lishi mumkin.
7-jadval 1 -holat. R=0, S=0. Chiqish signallari Q va o’zgarishsiz qoladi. Triggerda avval yozilgan ma’lumot saqlanib qoladi.
2 -holat. R=0, S=1. Chiqish signallarida Q = 1, = 0 hosil bo’ladi.
3 -holat. R=1, S=0. Bu vaqtda chiqishdagi signallar o’zgaradi. Q = 0, = 1 bo’lib, trigger yangi holatni saqlab qoladi.
4-holat. R=1, S=1. Bunday kirish signalini RS – trigger qabul qila olmaydi, chunki u aniqmas holatda bo’ladi. Shuning uchun bu holat man etiladi.
Amaliyotda RS – triggerlar invertorlardan emas, balki VA-EMAS yoki YOKI-EMAS mantiqiy elementlardan tuziladi.
RS – triggerda ma’lumot yozish boshqaruv signali berilishi bilan ixtiyoriy vaqt momentlarida amalga oshiriladi. Bunday triggerlar asinxron deb ataladi.
Mustaqil qurilma sifatidagi elementar asinxron RS – triggerlari juda kam ishlatiladi. Lekin ular ko’pincha murakkab triggerlarning asosiy tashkil etuvchi qismi tarkibiga kiradi.