94
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Dilbar Niyazova,
Qarshi davlat universiteti dotsenti
MATN IDROKIDA ASSOTSIATIV TAFAKKURNING O‘RNI
Ma’lumki, fanda assotsiatsiya (lotincha associatio – birlashtirish; qo‘shish) ga tafakkur jarayonida psixika
elementlari o‘rtasida sodir bo‘luvchi aloqa sifatida qaraladi.[1;38] Bu shunday aloqa turi hisoblanadiki, bir
elementning yuzaga kelishi xotirada u bilan bog‘liq boshqa bir element obrazining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Boshqacha aytganda, assotsiatsiya alohida olingan predmet, voqea-hodisa, faktlar aloqasining inson xotirasida
aks etishi va saqlanishidir.[2;39]
Assotsiatsiya turli tushunchalarni umumlashtirishning eng qulay vositalaridan biri bo‘lib, unga kundalik
hayotdan ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, qor so‘zi bizning tasavvurimizda oq rang, qish, sovuq kabi
tushunchalarni paydo qilsa, kuz so‘zi xotiramizda xazon, yomg‘ir, paxta terimi kabi tushunchalarni jonlantiradi.
Psixologiyaga doir adabiyotlarda assotsiativ tafakkurning quyidagi to‘rt turi farqlanadi:
1) joylashish o‘rniga asoslangan assotsiatsiya (o‘rmon – archa);
2) o‘xshatishga asoslangan assotsiatsiya (paxta – oq rang);
3) zidlikka asoslangan assotsiatsiya (tun-kun).[4;143]
Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda barqaror va barqaror bo‘lmagan assotsiatsiyalar ham farqlanadi. Barqaror
assotsiatsiyalar so‘z denotatlari o‘rtasidagi barqaror aloqadorlikka asoslanadi. Til egalari tomonidan ikki
tushunchaning muntazam aloqadorlikda qabul qilinishi lisoniy xotirada stereotiplarni hosil qiladi. Bu esa, o‘z
navbatida, tilda ham qoliplashgan barqaror birliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Buning yorqin misoli
sifatida o‘xshatish qurilmalarini keltirish mumkin. Professor N.Mahmudov bu haqda shunday yozadi: “Turg‘un
o‘xshatishlarning mohiyati shundan iboratki, ularda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan
bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqtlar o‘tishi
bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tili leksikonidan joy olib ulgurgan
bo‘ladi”.[5;23]
Jumladan, paxtaday oq, toshday qattiq, tandirdek qizimoq kabi stereotip birliklar ham o‘xshatish etaloni va
o‘xshatish asosi sifatida qo‘llangan so‘zlarning assotsiativ aloqasi natijasidir. O‘zbek tilidagi ayrim sifatlovchili
birikmalar ham barqarorlashgan bo‘lib, bunga ham ikki tushuncha o‘rtasidagi doimiy assotsiativlik sabab bo‘ladi.
[6;24] Moviy osmon, baland tog‘lar, zilol suvlar, mehribon ona, qadrli ustozlar, aziz mehmonlar, qahraton qish,
jazirama yoz, oltin kuz, zumrad bahor kabi birikmalar o‘zbek tilida so‘zlashuvchi shaxslarning lisoniy xotirasida
kelishilgan holatda mavjuddir.
O‘zbek tilidagi sinonimik, omonimik, antonimik qatorlarni tashkil qilgan so‘zlar ham yuqoridagi kabi assotsiativ
munosabatni namoyon qiladi. Masalan, oq so‘zi so‘zlovchi xotirasida qora so‘zini, yuz so‘zi chehra so‘zini,
shuningdek, oqibat (insoniy fazilat) so‘zi boshqa bir oqibat (sabab-natija) so‘zini paydo qiladi. Ta’kidlash lozimki,
assotsiativ tafakkur tilning leksik sathidagina amal qilmaydi: uni boshqa sathlarda ham kuzatish mumkin. Masalan,
sovuq, iliq, tarqoq, saylov kabi yasama ot va sifatlarni eslaganimizda, ularning yasalish asosi bo‘lgan fe’llar ham
xotiramizga keladi: sovuq – sovimoq, iliq – ilimoq, saylov – saylamoq, tarqoq – tarqamoq kabi.
Assotsiativ fikrlash borasida kengroq to‘xtalganimiz boisi shundaki, u o‘zida turli tag ma’nolarni namoyon
etuvchi badiiy matnni tushunishda muhim vosita hisoblanadi. Xususan, metaforik mazmunli matnlarni tushunishda
assotsiativ tafakkur zaruriy omillardan biri sifatida amal qiladi. Ma’lumki, so‘zlar o‘z ma’nosi bilan inson psixikasiga
ta’sir etish xususiyatiga ega. Inson o‘z xotirasida so‘zlarning ma’nolari bilan birga ularning obyektiv olamda o‘z
sezgi a’zolari orqali his etgan xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni ham saqlaydi. Shu sababli muayyan so‘z uni
eshituvchi odam xotirasida muayyan assotsiatsiyalarni paydo qiladi. Agar matnda bir assotsiativ maydonga kiruvchi
so‘zlar qo‘llangan bo‘lsa, ular o‘quvchi psixikasiga yanada kuchliroq ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: