106
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Shaxnoza Yunusova
Toshkent davlat pedagogika universiteti
dotsent v.b.
REKLAMA MATNLARINING SINTAKTIK QURILISHI
Hozirgi kunda reklama hayotimizning deyarli barcha sohalariga shitob bilan kirib keldi. Reklama tushuncha-
si jamiyatda muhim o‘rin tutishiga va bu tushunchaning kundalik hayotda keng qo‘llanishiga
qaramasdan, u
zamonaviy ilmiy adabiyotlarda bahsli mavzulardan biri sifatida qaraladi. Bundan tashqari, reklama tushunchasi
turli nuqtayi nazardan tahlil qilinadi va har bir yondashuv uning serqirraligi sababli ta’riflari ham xilma-xil.
Tarixiy
xronologiya mezoni qo‘llanadigan bo‘lsa, unda reklamaning ilk qirrasi sifatida kommunikatsiya shakllaridan biri
ekanligi namoyon bo‘ladi. U dastlab mahsulotlarni sotish jarayonida bozor munosabatlari ishtirokchilarining shax-
slararo munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Qadimgi savdogarlar bu aloqalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘zaki
so‘z orqali shakllantirganlar. Savdo joylari sotuvchilarning baland ovozda va takroriy hayqiriqlari bilan e’lon qilinar
edi. Shuning uchun ham “reklama” so‘zi lotin tilidagi “reclamo”, ya’ni “baqirmoq”, “chaqirmoq”, “baland ovozda
e’tiroz bildirmoq” so‘zidan kelib chiqqanligi bejiz emas.
Reklama bo‘yicha ingliz mutaxassisi F.Djefkins Britaniya reklama amaliyoti institutining ta’rifiga murojaat qiladi:
«Reklama – bo‘lajak iste’molchilarni ma’lum bir mahsulot yoki muayyan xizmat haqida xabardor qilishning eng
ishonarli va arzon usuli»[1:45].
Ko‘rib turganingizdek, u ham reklamani kommunikatsiya shakli deb hisoblaydi.
Reklama – bu tovar va xizmatlarni reklama qilishning zamonaviy usuli. Hozirda reklama muvaffaqiyatli rivojlanmo-
qda va takomillashmoqda.
Reklama matnining takliflari undan foydalanish doirasiga qarab belgilanadi. Bu omil bosma reklama turiga alo-
hida ta’sir ko‘rsatadi. O‘z maqsadlariga erishish uchun reklama matni til vositalardan iloji boricha samarali foyda-
lanishga majbur. Reklama xabari qaysidir ma’noda til vositalari o‘ziga xos konsentratidir: minimal so‘zlar ishlatilib
maksimal ma’lumot beriladi.
Reklama matnining pragmatik yo‘nalishi grammatik, leksik birliklarni, stilistik vositalarni, maxsus sintaksisni,
bosma materiallardan va turli belgilar tizimlarining elementlarini tanlashni talab qiladi.
Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi,
muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir. Gapning asosiy funksional belgisi kom-
munikativlik, ya’ni fikr ifodalash va bayon qilish vazifasidir. Til kishilar o‘rtasida eng muhim fikr ifodalash vositasi
ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi. So‘z ham, so‘z birikmasi
ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ
vazifadir[2:22].
Sintaktik darajada reklama matnining tuzilishi iste’molchining diqqatini jalb qilish va uning qiziqishini saqlab
qolishga qaratilgan. Bundan tashqari, asosiy reklama maqsadini, ya’ni tovarlarni sotishni, muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun reklama matnlarida ma’lumotlarni tashkil etishning ma’lum modellari mavjud, va uni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun reklama matnidagi gap turlari ahamiyatli rolga ega.
Ikki bosh bo‘lakli sodda gaplarni nutqning ifodalanishi va ma’noli to‘liqligining noyob manbai deb atash mumkin,
chunki ularda ham mavzu, ham harakat to‘g‘risida to‘liq ma’lumot mavjud. Bunday gaplar o‘ziga xos ma’noga ega
bo‘lib, ularni tushunish har doim bir ma’noga ega.
Bir qismli gaplarda predikativlik bitta bosh bo‘lagi bilan ifodalanadi va obyektni (atov) yoki harakatni (shaxsi
aniq, shaxsi noaniq, egasiz) nomlaydi va shu bilan unga urg‘u beradi. Ushbu sintaktik birliklarda doimo matn os-
tidagi matn, yashirin ma’no mavjud bo‘lib, ular tufayli bu birliklar insonga psixologik ta’sir qilish kuchiga ega bo‘ladi.
Qo‘shma gaplar sodda gaplardan farqli ravishda, reklama matnlarida kam qo‘llaniladi. Bu o‘zbek tilida nutqiy
jarayonning lakonizm (“yun.
lakonismos
– qisqalik - fikrni bayon qilishdagi qisqalik va aniqlik”[3])ga asoslanganligi
bilan izohlanadi. Masalan,
100 m
3
beton sotib oling, 3 soatlik bepul avtobetonnasos xizmatiga ega bo‘ling! Fanta
iching, quvonchga to‘ling!
reklama matnlari o‘zbek tilidagi kam uchraydigan qo‘shma gap shaklidagi reklama-
lardir. Ma’lumki, o‘zbek tili gap qurilishida eganing ishtirok etmasligi me’yor hisoblanadi. Chunki egaga ishora qilib
turuvchi morfologik vositalar (shaxs-son shakllari) kesimda mavjud bo‘lishi bunga imkoniyat yaratadi. Yuqorida
keltirilgan reklama matnlarida mavjud kesimlar (
sotib oling, ega bo‘ling, iching, to‘ling
) ham egalarning (barcha
holatda
siz
ega vazifasida kelishi lozim edi) tushirilishiga va shu orqali matnning qisqartirilishiga imkon bergan.
Tanlab olingan reklama matnlari hajmining atigi 20 foizini qo‘shma gaplar hosil qilishini, 1)
reklama narxining
barcha davrlarda ham qimmatligi va iqtisodiy talablar buni taqozo qilishi; 2) ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan hozirgi
davrda foydalanuvchilar diqqatini jalb qiluvchi vositalar ko‘pligi (qo‘shma gaplar diqqatning uzoq band bo‘lishini
talab qiladi) bilan izohlash mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, qo‘shma gap shaklidagi reklama matnlarining katta
qismini murakkab qo‘shma gaplar (uch va undan ortiq sodda gaplardan tuzilgan) tashkil etadi.
Kartalarga ega
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
107
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
bo’ling, xaridlarni amalga oshiring va bonuslarni yagona hisob raqamiga to’plab boring! Korzinka.uz
kabi reklama
matnlari fikrimizni dalillaydi.
Reklama matnlarida sodda va qo‘shma gaplar nisbatini quyidagi diagrammada ko‘rishimiz mumkin:
Uyushiq bo‘lakli gaplar reklama matnlarida alohida uslubiy rol o‘ynashi bilan birga ularning ta’sirchanligini ham-
da ma’noviy ko‘lamini oshirishda ham xizmat qiladi. Reklama matnlarida uyushiq bo‘laklar ma’noviy funksiyadan
tashqari estetik vazifani ham bajaradi, materialni mantiqiy bayon etish va nutq ifodasining yorqin namunasi his-
oblanadi. Uyushiq bo‘laklarning “bir xil shakllanishi, bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi va sanash ohangi bilan aytili-
shi”[4:142] diqqatni jalb qilishda muhim hissiy vosita sanaladi. Masalan,
Rengalin – quruq va nam yo‘talni davo-
lash uchun! Bilasizmi, “Estet”da har qanday did va dizayn uchun mos eshiklar bor
reklama matnlaridagi uyushiq
bo‘laklar (
quruq va nam, did va dizayn
) ham matn mazmunini boyitgan (yo‘talning aynan qaysi turlarida foyda
berishi, eshiklarning nimalarga mos ekanligi), ham reklama ta’sirchanligini oshirgan (o‘zlashma so‘zning pragmatik
maqsadlarda qo‘llanishi). Tanlangan reklama matnlaridan 17 foizi uyushiq bo‘lakli hisoblanadi. Uyushiq bo‘lakli
reklama matnlarining katta qismi reklama qilinayotgan tovar (xizmat) yoki uning xususiyatlari kengroq izohlanishi
talab qilingan (masalan, tibbiy reklamalar) reklamalardir. Uyushiq bo‘lakli konstruksiyalar katta ma’noviy sig‘imga
ega bo‘lib fikrni ifodalashda mantiqiy yaqqollik beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchisiz
sanab o‘tish vaziyatning dinamikligini, keskinligini ta’kidlaydi, ko‘p bog‘lovchilik esa ravon, navoli ohanglarni yarat-
ishga yordam beradi, va shu bilan sanab chiqishni yanada kengroq va umumiy qiladi. Murakkab qo‘shma gaplarn-
ing aksariyati qismlari uyushgan qo‘shma gaplar shaklida ekanligi ham bejizga emas (Masalan,
ORIO bilan birga
o‘yna, raqsga tush, ko‘ngil och! Doimo o‘yna!
kabi reklamalar matni).
Reklama matnining asosiy vazifasi nisbatan qisqa xabar orqali ma’lum bir tovar, mahsulot, narsa yoki hod-
isaga e’tiborni jalb qilishdir. Bu vazifani bajarishga atov gaplarning qisqaligi va ma’nodorligi mos keladi, bu esa
ularning reklama matnlarida tez-tez ishlatilishiga olib keladi. Kontekstli reklamada atov gaplardan foydalangan
holda bunday matnlar uchrab turadi. Ushbu reklama matnlari, qisqa bo‘lishiga qaramay, mahsulot nomini alohida
gapda joylashtirish va noan’anaviy grafik tarzda tuzilishi tufayli juda yorqin va esda qolarli. Reklama matnlaridagi
gaplarning turlari haqida so‘z borganda, har xil turdagi gaplar, turli sintaktik konstruksiyalar nutqda turli xil stilistik
funksiyalarni bajarishini unutmaslik kerak. Shu ma’noda, tahlili o‘tkazilgan reklama matnlaridagi har bir sintaktik
vositaning reklamadan ko‘zlangan maqsadning amalga oshishida o‘z vazifasi mavjud, deyishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ромат Е.В. Реклама - СПб.: Питер, 2008. - С. 45.
2. Маҳмудов Н., Нурмонов А.Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис)
3. Тошкент: Ўқитувчи, 1995. –22 б.
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Lakonizm
5. Mengliyev B.R., Xoliyorov O‘., Abdurahmonova N., O‘zbek tilidan universal qo‘llanma, -
6. Toshkent: Akademnashr, 2018, 6-nashr. – B. 142.