O`rta quloqning xavfli o`smalari uzoq vaqt proliferatsiya holati bo`lgan surunkali yiringli otit bilan og`rigan bemorlarda rivojlanadi.Chakka suyagi o`smasining eng tarqalgan turi-kattalarda-saraton , bolalarda-sarkomadir.Belgilar surunkali otitning qo`zg`alishda kuztiladigan belgilar bilan o`xshash :bemor quloqdan yiring oqishining kuchayishini sezadi,asta-sekin og`riqlar kuchayadi.Quloqda shovqin, eshitish pasayishi , yiringli ajralmalardan qon aralashmasi paydo bo`ladiKeyin yuz nervi falaji ba`zan bosh aylanishi , xurujsimon bosh og`rishi rivojlanishi mumkin.O`smaning kalla suyagi asosida tarqalishi bilan jarayonga 9, 10 va 11 kalla nervlar jalb qilinadi.
Davolash:Bemorlarni davolashda jarrohlik yo`li va nur usulida o`tkaziladi,shuningdek ularning kombinatsiyasi qo`llaniladi.O`rta quloqning xavfli o`smalari bor bemorlarda radikal jarrohlik operatsiyasi bajariladi.Bu vaqtda chakka suyagining katta qismi va unga yaqin ensa suyagining qoplamasi,quloq oldi so`lak bezi,chakka –past jag` bo`g`imi va bo`yinning yon bo`limi qavatini chuqur bo`yin limfa tugunlari bilan olib tashlanadi.2 hafta o`tgach nur terapiya o`tkaziladi.