Uchinchidan : intervyu, fokus guruhlarda ishlash, so‘rovnomalar asosida xalq ta’limi tizimi rahbar va pedagog
xodimlarining boshqaruv hamda kasbiy kompetentligini bo‘yicha muammo va ehtiyojlarini aniqlash;
– “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platforma orqali onlayn tarzda 50 mingdan xalq ta’limi tizimi rahbar va
pedagog xodimlaridan avvalgi (davriylikka asoslangan) va amaldagi (uzluksiz kasbiy rivojlantirish) tizimlar bo‘yicha
so‘rovnoma o‘tkazildi;
– 3000 ortiq Pedagogika markazlari kurs tinglovchilarining amaldagi onlayn va oflayn uzluksiz kasbiy malaka
oshirish tizimi haqida fikrlari va takomillashtirish bo‘yicha takliflari suhbat, seminar treninglar va suhbat asosida
o‘rganildi;
–
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi , A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamda
Prezident ta’lim muassasalari agentligi (PIIMA) tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda
o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish” loyihasi
doirasida 2022-yilning iyun-iyul oylari Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy va Qashqadaryo
viloyatlarida xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktab o‘qituvchilarning va hududiy malaka oshirish markazida tashkil
etilgan haftalik kurs tinglovchilarining kasbiy ehtiyojlarini o‘rganish, kelgusida uzluksiz kasbiy malaka oshirish
ta’limida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish o‘quv modullari mazmunini hamda yangi uzluksiz kasbiy ta’lim
modelida kasbiy malakalarini oshirish bo‘yicha tajriba va taassurotlarini o‘rganish maqsadida tadqiqot(intervyu,
fokus guruhlarda ishlash, so‘rovnomalar)lar olib borildi.
Olingan hududlar umumta’lim maktablarida jami
75 400 nafar rahbar va pedagog xodimlar hamda tuman
xalq ta’lim bo‘limi metodistlari ish faoliyat yuritmoqda. Tadqiqotda turli guruhga mansub, ya’ni toifasi bo‘yicha,
maktabning joylashuv o‘rniga ko‘ra, maktablarda ta’lim tiliga ko‘ra, erkak-ayol o‘qituvchilar soniga, tajribasiga
ko‘ra, intervyu, fokus guruhlar random tanlash yo‘li bilan