veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
95
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Dildora Yorbulova,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi
CHO‘LPONNING “ERGASHISH” HANGOMASI TAHLILI
“Adabiyot har bir millatning hisli ko’ngil tarixining eng qorong’u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va
rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg’on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning
to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur...” [1,3]. Ushbu shohsatrlar ma’rifatparvarlik adabiyotining
yorqin vakili, adabiyot xalqni yorug’likka olib chiquvchi yo‘l deb bilgan adib Abdulhamid Cho‘lponga tegishlidir.
Uning adabiyot haqidagi o‘tkir mulohazalari o‘zining “Adabiyot nadur” maqolasida o‘z aksini topgan.
“Cho‘lponning dastlabki matbuotdagi chiqishi 1914-yil “Sadoyi Turkiston” ning 3-sonida “Turkistonlik
qardoshlarimizga” nomli she’ri, “Qurbomni Jaholat”, “Qurboni jaholat”, “Doktor Muhammadyor” nomli hikoyalari,
“ Bahor avvallari” etyudi, “Adabiyot nadur”, “Muhtaram yozg’uchilarimizga” nomli adabiy-tanqidiy, “Vatanimiz
Turkistonda temir yo‘llar” kabi publisistik maqolalar e’lon qildi” [2, 12]. Haqiqatan ham Cho‘lpon zamonasining
eng buyuklaridan edi. Uning adabiy-tanqidiy maqolalarida xalq ahvoliga achinish va bunday holdan ularni olib
chiqish ifodalangan edi. Cho‘lpon shaxsiyati va uning ijodini (asarlarini ) tahlil qilganimizda, asarlarining an’anaviy
ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ammo biz e’tibor bermagan va tahlilga tortilmagan nazariyalar ham mavjud.
Bular
Cho‘lponning andividualligiga va asarlarining an’anaviylikdan yiroqligiga amin bo‘lamiz. Bunga isbot sifatida: u
yaratgan hazilomuz maqola va hikoyalarni keltiramiz. Asarlarida yozuvchi achchiq kulgu (satira), yengil hazil
(yumor) dan keng foydalanadi. Bu yozuvchiga nima uchun kerak edi?
Avvalo yozuvchi yashagan davr anchayin ziddiyatli va tahlikali davr edi. U
paytda qalam qoralash yoki
xalq dardini ochiqdan ochiq bayon etish xavfli hisoblangan. Bu albatta yozuvchining “o‘z joniga qasd qilish” edi
go‘yo. Shoir bunday vaziyatda aqlli fikr yuritadi va o‘zi aytmoqchi bo‘lgan aksar so‘zlarini satira qilib xalqqa va
“mansabdorlar”ga yetqizadi. Cho‘lponning “Ergashish” nomli maqolasi va “Oqposhshoning inomi” nomli hikoyasi
buning yorqin isbotidir.
“Ergashish” maqolasi “Buxori axbori” gazetasning 1922-yil 15-yanvar sonida “Qalandar” imzosi bilan bosilgan.
Keyin “Adabiyot nadur” maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan” [ 3, 307]. Ushbu maqola kichik hangoma deb
atalib Cho‘lponning “zamon”, “gazeta”, “jarchi”, “matbaa”, “ishchilar” kabi tushunchalarga hazil aralash o‘z tanqidiy
fikrini bayon qiladi. Hangoma “zamonamizni “o‘zgarish zamoni” deganlar to‘g‘ri aytarlar” deya boshlanadi. Bu yerda
“o‘zgarish zamoni” satiraga asos so‘z hsioblanadi. Ya’ni yozuvchi bir joyda turib qolgan, be’mani tuzumga qarata
“ha sen shiddat bilan o’zgaryapsan” deya kinoya qilmoqda. Yoki “asrimizni aql-ziyraklik asri” deganlar adasharlar.
Shu yerda bir holatni eslab o‘tish joiz, o’sha davrdagi ma’rifat tizimi ikki bo’lakka bo’lingan. Biri o’zbeklar, yana biri
esa rus sovetlari. Manbaalarda keltirilishicha, rus sovetlari ustozlik qilgan maktablarda o’zbeklarga ozgina harakat
qilsa ham “5” baho qo’yilgan. Ammo sovetlarni bu jarayonga qattiq tayyorlagan. Bu nimadan dalolat?! Ma’rifat, ilm
sohasida ular o’zbeklarni orqada qolishini istagan. Shoir ham bu satira bilan aytmoqchiki: biz yashab turgan jamiyat
aslida aql-ziyrakli insonlardan yig’ilmagan. Cho’lponning qahr-g’azabi ham aynan manashu so’zda shakllangandek.
O’z so’zini yana bir jumla bilan isbotlaydi yozuvchi: “kunlarimizni “taqlid va ergashish kunlari” deganlar lokin juda
to’g’ri aytarlar”. Haqiqatan ham Cho’lpon o’z yashab turgan jamiyatdagi insonlar og’maligidan, ishonuvchanligi va
ikkiyuzlamachiligidan azob chekadi. Hatto xalqini himoya qilishga yaramaydigan ayrim “soxta qalamkashlar” bilan
bir zamonda yashab turganidan afsuslanadi. Hangoma shu tarzda kuchli ziddiyat to’la satira tarzda davom etadi.
Hangomaning oxirida Cho’lpon o’z so’zi bilan: “qizardim, uyaldim, indayolmadim” deya yakunlaydi.
Yozuvchi adabiyot, san’at, ma’rifat sohasi xalqni uyg’otuvchi yagona sohalar ekanligini ta’kidlar ekan, bir ovozda
yagona kuch deb “yozg’uvchilar” deb ataydi. Cho‘lponning adabiy merosi she’riyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik
va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda tarjimalardan iborat. Cho’lpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika
tashkil etadi. Cho‘lpon publisistikasi jamiyat va yozuvchi o‘rtasidagi ziddiyatli holatlarrni “qog‘ozga urab”, “muloyim”
hazilomuz qilib yozadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Cho’lpon o’z so’zlarini va butun shaxsiyatini asarlarining
mazmun doirasiga sig’dirgan. “Haqiqiy tanqidchi hech qachon o‘z e’tiqodidan,
qarashlaridan qaytmasligi,
manfaatbozlikka, noxolislikka berilmasligi, hamisha haqqoniy, halol fikr yuritishi kerak. Cho‘lponning 20—30-yillarda
yozilgan aksar maqolalarida shu xususiyatlar xos ekanini ko‘ramiz” [4, 90].
Dostları ilə paylaş: