Sinxron RS – trigger. Elementar asinxron RS – triggerli yacheykalar turli kombinatsion qurilmalarning asosi bo’lib hissoblanadi. Ular qatoriga hisoblagichlar, registrlar va boshqalar kiradi. Bu qurilmalarda sinxronlash signali deb ataluvchi maxsus signal yordamida avval kiritilgan ma’lumotlarni chiqarishga uzatish va keyingi xotira yacheykasiga yozib qo’yish kerak. Bunday rejimni amalga oshirish uchun RS – trigger qo’shimcha C (clock) takt kirishi bilan to’ldiriladi va u sinxron trigger deb ataladi.
Sinxron trigger ham ma’lumot, ham takt kirishlarida signal mavjud bo’lgandagina o’z holatini o’zgartiradi.
Sinxron RS – trigger asinxron trigger va ikkita VA-EMAS elementidan tashkil topgan bo’lib, bir vaqtda C takt kirishiga va S yoki R ma’lumot kirishlaridan biriga mantiqiy bir signali berilgandagina trigger o’z holatini o’zgartiradi.
a)
b)
28-rasm. Sinxron RS – trigger tuzilma sxemasi (a) va shartli belgilanishi (b).
Kirishlar soni 3 ta bo’lganda, C, S, va R kirish signallarining kombinatsiyasi 8 ga teng ( 8-jadval).
8-jadval
1
0
0
0
0
1
0
1
0
1
1
1
0
1
0
1
1
1
1
1
0
0
0
0
0
0
0
1
0
0
0
1
0
0
0
0
1
1
0
0
Bu yerda = CS, = CR.
Takt kirishida 1 signal bo’lmaganda ma’lumot kirish signallarining ixtiyoriy kirish signali kombinatsiyasida RCS – trigger avvalgi ma’lumotlarni eslab turish rejimida ishlaydi. Kirish signallari S=R=C=1 kombinatsiyasi mumkin emas, chunki bu holda asinxron triggerning va kirishlari = =0 man etilgan kombinatsiyasi hosil bo’ladi.
D – trigger. D – trigger yagona D (ing. data – ma’lumot) ma’lumot kirishiga ega. D – ma’lumot kirishi, C – takt kirishi, ikkita Q va chiqishlar (ularning biri mavjud bo’lmasligi mumkin). D – trigger sxemasi (29-rasm) RCS – trigger sxemasidan invertor mavjudligi bilan farqlanadi.
a)
b) 29-rasm. D – trigger tuzilma sxemasi (a) va shartli belgi (b).
D – kirishga berilayotgan ma’lumot trigger chiqishida faqat sinxrosignal berilgandagina paydo bo’ladi. D – trigger quyidagi o’tishlar jadvaliga ega (9-jadval).
9-jadval
C
Qn
Qn+1
D
1
0
0
0
1
0
1
1
1
1
0
0
1
1
1
1
0
0
0
0
0
0
0
1
0
1
1
0
0
1
1
1
D – trigger chiqishidagi ma’lumot navbatdagi sinxrosignal kelgunicha o’zgarishsiz qoladi, ya’ni kechikish mavjud. Shunga asosan, D – trigger kechikish triggeri deb ataladi.
Ikki pog’onali triggerlar. T – trigger. Ikki pog’onali triggerlarda trigger yacheykalarining ishonchli va aniq ishlashi talab etiladi. T – trigger sanoq triggeri deb ham ataladi, chunki kirishga aktiv mantiqiy signal berilganda u o’z holatini qarama-qarshi holatga o’zgartiradi. Ikki pog’onali triggerlar MS – trigger deb ham ataladi (ing. master va slave – usta va yordamchi so’zlaridan olingan). Bunday trigger ikkita RCS – triggerdan tashkil topgan (30,a-rasm).
a)
b)
30-rasm. T – trigger (a) va uning shartli belgilanishi (b).
Ikkala TM (usta) va TP (yordamchi) triggerlarning kirishlari o’zaro invertor orqali ulangan. Kirishdagi RS – kombinatsiya C takt impulsi kelishi bilan TM ga yoziladi. Bu vaqtda TP ga ma’lumot yozilishi mumkin emas. va chiqishlardagi ma’lumot C takt impulsi tugagach , T (toggle - relaksator) ma’lumot kirishida mantiqiy 1 mavjud bo’lganida TP ga uzatiladi.
JK – trigger. JK - trigger universal trigger hisoblanadi, chunki uning asosida ixtiyoriy turdagi trigger hosil qilish mumkin.
JK – triggerlari huddi T – trigger kabi, o’tuvchi ma’lumot yozadigan asosiy trigger (TM) va asosiy triggerdan ma’lumot qayta yozadigan yordamchi trigger (TP) ga ega. Bu trigger kirish ma’lumotlari J (jump-sakrash) – triggerni mustaqil 1 holatga o’rnatish va K (keep-saqlash) – triggerni mustaqil 0 holatga o’rnatish vazifalarini bajaradi.
a)
b) 31-rasm. Ikki pog’onali JK – trigger (a) va uning shartli belgilanishi (b).
JK – trigger man etilgan kirish signallar kombinatsiyasiga ega emas. JK – triggerning o’tishlar jadvali 10-jadvalda keltirilgan.
10-jadval