Trombotsitopatiya bilan kasallangan ayollarda tuxumdon apopleksiyasi kechishi va asoratini davolash tamoyillariga zamonaviy yondashuv



Yüklə 67,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü67,76 Kb.
#211233
  1   2   3
trombotsitopatiya-bilan-kasallangan-ayollarda-tuxumdon-apopleksiyasi-kechishi-va-asoratini-davolash-tamoyillariga-zamonaviy-yondashuv



Trombotsitopatiya bilan kasallangan ayollarda tuxumdon 
apopleksiyasi kechishi va asoratini davolash tamoyillariga 
zamonaviy yondashuv 
Lutfulla Saydullaevich Maxmonov 
Feruza Xaydarovna Mamatqulova 
Baxtiyor Sirojkulovich Meliqulov 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 
Annotatsiya: 
Hozirgi zamon tibbiyotida autoimmun kasalliklar uchrashi jadal 
su’ratda o’sib bormoqda. Ayniqsa, tobora zararlanib va yomonlashib borayotgan 
ekologik muhit, oziq-ovqatlarning va zamonaviy turmush tarzining sun’iylashishi - 
bularning barchasi immunitet tizimini izdan chiqarilishiga va natijada inson tanasi o’z 
hujayralarini tanimay qolish va ularga qarshi antitanalar ishlab chiqarishiga olib 
keladi. Natijada, ba’zi bir a’zo va tizimlarning, shuningdek butun bir tananing 
faoliyatining buzilishlari kelib chiqadi. 
Kalit so’zlar:
Trombositopatiya, tuxumdon apopleksiasi, gemorragiya, 
homiladorlik 
A modern approach to the principles of treatment of the 
course and complications of ovarian apoplexy in women with 
thrombocytopathy 
Lutfulla Saidullaevich Makhmonov 
Feruza Haydarovna Mamatkulova 
Bakhtiyar Sirojkulovich Melikulov 
Samarkand State Medical University 
 
Abstract:
The incidence of autoimmune diseases in modern medicine is 
growing rapidly. In particular, an increasingly degraded and deteriorating 
environment, artificial nutrition and a modern lifestyle - all this leads to disruption of 
the immune system and, as a result, the human body does not recognize its own cells, 
but develops antibodies against them. As a result, there are malfunctions of some 
organs and systems, as well as the functioning of the whole organism. 
Keywords:
Thrombocytopathya, ovarian apoplexy, hemorrhage, pregnancy 
 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
384


Kirish:
Trombocitopatiya kasalligi juda xavfli bo’lib, klinik belgilarsiz yoki 
boshqa kasalliklarga o’xshash alomatlar bilan boshlanishi mumkin, bu esa, 
kasallikning erta bosqichida tashxis qo’yishni va og’irlashgan shakllarini davolashni 
qiyinlashtiradi va turli xil asoratlaratlar rivojlanishiga olib keladi. (2). 
Trombotsitopatiyalar - trombotsitlarning sifatiy jihatdan etishmovchiligi 
natijasida yuzaga keladigan kasalliklarning keng tarqalgan guruhi hisoblanadi. Qon 
ketishlarning aksariyati: kelib chiqishi noma’lum bo’lgan menstrual qon ketishlar, 
tish milklaridan va burundan qon ketishlar, tish uzilgandan keyin va arzimagan 
jarohatlanishlarda kuzatiladigan uzoq muddatli qon ketishlar aynan shu patologiya 
bilan bog’liq holatlarda kuzatiladi. Qonda trombotsitlar miqdori normal va 
koagulogrammada o’zgarishlar kam bo’lgan bunday qon ketishlar, har doim 
shifokorni trombotsitlarning sifat jihatidan yetishmovchiligi haqidagi fikrga olib 
keladi. Irsiy gemorragik diatezlar orasida qayd etilgan trombotsitopatiyalar uchrashi 
bo’yicha birinchi o’rinda turadi va bemorlarning umumiy sonining 36% ini tashkil 
etadi. Yengil shakllarining uchrash ko’rsatkichi 60-65% ga etadi.
J.N.Ostin, 1913 yilda N.P.Pepper va 1916 yilda A.F.Hess trombotsitlarning 
normal soni bilan Verlhof kasalligiga xos bo’lgan purpurani kuzatdilar. 1918 yilda 
E.Glanzmann irsiy gemorragik tromboasteniyani tasvirlab berdi, qon quyqasi 
retraksiyasining buzilishi gipotetik retraktozim moddasining trombotsitlardagi 
yetishmovchiligi bilan izohlanadi. 1926 yilda E.A.Willebrand angiogemofiliya 
tasvirlangan, trombotsitlar disfunktsiyasi ham qayd etilgan, bu tromb hosil 
bo’lishining buzilishiga va qon ketish vaqtini uzaytirishga olib keladi. 
1948 yilda J.Bernard va J.P.Soulierlar tomonidan trombotsitodistrofiya deb 
ataladigan va trombinni qo’llashning buzilishi va yirik trombotsitlar mavjudligi bilan 
tavsiflangan yangi sindromning mavjudligini isbotladilar. 1965 yilda O.N.Ulutin va 
1967 yilda X.J.Vayss trombotsitlarni chiqarish reaktsiyasining buzilishi mavjudligini 
ko’rsatdi. Ulutin bu shaklni birlamchi (funktsional) trombotsitopatiya deb atadi. 
Trombotsitopatiyalarning irsiy shakllari bilan bir qatorda, ko’pincha 
gemoblastoz, jigar va buyrak kasalliklarida, toksik va medikamentozli, massiv qon 
quyishlarda, tarqalgan tomir ichidagi disseminatsiyalashgan sindromida, va boshqa 
ko’plab sabablar tufayli rivojlanadigan trombotsitlar funktsiyasining ikkilamchi 
buzilishlarining turlari ham mavjud. (4, 5). Dunyoda trombotsitopatiya bilan 
kasallanish yiliga 100 000 aholiga 1,3-2,8 ni tashkil qiladi. Kattalar va bolalar orasida 
tarqalish 100000 aholiga 3,6 dan 17 gacha. Erkaklar trombocitopatiya bilan ayollarga 
qaraganda 3-4 marta kamroq aziyat chekishadi, reproduktiv yoshda bu farq yanada 
ko’proq - 5-6 marta (5). Ko’pincha 10 yoshdan 35 yoshgacha (54%), 40 yoshdan 60 
yoshgacha (20%) kuzatiladi. 
1951- yilda Martin, Zollinger, Uilyams trombotsitopatiya kasalligi va 27 haftalik 
homiladorlik (miyaga qon quyilishi va platsenta oldingi tahdid belgilari) bo’lgan 24 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
385


yoshli ayol haqida xabar berishgan edi. K.Gillning ma’lumotlariga ko’ra, tug’ish 
yoshidagi ayollar orasida trombotsitopatiya 10000 tirik tug’ilgan chaqaloqqa 1:59 
to’g’ri keladi, bu tug’ruq paytida onalar trombotsitopatiyasining taxminan 2% ni 
tashkil qiladi. Trombotsitopatiya bilan og’rigan bemorlarda 3,9:1 nisbatda ayollar 
ustunlik qiladi va reproduktiv yoshda bu nisbat 9:1 gacha ko’tariladi.
Gemorragik diatezlar orasida trombotsitopatiya ko’pincha akusherlik va 
gematologik amaliyotda gemorragik sindromning (34%) asosiy sababchisi 
hisoblanadi. (7). Q.Vangning, o’n yillik kuzatuv natijalariga ko’ra, Xitoy klinikasida 
homilador ayollar orasida trombotsitopatiya bilan kasallanish 2,4% ni tashkil etdi (3). 
M.Subbaiah va boshqalarning fikriga ko’ra, homiladorlik davrida trombotsitopatiya 
tashxisi qo’yilgan bemorlarda tug’ruq vaqtida kasallikning og’ir holatlari, patologiya 
homiladorlikdan oldin tashxis qo’yilgan holatlaridan (p = 0, 04) (107) sezilarli 
darajada tez-tez uchraydi.
Tuxumdon apopleksiyasi - tuxumdonlarga to’satdan qon quyilishi, graaf 
pufakchasi, tuxumdon stromasi, follikulyar kista yoki sariq tana kistasi tomirlarining 
yorilishi, tuxumdon to’qimalarining yaxlitligining buzilishi va qorin bo’shlig’iga qon 
ketishi bilan birga kechadigan kasallik hisoblanadi. Tuxumdon apopleksiyasi, asosan, 
20-35 yoshdagi ayollarda uchraydi. Trombotsitopatiya bilan og’rigan bemorlarda 
tuxumdon apopleksiyasi hayot uchun xavflidir. So’nggi paytgacha trombotsitopatiya 
bilan og’rigan ayollarda davolash tamoyillari ishlab chiqilmaganligi sababli, 
bemorlarning tashxislanishi biroz qiyinchilik tug’dirmoqda, bu esa kasallikning erta 
bosqichlarida adekvat terapiyani o’tkazishga to’sqinlik qilmoqda. Natijada, 
ginekologni va gematologni qiyin ahvolga solib qo’yadi va bemorlarni keraksiz 
xavfga duchor qiladi. 

Yüklə 67,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin