38
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Kabir talabalik davrida Mavlaviya tariqati bo‘yicha dastlabki ta’limni marhum ustozi Shayx Sulaymon Hayati
Dededan olgan. U 1990-yilda Mavlono Jaloliddin Rumiyning yigirma birinchi avlod-izdoshi, Mavlaviya tariqatining
yetakchisi, marhum Doktor Jelalitdin Chelebi tomonidan Shayx sifatida tayinlanadi.
Kabirning rahbarligi ostida
“Bo‘sag‘a Jamiyat” a’zolari an’anaviy so‘fiy asoslarini zamonaviy hayotga joriy etish bilan shug‘ullanib kelmoqdalar.
Kamilla Xelminskiy (Kabirga yordam tariqasida) o‘zining “Tasavvufda ayollar: yashirin xazina”
kitobi orqali
ayollarning Islom diniga qo‘shgan ulkan hissalari haqida bayon qiladi hamda u Qur’oni Karimning katta qismini in-
gliz tiliga o‘girgan ayollarning birinchisi hisoblanadi. U Refik Algan ismli olim bilan hammualliflikda Ahmet Xilmining
“Uyg‘oq tushlar” nomli mumtoz asarini tarjima qilgan. Kamilla Xelminskiy quyidagi kitoblarning ham muallifidir:
“Xarakter kitobi”, “Islom va boshqa manbalardagi xarakter va ezgulik haqidagi yozishmalar” hamda “Tabiat kitobi,
tabiat va atrof-muhit haqidagi ma’naviy istiqbollar manbasi”. Kamilla Xelminskiy va Refik Alganning hamkorlikdagi
“Rumiy quyoshi, Shams Tabriziy darslari”ning tarjimasi 2008-yil “Morning Light Press” nashriyoti tomonidan chop
etilgan.
Shayx Kabir va Kamilla Xelminskiylar o‘z asarlari va faoliyatlari orqali tinchlikni saqlash va turli din vakillarining
an’analar borasida o‘zaro bir-birlarini tushunishlari haqidagi masalalarni targ‘ib qilib kelmoqdalar. Ular, shuning-
dek, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardagi tariqatlarning ustozlari bilan yaqin aloqa o‘rnatgan bo‘lib, ularning
hammalari tasavvufshunoslikdagi mumtoz uslubni zamonaviy ehtiyojlar bilan bog‘lashni maqsad qilganlar.
Umuman olganda Jaloliddin Rumiyning shaxsi va ijodini mukammal o‘rganish uchun rumiyshunoslikda yirik
tadqiqotlar olib borgan xorij olimlarining ishlarini o‘rganmay, muqoyasa qilmay va tahlilga
tortmay turib ushbu
buyuk so‘fiy to‘g‘risida tugal fikr bayon etolmaymiz. Chunki ingliz, nemis va fransuz tillarida olib borilgan ko‘plab
tadqiqotlar o‘zbek rumiyshunosligiga ham olib kirilishi zarur. O‘zbek rumiyshunoslari va tasavvufshunoslarining
galdagi vazifalari xorijiy tillarda, ayniqsa, ingliz tilida olib borilgan yirik tadqiqotlarni izchil o‘rganish va ularga jiddiy
munosabat bildirish orqali xorijiy rumiyshunoslikni o‘zbek rumiyshunosligi bilan qiyosan tadqiq qilishdir.
Dostları ilə paylaş: