Vaziraxon Alimbekova , Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti JANUBI-SHARQIY ANDIJON SHEVASIDA UNDOVLARNING QO‘LLANISHI Andijonda qadimgi zamonlardan beri turkiy xalqlar yashaganligini, turk tilining rivoj topganini va XV- XVI asrlarda
Andijon shevasi O‘rta Osiyo hamda butun Movarounnahrda o‘zbek adabiy tilining tayanch dialekti bo‘lganligini
ko‘plab olimlar ta’kidlagan. XV-XVI asrlar mobaynida yuzaga kelgan badiiy asarlar tili ham mazkur dialekt bilan bir
xil edi. Navoiy asarlari tili esa o‘zbek adabiy tilining ancha ishlangan, rivojlangan va boy bir darajasini aks ettirgan.
Z.M.Boburning fikriga ko‘ra ushbu til andijon shevasi asosida yuzaga kelgan
1
.
Andijon shevasi Andijon shahridan tashqari Andijon viloyatidagi saroy, qipchoq-qoraqalpoq, turk-nayman
shevalarida so‘zlashuvchilardan boshqa o‘zbeklar, asosan, andijon shevasida gaplashganlar. S.Ibrohimovning
“O‘zbek tilining Andijon shevasi” kitobida Oltinko‘l, Lenin, Xo‘jaobod, Izboskan, Jalaquduq tumanlari, Oyim
qishlog‘idagi aholi andijon shevasida so‘zlashishi, janubiy Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod, O‘zgand shaharlaridagi
o‘zbeklarning shevalari andijon shevasi bilan deyarli bir xilligi ta’kidlangan. Andijon shevasi ko‘proq uyg‘ur tili bilan,
ayrim hududlarda esa qirg‘iz tilining janubiy dialekti bilan yaqindan munosabatda bo‘lib keladi.
O‘zbek tilining lisoniy birliklari o‘zbek adabiy tili va shevalari uchun bir xil shakllangan. Ammo shevalardagi
mavjud leksemalarning fonetik, leksik va morfologik jihatdan adabiy tildan farqli bo’lgan o‘rinlari ham talaygina.
Shevalarning bu xususiyatlari esa uning boyligidan dalolat beradi. Fikrimiz isbotini Andijon viloyatining janubi-
sharqiy qismida undovlarning qo‘llanishi misolida ko‘rishimiz mumkin.
So’zlashuv jarayonida so’zlovchi yoki tinglovchi ifodalanayotgan fikrga o‘z munosabatini bildiradi. Bu vaziyatda
beixtiyor turli xil undov so’zlardan ham foydalanadi. Ma’lumki, undov so‘zlar quyidagi ma’noviy guruhlarga ajratiladi:
1) his-hayajon undovlari;
2) buyruq-xitob undovlari.
2
Tilshunos M.Hamroyev va S.Saidovlar undov so‘zlarni 3 guruhga bo‘ladilar:
A) his-hayajon (holat) undovlari;
B)buyruq-xitob undovlari;
C) ko‘rsatish, ta’kid undovlari.
“…bundan tashqari, quyidagi urf-odat undovlari ayrim darsliklarda nutqiy odat undovlari deb ataladi:
rahmat, balli, marhamat, barakalla, ofarin, qulluq kabilar.
3
Janubi-sharqiy Andijon shevasida yuqoridagi undovlarning deyarli barchasi qo‘llaniladi. Ammo adabiy tildagi
ba’zi undovlar (chunonchi,
uf, fu kabi) va ba’zi shahar shevalaridagi undovlar (chunonchi, Samarqand va
Buxorodagi
i:bi:, jej, vaxej, pah kabi) andijon shevasida boshqa shakllarda ishlatiladi.
4
Janubi-sharqiy Andijon
shevasida yuqorida keltirilgan undovlar bilan bir qatorda adabiy tildagi undovlardan farqli bo‘lgan, boshqa
shevalarda qo‘llanmaydigan bir qancha undovlar ham uchraydi:
vij ,vāā, vājvo:, āɳqareɳ (āɳgqareɳ-a (ej)), vāj old Ϊ
, vāj ölmӓsӓm, qojiɳ-e, hӓ-jӓ, bār-ӓ, ā, o…