Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

T/r
Ingliz tilida
O‘zbek tilida
Ishlatilishi
1.
computer
kompyuter
raqamli ishlarni bajarish uchun qurilma
2.
document
dokument, hujjat
yozma yoki chizma ma’lumot
3.
excel
excel
kompyuter dasturi
4.
e-mail
elektron pochta
onlayn xat
5.
hard drive
qattiq disk
kompyuter qurilmasining bir qismi
6.
profile
profil
Internetda shaxsiy blog
Bundan tashqari, yuqoridagi jadvalda berilgani kabi ko‘plab atamalarning o‘xshashlik jihatlarini boshqa kasb-
hunar leksikalarida ham uchratish mumkin. Kasb-hunar atamalarining bir-biriga o‘xshash jihatlaridan tashqari
farqli jihatlari ham ko‘plab uchraydi va ularni har bir millatning urf-odatlari va an’analaridan kelib chiqqan holda 
tushunishimiz mumkin. Kasb-hunar atamalari ishlatilishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu atamalar, ma’lum 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
97
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
bir kasbda bir ma’noni anglatsa, boshqa bir holatda farqli ma’noni anglatadi. Masalan, kompyuter sohasida 
ishlatiladigan ayrim konseptlarning turlicha tushunilishini tahlil qilsak, quyidagilarni ko‘rib chiqish mumkin:
a) 
sichqoncha
– bu termin aslida kemiruvchi hayvon konseptiga to‘g‘ri keladi, biroq bu so‘zni, uning shakli va 
tashqi ko‘rinishining o‘xshashliklariga asoslanib, kompyuter qurilmasi konsepti tarzida ham ishlatiladi;
b) 
ish stoli
(rabochiy stol)
– bu atama ishlash uchun stol, oshxona ish stoli, ofis ish stoli kabi asl konseptga ega 
bo‘lsa, kompyuter texnologiyalari sohasida, u kompyuterning ekranidagi asosiy oynaga nisbatan ishlatiladi;
d) 
korzinka
– ushbu konsept aslida oshxona buyumi bo‘lib, uning ma’nosi EHMda boshqa ma’noni, ya’ni 
keraksiz hujjatlarni o‘chirganda tushadigan faylni bildiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir konseptning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ular o‘zi ajralgan turlarga qarab 
turli ma’nolarda ishlatilishi mumkin. Yuqorida berilgan misollar fikrimizning yaqqol dalili bo‘lishi mumkin. O‘zbek 
tilida turli fan sohalari va kasb-hunarga oid ko‘plab so‘zlar mavjud hamda ular yozma va og‘zaki ko‘rinishlarda 
me’yorlashgan. Buni, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, 
iqtisodiyot singari turli fan sohalariga oid atamalarda kuzatamiz. Ayni paytda o‘zbek tilida shunday vositalar ham 
borki, ularning qo‘llanilish chegarasini bir soha yoki bir vazifaviy uslub doirasida belgilab bo‘lmaydi. Ular bir uslub 
doirasida yoki ma’lum sohada bir ma’nosi bilan me’yorlashgan bo‘lsa, ikkinchi bir ma’nosi bilan boshqa uslub yoki 
sohada me’yorlashgan.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin