Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Annamarie Schimmel. Rumi...; Mason Herbert. Seeking the Real in Misticism. Parts: 1-2. – Ne’matullahi Publication. 
Issue 30–32, 2002.
2. Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadur: falsafiy-ma’rifiy asar. Tarjimon U.Hamdam. So‘zboshi muallifi va mas’ul muharrir 
N.Komilov. – Тoshkent: Mehnat, 2001.
3. Jumayev R. Mavlono Jaloliddin Rumiy. – Тoshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
4. Суфии: Собрание притч и афоризмов (Серия “Антология мысли”). Составление, пересказ текстов, предисловие 
словарь Лео Яковлева. – Москва: Изд-во ЭКСМО-Пресс, 2001; Идрис Шах. Суфизм. – Москва: Клышников, Комаров и 
др., 1994. 
5. Arberry A.J. Mysticism. Edited by P.M. Holt, Ann K.S. Lambton, Bernard Lewis // The Cambridge History of Islam. Vol 2B. 
Islamic society and civilization. – University of Cambridge. 
6
. Schimmel A. Mystical dimensions of Islam. – Chapel Hill: University of North Corolina Press, 1975. – p. 506 / Mavlaviylik: 
325–326; 337, 341, 342.
Munira Xudoyorova, 
Navoiy davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, f.f.d.
HOFIZ XORAZMIY QIT’ALARI XUSUSIDA
Annotatsiy
a: maqolada Navoiygacha bo‘lgan davr adabiyoti janrlari, xususan, qit’a janri taraqqiyotida Hofiz Xorazmiy 
qit’alari o‘rni haqida alohida fikr bildirilgan. 
Kalit so‘zlar
: mumtoz adabiyot, adabiy tur, janr, Hofiz Xorazmiy, qit’a, eran, suluk, murshid, orif, maqom.
Аннотация:
в статье высказывается особое мнение о литературных жанрах донавоийского периода, в частности о 
месте четверостиший (китъа) Хафиза Хорезми в развитии жанра четверостиший.
Ключевые слова:
классическая литература, литературный тур, жанр, Хафиз Харезми, китъа, эран, сулук, муршид, 
ариф, маком.
Navoiygacha bo‘lgan o‘zbek mumtoz she’riyatida qit’alar sonining ko‘pligi va badiiy xususiyatlariga ko‘ra Hofiz 
Xorazmiy ijodi alohida ahamiyatga ega. Shoir devonida 31 ta qit’a mavjud. Badiiy mahorat va o‘zbek tilida g‘oyat 
sodda va ravon g‘azallar yaratishda ham Hofiz Xorazmiy XII – XV asrlar birinchi yarmi o‘zbek adabiyotining benazir 
ustasi desa bo‘ladi”
1
. Hofiz Xorazmiy qit’alarda nafs tarbiyasi, ruh ziynati, ko‘ngil osoyishtaligi, yaxshilikka sodiq-
lik, ishqda, sadoqatda sobitqadamlik, so‘z va amalda birlikka erishish kabi axloqiy masalalar bosh o‘rinda turadi. 
Sodda va ravon ohangi, eski o‘zbek tili imkoniyatlaridan foydalanib, so‘z sehrining jozibasini estetik ta’sirchan ruh 
bilan she’rxonga yetkaza olish mahorati va, albatta, teran ma’nosi shoir qit’alarining yorqin jihatlarini xarakterlaydi. 
Masalan:


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
39
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Falak bozichasig‘a, ey xiradmand,
Berib ko‘nglingni hayron bo‘la qolma.
Eranlarning yo‘lig‘a kirding ersa,
O‘shanlar xizmatidin hech qolma.
Qiyomatg‘a tekin o‘ltur tesalar,
Ijozatsiz muroding bila qolma.
Tilar bo‘lsang, murodi dinu dunyo
Bu kunning ishini tongdag‘a solma
2
.
 
Qit’a xulosasida xalq orasida juda ko‘p qo‘llanuvchi “bugungi ishni ertaga qo‘yma” maqoli badiiy jihat-
dan ta’sirchan ifodalangan. She’r mazmunidan anglashiladiki, lirik qahramon xiradmand – aql egasiga murojaat 
qilarkan, “falak bozichasi” – dunyoning turfa o‘yinlariga hayrat ila ko‘ngil berib, aldanib qolmaslikka, insonlikning 
asl maqsad-muddaosi nafs qutqularidan poklanib, e’tiqodda sabot ko‘rsatgan, ulug‘ insonlarga ergashish orqali 
kamolot darajalarini egallash ekanini uqtiradi. Ayonki, er kishi, erkak, mard, himmatli, ilohiy fayz va xosiyat sohibi, 
rahnamo kabi ko‘plab ma’nolarda qo‘llanib kelgan er va eran so‘zi turkiy xalqlar adabiyotida alohida mavqega 
egadir. Eran deganda, eng avvalo, suvratparastlikdan tiyilib, siyrat mohiyatini bilishga rag‘bat ko‘rsatgan komil 
shaxs tasavvurimizda gavdalanadi. Chunki ruh, qalb, xotir, ishq, irfon masalalari bevosita siyratga tegishli
3
. Eran 
qalb dunyosi nafs g‘uborlaridan xoli, faqat Haq yodi bilan nafas oluvchi, erk va haqiqatini ilohiy haqiqatlardan 
ayri tasavvur qila olmaydigan, ko‘ngli ma’rifat buloqlaridan suv ichadigan ulug‘ siymodir. “Eranlar yo‘li” esa ana 
shunday mardona kishilarning manziliki, qit’ada komillik ishtiyoqida qadam bosgan solikni “eran”larga ergashishga 
da’vat qilish ruhi ustun. 
Murod so‘zi, o‘z ma’nosida, tilak, qasd, orzu, maqsad, istak demakdir. Yuqoridagi baytda uning irfoniy 
ma’nosi ham mavjud. S.Uludog‘ning yozishicha, “Haqning murodi murid, muridning murodi Haqdir. Murid yura-
di, murod uchadi”. Ibn Arabiy esa, murod barcha bosqichlarni, ma’rifat maqomlarini bosib o‘tib, Haqqa yetish-
gan kishidir, deydi. Murid sulukni yangi boshlagan bo‘lsa, murod chillasini tamomlagan solikni ham anglatadi”
4

Shuningdek, “shayx, qutb, murshid va maqomotning nihoyasiga erishgan orif kishilar ham murod deb yuritilgan. 
Murodning uch xislati borligi aytilgan: 1. Murodni barcha gunoh ishlarga moyillikdan Olloh saqlaydi. 2. Har qa-
nday noqisliklardan Haqning o‘zi uzoqlashtiradi. 3. Go‘yo hazrati Muso alayhissalomdek uni o‘zining xoslariga 
aylantiradi”
5
. Shuningdek, murod deganda, Ollohning vasli, uning marhamatidan umidvorlik ham nazarda tutilgan
6

Ma’rifiy adabiyotda odamlar uch toifaga ajratilgan. Birinchisi moddiy borlig‘ining talab va ehtiyojlari izmida yashab, 
yeyish, ichish, jinsiy lazzatlardan boshqasiga qiziqmaydigan ibtidoiy yoki yarim vahshiy kimsalar. Ikkinchi toifa nafs 
yo‘lidan chiqa olmay, menlik ishqi va boshqaruvidan tug‘ilgan hirs, havas, mavqe-martabani sevadigan kishilar ja-
moasi. Uchinchi toifa esa ko‘ngil shafoati ila bashariy o‘zlikdan ozod bo‘lgan va qalb shuuriga ega shaxslarki, bular 
ham aqlan, ham qalban uyg‘ongan,haqiqatni tanishga qodir komil zotlar jamoasidir
7
. Kamolotda ana shu – so‘nggi 
jamoaga ergashilsa, zarracha bo‘lsa ham, solikka ziyon yetmaydi. Lirik qahramonning 
“o‘shanlar xizmatidan hech qolmas”likka da’vat qilishi shundan. Ko‘rinadiki, qit’ada murodi “eranlar yo‘li”ga 
kirish bo‘lgan hol sohibining axloqiy qiyofasiga chizgilar ifodalangan bo‘lib, bu yo‘lda sabot, matonat, ishonch 
va qat’iyat bilan qadam bosish kerakligi, sira sustkashlikka berilmaslik, ya’ni bugungi ishni “tonglag‘a solma”slik 
lozimligi xususida bahs yuritilgan. 
Hofiz Xorazmiy she’riyatida yaratilgan qit’alar asosan kichik hajmli, ixcham qit’alar bo‘lib, bu she’rlarning 
aksariyati 6 – 8 baytdan tashkil topgan. Axloqiy, ma’rifiy, ishqiy mavzularda ijod qilingan qit’alarning bosh xusu-
siyati sifatida soddalik, ravonlik, oddiy so‘zlashuv tiliga yaqinlikni alohida aytish mumkin. Bu she’rlarda murakkab 
poetik birikmalar, yoyiq konstruksiyalar deyarli uchramaydi, aksincha qit’alar yengil o‘qiladi, oson yodda qoladi va 
o‘quvchida o‘ziga xos badiiy zavq paydo qiladi. Hofiz Xorazmiy qit’alarini badiiyatdan xoli tushunish va talqin qilish 
noo‘rin. Shoir hayotiy misollar, tabiat hodisalari, kundalik turmush manzaralarini badiiy obraz sifatida shakllantir-
ishga yo‘naltirib, fikr-qarashlarini jonli tarzda isbotlaydi, ifodalaydi. Masalan:
Yamonliq aylamayu yaxshiliqqa tolib bo‘l,
Yamonliq aylagan oxirda sharmsor bo‘lur.
Yovuq yomon bila bo‘lma qarori aysh qilib,
Sog‘inchi yaxshi kishilar yiroq qaror bo‘lur.
Kishikim o‘zini yo‘q sog‘inib, bo‘lur yaxshi
Xudoy hazratida ul kishiga bor bo‘lur.
Sadaf chu fayz topar bo‘lsa abri naysondin
Sadafning ichra o‘shul durri shahvor bo‘lur.
O‘zungni oshiqi orifg‘a bog‘la, ey Hofiz,
Daraxt chunki topar vasl, mevador bo‘lur
8
.
Qit’ada fikr umumiy va yoyiq, fikrni bir joyga yig‘ish va shoirning maqsad-muddaosini yuzaga chiqarish 
uchun sadaf, abri nayson – yomg‘irli bulut, dur va daraxt poetik obrazlari tanlangan. Bu timsollar yaxshilik mohiya-
tini teranroq anglatishga imkon bergan. She’rda keltirilgan timsol va tushunchalarning barchasi “oshiqi orif
“ning ax-
loqiy qiyofasini yorqin tasvirlash uchun xizmat qilgan. Mumtoz adabiyotda oshiq qalbi ishq yolqinida poklangan, 


40
e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin