Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry


Keywords: Sufism, Masnavi, Mawlawiya order, foreign studies, comparative analysis. Аннотация



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Keywords:
Sufism, Masnavi, Mawlawiya order, foreign studies, comparative analysis.
Аннотация
В статье жизнь и деятельность Руми, а также орден Мавлавия сравнивались с мнениями зарубежных 
ученых-румиев. Также анализируются исследования ученых Кабира и Камиллы Хельминских.
Ключевые слова:
суфизм, маснавий, орден Мавлавия, зарубежные исследования, сравнительный анализ.
Mavlono Jaloliddin Rumiyning donishmandligi nafaqat Islom olamida, balki butun xristianlik va yaxudiylik kabi 
dunyo dinlari vakillarini ham birday o‘ziga jalb eta oldi va Rumiy asarlarining mohiyati hatto butun Yevropa va Lotin 
Amerikasi adiblari asarlariga singib ketdi. Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlarida diniy bag‘rikenglik masalasi yetak-
chilik qilishi ilm ahli va Rumiy asarlarining muhlislariga ma’lumdir. 
XIII asrda mavlaviylik tariqatiga asos solgan Jaloliddin Rumiy [1] Sharqning eng mashhur shoirlaridan biri bo‘lib, 
uning 25857 baytdan iborat olti katta kitobdan tashkil topgan “Masnaviyi ma’naviy”, umumiy baytining miqdori 42 
mingni tashkil etgan “Devoni kabir” nomli she’riy, “Fixi mo fixi” [2], “Maktubot” va “Majolisi sab’a” nomli nasriy asar-
lari bugungi ilm ahliga ma’lum [3: 64]. G‘arbda Rumiyni R.Nikolson, A.Arberri, J.Trimingem, I.Shoh, A.Shimmel, 
U.Chittik, A.Harvey kabi o‘nlab olimlar keng o‘rgangan.
Taniqli xorijlik tasavvufshunos Idris Shoh “So‘fiylar” kitobida alohida bobni Jaloliddin Rumiyga bag‘ishlagan 
[4: 556–576]. U Rumiyni XIII asrda Baqtriyadagi taniqli oilada tavallud topganligini ma’lum qilib, Kichik Osiyodagi 
Ikonium (Rum)da tahsil olganligini aytadi. Idris Shoh ayni bobda professorlar R.Nikolson, A.Arberri, Skit, doktor 
Jonson va Choser kabi taniqli xorij olimlari va rumiyshunoslarining fikrlaridan istifoda etadi, biroq hech qaysi yerda 
asarlarga ishora bermaydi. 
Taniqli xorijlik islomshunos A.Arberri ham bu haqida ma’lumot berib, Rumiyning tavalludi va otasining kim ekan-
ligi haqida to‘xtaladi. Uning aytishicha, Bahouddin Valadga tegishli “Al-ma’rif” (“Ma’rifat”) asari sirli tajribalarning 
ta’sirchan bayonlaridan iboratdir [5]. 
Jaloliddinning so‘fiylikdagi birinchi ustozi o‘zining otasi bo‘lib, so‘ng asli balxlik bo‘lgan Burxoniddin Muhaqqiq 
Termiziyda (v. 1244) tahsilni davom ettiradi. Jaloliddin Rumiyning tariqati mavlaviylik bo‘lib, buning asli Mavlono 
(“bizning ustoz”)dir. Rumiyning “Masnaviy” asari olamshumul asarlardan bo‘lib, muallifning o‘zi uni “Qur’onning 
ichki mag‘zini ochib beruvchi doston” deb atagan. Jomiy esa “Forsiy Qur’on” nomini bergan. A.Arberri Rumiyning 
“Masnaviy”sini Dantening “Ilohiy komediya”si bilan solishtirib, “Ilohiy komediya”ni “Masnaviy”ning ko‘rinishi sifatida 
baholaydi.
Mavlaviylik tariqati vakillari o‘zlarining musiqaga bo‘lgan muhabbatlari va zikrlari bilan tanilib, Yevropada ular 
“sayohat qiluvchi” darvishlar sifatida mashhurdirlar [6: 325–326; 337, 341, 342]. 
Bugun Jaloliddin Rumiyning to‘laqonli izdoshlari sifatida nafaqat yurtimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham 
yirik tadqiqotlar olib boruvchi olimlar bisyor. Ular Rumiy asarlarini chet tillarga tarjima qilish bilan birga, asarlarining 
mohiyatini sharhlash orqali ham butun olamga ushbu ulkan pirning shaxsini va buyuk falsafasini tarannum etib 
kelmoqdalar. 
Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilib, tasavvufshunoslik va Rumiy an’anasini targ‘ib 
qilish bilan shug‘ullanib kelayotgan ikki olimning ijodiy faoliyati va o‘zlari asos solgan tashkilotning maqsadi haqi-
da qisqacha to‘xtalsak. Kabir Edmund va Kamilla Xelminskiy “Bo‘sag‘a Jamiyat”ining asoschilari va direktorlari 
bo‘lib, qariyb 40 yildan beri tasavvuf ta’limotining yetuk namoyandalaridan biri Jaloliddin Rumiyning Mavlaviya 
an’anasi doirasidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Kabir so‘fiylik she’riyatiga oid uchta kitob tarjima 
qilgan hamda Kamilla bilan hammualliflikda Rumiyning asarlari jamlangan ikkita to‘plamni nashr qilgan. 1992-yil 
Kabirning “Borliqda yashash, ehtiyotkorlik va eng kerakli nafs uchun so‘fiylik yo‘li” deb atalgan kitobi Jeremi Tarcher 
tomonidan (“Putnam Publishing Group”da) nashr qilingan. 1999-yil “Biluvchi yurak” deb atalgan esselar to‘plami 
bosib chiqarilgan. Uning, shuningdek, “Til kitobi” va “Vahiylar kitobi” asarlari ham diqqatga sazovordir. Kabirning 
Ahmad Rezvaniy bilan hamkorlikda nashr qilgan “Ishq yetilmoqda, Rumiy va qalb olamiga sayohat” kitobi Mavlaviy 
g‘azallarining tarjimasidan iboratdir. Kabirning kitoblari ispan, italyan, golland, nemis, rus, indonez va turk tillariga 
tarjima qilingan. U Konya (Turkiya)dagi Seljuk universitetida adabiyotshunoslik bo‘yicha doktorlik darajasini olgan. 


38
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Kabir talabalik davrida Mavlaviya tariqati bo‘yicha dastlabki ta’limni marhum ustozi Shayx Sulaymon Hayati 
Dededan olgan. U 1990-yilda Mavlono Jaloliddin Rumiyning yigirma birinchi avlod-izdoshi, Mavlaviya tariqatining 
yetakchisi, marhum Doktor Jelalitdin Chelebi tomonidan Shayx sifatida tayinlanadi. Kabirning rahbarligi ostida 
“Bo‘sag‘a Jamiyat” a’zolari an’anaviy so‘fiy asoslarini zamonaviy hayotga joriy etish bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. 
Kamilla Xelminskiy (Kabirga yordam tariqasida) o‘zining “Tasavvufda ayollar: yashirin xazina” kitobi orqali 
ayollarning Islom diniga qo‘shgan ulkan hissalari haqida bayon qiladi hamda u Qur’oni Karimning katta qismini in-
gliz tiliga o‘girgan ayollarning birinchisi hisoblanadi. U Refik Algan ismli olim bilan hammualliflikda Ahmet Xilmining 
“Uyg‘oq tushlar” nomli mumtoz asarini tarjima qilgan. Kamilla Xelminskiy quyidagi kitoblarning ham muallifidir: 
“Xarakter kitobi”, “Islom va boshqa manbalardagi xarakter va ezgulik haqidagi yozishmalar” hamda “Tabiat kitobi, 
tabiat va atrof-muhit haqidagi ma’naviy istiqbollar manbasi”. Kamilla Xelminskiy va Refik Alganning hamkorlikdagi 
“Rumiy quyoshi, Shams Tabriziy darslari”ning tarjimasi 2008-yil “Morning Light Press” nashriyoti tomonidan chop 
etilgan. 
Shayx Kabir va Kamilla Xelminskiylar o‘z asarlari va faoliyatlari orqali tinchlikni saqlash va turli din vakillarining 
an’analar borasida o‘zaro bir-birlarini tushunishlari haqidagi masalalarni targ‘ib qilib kelmoqdalar. Ular, shuning-
dek, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardagi tariqatlarning ustozlari bilan yaqin aloqa o‘rnatgan bo‘lib, ularning 
hammalari tasavvufshunoslikdagi mumtoz uslubni zamonaviy ehtiyojlar bilan bog‘lashni maqsad qilganlar. 
Umuman olganda Jaloliddin Rumiyning shaxsi va ijodini mukammal o‘rganish uchun rumiyshunoslikda yirik 
tadqiqotlar olib borgan xorij olimlarining ishlarini o‘rganmay, muqoyasa qilmay va tahlilga tortmay turib ushbu 
buyuk so‘fiy to‘g‘risida tugal fikr bayon etolmaymiz. Chunki ingliz, nemis va fransuz tillarida olib borilgan ko‘plab 
tadqiqotlar o‘zbek rumiyshunosligiga ham olib kirilishi zarur. O‘zbek rumiyshunoslari va tasavvufshunoslarining 
galdagi vazifalari xorijiy tillarda, ayniqsa, ingliz tilida olib borilgan yirik tadqiqotlarni izchil o‘rganish va ularga jiddiy 
munosabat bildirish orqali xorijiy rumiyshunoslikni o‘zbek rumiyshunosligi bilan qiyosan tadqiq qilishdir.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin