Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ахмедова М. Мен қайтиб келаман. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2007. – 179 б.
2. Каримов Ҳ. Наср бахшиси. Тоғай Муроднинг адабий портрети. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. – 96 б.
3. Зуннунов А., Ҳотамов Н., Эсонов Ж., Иброҳимов А. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи,
1992. – 333 б.
88
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Zulfiya MASODIQOVA,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
OLIY TA’LIM MUASSASALARI NOFILOLOGIK YO‘NALISHLARIDA
NEMIS TILI O‘QITISHDA INNOVATSION
METODLARNING AHAMIYATI
Chet til bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki butun jahonda eng dolzarb bo‘lgan mas-
alalardan biridir. Shu boisdan ham darslar davomida o‘tiladigan har qanday interfaol usullar foydali. Nofilologik oliy
o‘quv yurtlarida chet tilni o‘rganish/o‘rgatish o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, maxsus o‘qitish metodikasini qo‘llashni
taqozo etadi. O‘qitish metodikasi yaxlit tizim bo‘lib, ta’lim sharoiti, maqsadi, mazmuni, metodi, vositasi kabi tarkibiy
qismlardan iboratdir. Ma’lumki, har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo‘ladi. Maqsad ta’limda umumiy yo‘nal-
ish bo‘lib, muayyan vazifa(lar)ni hal etish rejasidir. Chet til o‘qitishda amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanti-
ruvchi maqsadlar e’tirof etilgan. Chet til ixtisosligi yo‘nalishidagi o‘quv yurtlarida kasbiy (professional) maqsad ham
qo‘yiladi. Nemis tilini o‘rgatishdan maqsad o‘rganilayotgan tildan fikr almashish vositasi sifatida foydalanish mal-
akalarini shakllantirish, o‘quvchilarni bilish faoliyatini oshirish, ularda nutqiy va kasbiy malakalarni hosil qilishdan
iboratdir. Shuningdek, ushbu tilda yozilgan ilmiy manbalarni tushuna olish yoki shu tilda gaplashadigan davlatlarga
malaka oshirishga borish uchun ham xizmat qiladi. Qo‘shimcha tarzda ayta olamizki, nafaqat nemis tili, balki bar-
cha xorijiy tillarni o‘rganish insonga manfaatli bo‘la oladi. Barcha ko‘zlangan maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, ta’lim jarayonida bir-birini taqozo etadi.
Metodikaning tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. O‘qish va yozishni insoniyat o‘rganishni boshlagan ekan
uning turli usullari, metodlari paydo bo‘la boshlagan. Metodikaning asl paydo bo‘lishi va uning haqiqiy asoschilari
kim ekanligi aniq emas, biroq ayrim manbalarga ko‘ra, qadimgi Yunoniston va Rim o‘lkalarida dastlab qirol oilalari
farzandlari uchun alohida o‘yinlar va turli xil metodlardan foydalanib ta’lim berilgan. Keyinchalik esa, buning sa-
marasi o‘laroq, u oddiy xalqqa tatbiq etilgan. Asrlar davomida ta’lim-tarbiya va, albatta, til o‘qitishga bo‘lgan e’tibor
yanada kuchayib bordi. Xorijiy tillar, shuningdek, nemis tili ham shuning jumlasidandir.
Maktab va oliy o‘quv yurtlari sharoitida nafaqat ona tili, balki barcha xorijiy tillarni o‘qitishda asosiy e’tibor
o‘quvchilar nutqining og‘zaki va yozma shakllarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tilini yaxshi bilish mamlakat-
ning ijtimoiy-madaniy hayotida faol ishtirok etishga yordam bersa, xorijiy tilning davlatlaro muloqot, o‘zaro tajriba
almashinuvi va, ayniqsa, globallashuv jarayoniga ta’siri kattadir. Ona tilidan keyin o‘rganiladigan har qanday tilga
“ikkinchi til” maqomi beriladi. Ikkinchi tilga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo‘shnilar tili sifatida qa-
raladi. Mamlakatimizda “ikkinchi til” tushunchasi o‘zbekcha o‘qiydiganlar uchun rus tili, rus tilida ta’lim oluvchilar
uchun esa o‘zbek tili demakdir. Dasturiy talablarga ko‘ra, rus tilida nutq malakalari va tilshunoslikka oid ma’lumotlar
o‘rgatiladi. Rus tilini o‘rganish ona tilidagi tajribaga suyanishni taqozo etadi va, o‘z navbatida, ingliz tilini va nemis
tilini o‘rganishga muayyan ta’sirini o‘tkazadi.
Xorijiy tillarni o‘rgatishda esa, ahvol umuman o‘zgacha. Nemis yoki ingliz tili, asosan, tilning leksik, grammatik
va talaffuz tomonlarini his etish orqali o‘rganiladi hamda ta’lim jarayoni, asosan, sun’iy muhitda o‘tadi. O‘rta maktab
va nofilologik oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi va talabalariga ingliz tilini o‘rgatishdan ko‘zda tutilgan maqsad – o‘qish,
og‘zaki nutq (gapirish va tinglab tushunish) va yozuvga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
Ingliz tilining xususiyatlarini yoritishda unga turlicha yondashishlar mavjud. Tadqiqotchilar chet tilning didaktik,
psixologik, amaliy (funktsiyaviy), ta’limiy-tarbiyaviy asoslaridan kelib chiqib fikrlar bayon etishgan (I.V.Raxmanov,
V.S.Tsetlin, J.J.Jalolov, T.Q.Sattorov, S.S.Saydaliyev va b.).
Har qanday xorijiy til, xoh ingliz tili bo‘lsin, xoh nemis tili, u innovatsion yondashuvlar bilan o‘rgatilinishi shart.
Xorijiy tillarni o‘qitish turli usullarda olib boriladi. Metodikaning aniq bir turi mavjud emas, butun dunyoda qancha
o‘qituvchilar bo‘lsa, xuddi shuncha metodlar mavjud. Har bir o‘qituvchining o‘z uslubi va yo‘nalishi mavjud. Har bir
o‘qituvchi yoki pedagog o‘z yo‘nalishlariga ega bo‘lganlari bilan ularning umumiy foydalanadigan uslublari ham
mavjud. Xorijiy tillarni o‘qitishda turli usullardan foydalanamiz:
warm up
– qizib olish, ya’ni darsning kirish qismida
ko‘proq foydalaniladi va o‘quvchilarning o‘rganilayotgan tilga kirishib olishi uchun ishlatiladi;
ice-breaker
– o‘qu-
vchilar o‘rtasidagi sukunatni to‘xtatish uchun ishlatiladi.
Shuningdek, mashqlarning asosiy turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) lug‘at tarkibini kengaytirish;
2) retseptiv va reproduktiv tarzda o‘zlashtirish; 3) turli leksik birliklar (so‘z, turg‘un so‘z birikmasi, nutq klishesi)
ni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Yangi leksik birlikning ma’nosini ochish (semantizatsiya) chog‘ida qo‘llaniladigan
metodik usullar so‘zning xususiyati, aktiv/passiv leksikaga oidligi, ta’lim bosqichi va o‘quvchilar saviyasi, so‘zning
taqdim etiladigan shakli (eshitib yoki o‘qib idrok etish), yangi birlikni tanishtirish joyi (dars, uy, darslik lug‘at) kabi
omillarga bog‘liq bo‘ladi.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
89
2023-yil 7-son
Kichik tadqiqot
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish strategiyalari sinf darajasiga va o‘qitiladigan mavzuga qarab farqlanadi. Eng
keng tarqalgan o‘qitish strategiyalari: to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim, bilvosita o‘qitish, interfaol ta’lim, mustaqil ta’lim va ek-
sperimental ta’lim kabilardir. Oddiyroq qilib aytganda, o‘qitish strategiyasi bu – o‘qituvchining ma’lumotni yetkazish
va o‘rganishni osonlashtirish uchun tanlagan usuli, deyishimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘qitish
strategiyalari o‘quvchilarning yoshi, qiziqishi, ta’lim yo‘nalishi va yashash an’analari kabi jihatlarini e’tiborga olgan
holda tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |