Key words: environment, ecology, humanity, nature, damage, organic substance, body, planet.
Аннотация: В статье природные качественные и количественные показатели жизненных сред планеты: воздуха,
воды, почвы, земли, флоры и фауны и многих других важных факторов резко изменились в современный период.
Также было исследовано, влияет ли человеческий фактор в той же ситуации. В частности, тщательно учитывалось,
что человек злоупотребляет всеми видами природных ресурсов, т. е. органическими и неорганическими ресурсами, и
наносит большой ущерб окружающей среде.
Ключевые слова: окружающая среда, экология, человечество, природа, ущерб, органическое вещество, организм,
планета.
Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, o‘zining barcha hayoti va faoliyati ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida
atrof - muhitdagi hayotiy omillarga nisbatan doim tejamsizlik (nooqilona) munosabatida bo‘lgan. Albatta, dastlabki
davrlarda, ya’ni odamlar son jihatdan unchalik ko‘p bo‘lmagan ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer yuzida
yetarli darajada mo‘l bo‘lgan va atrof – muhit o‘z tabiiy ko‘rsatkichlarini tiklab turishga muvaffaq ham bo‘lgan. O‘zini
o‘zi tiklay olish xislati tabiatga xos ekanligi ilmiy manbalarda yetarli darajada asoslab berilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, qayd etish joizki, o‘tgan bir necha ming yilliklarda mehnat qurollari va turli sohalarda
ishlatiladigan asbob-uskuna, boshqa vositalar ham hozirgidek, texnik jihatdan murakkab, ayniqsa, unchalik ko‘p
ham bo‘lmagan. Demak, tabiiy muhit va hayotiy manbalarga kuchli ta’sir o‘tkazilmagan, desa bo‘ladi. Atrof-muhit
va tabiatga ta’sir so‘nggi yuz yillik - XX asrda nihoyatda kuchayganligi, asosan, fan-texnika misli ko‘rilmagan yuqori
darajada bo‘lganligidir.
O‘tgan asrda ilrn-fan va texnik kashfiyot va ixtirolar turli soha ishlab chiqarishlarida amalda keng qo‘llanila
boshlandi. Buning negizida, so‘zsiz - cheksiz ko‘payib borgan insoniyat talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirish
zaruriyati yotadi, albatta. Kerakli barcha modda, mahsulot va materiallar faqat tabiiy manbalardan beayov
foydalanish hisobigagina olina boshlandi: o‘rmonlar qirqildi, bo‘sh yotgan quraq Yerlar qishloq xo‘jaligi maqsadlari
uchun o‘zlashtirildi, ko‘plab suv omborlari tashkil qilindi, turli-tuman yer usti va yer osti qazilma boyliklari qazib
olinib, qayta ishlana boshlandi va hokazo.
Ma’lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir. Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik
organizmlar (o‘simliklar va hayvonlar) hamda jonsiz tabiat – mineral jinslar o‘rtasidagi uzluksiz modda – energiya
almashinish jarayonlarini amalga oshishini ta’minlaydi. Havo muhiti bo‘lmaganda hayot ham bo‘lmas edi.
Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar o‘tish bilan asta-
sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o‘xshash texnogen omillar vujudga kelib, ularning
faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir kuchaya bordi. Jumladan, havoga juda ko‘plab har xil gaz, iflos
gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila boshlandi.
Hozirgi davrda, dunyo miqyosida olib qaralsa, har xil rusumdagi bir necha yuz millionlab avtomobillar, yuk
mashinalari, samolyot va paraxodlar, shuningdek, ichki yonish dvigatellariga asoslangan turli texnik vositalardan
ham foydalaniladi. Bular uchun, xomashyo sifatida, xilma-xil tarkib tuzilma va sifatdagi yonilg‘ilar - neft va ko‘mir
mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi. Pirovard natijada esa, havoga, yuqorida qayd etilgandek.
turli xil zaharli chiqindi moddalar tashlab yuborilmoqda.
Yuqoridagilardan tashqari, yangi yaratilgan texnik vositalar, mehnat va urush qurollari, hatto, fazoni tadqiq
qilishga mo‘ljallangan uchish vosita (raketa) lar sinovi, hamda u yoki bu muayyan Yer hududlarida olib boriladigan
turli darajadagi urushlar natijasida ham, ko‘plab gaz chiqindilari havoni ifloslantirmoqda. Shu kabi ifloslanishlar
sabab ham, Yer atmosferasida turli toifadagi ekologik muammolar yuzaga keldi. «Ozon yorig‘i», «Havo dimiqishi»
(«Parnik effekti»), iqlim va ob-havo ko‘rsatkichlarining qator yer hududlarida o‘zgargani, ayniqsa, suv toshqinlari,